I-bob. Muomala madaniyati jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida


Kommunikativ (bir tomonlama) axborot uzatish


Download 154.5 Kb.
bet4/8
Sana30.04.2023
Hajmi154.5 Kb.
#1409270
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MUOMALA TEXNIKASI VA STRATEGIYASI

1. Kommunikativ (bir tomonlama) axborot uzatish.
2. Interaktiv (ikki tomonlama o‘zaro ta ’sir).
3. Perseptiv (o‘zaro bir-birini idrok qilish).
Jumladan, muomalaning birinchi tomonida - tilga va uning amaliy ifodasi boʻlmish nutq faoliyatiga bevosita murojaat qiladilar. Muomalaning ikkinchi tomoni - muloqotga kirishuvchilarning o‘zaro taʼsiri, ularning nutq faoliyatida nafaqat so‘z orqali fikr almashinuvi, balki xatti-harakati va xulq-atvori bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazish, ta’sirlanishdan iborat. Muomalaning uchinchi tomonida - muloqotga kirishuvchilar o'zaro bir-birlarini idrok qilish jarayoni namoyon ho'ladi, insonni inson tomonidan idrok qilish yuzaga keladi.
Shuni alohida qayd etib o‘tish zarurki, muloqot jarayonining stixiyali va anglanmaganlik davrida natija ikkiyoqlama bo‘lishi mumkin: muloqot yakun topishi (Masalan, «Bizning aloqalarimiz va munosabatimiz tasodif natijasida bog‘langan edi. Yana shunday tasodif blan munosabatimiz tez ajraladi”) yohud ichki ta’sir natijasida yuzaga kelgan muloqot jarayonida uning keyingi bosqichlarda ham davom etishi mumkin. Agar muloqot barqaror bolsa, u holda hamkorlarda aniq maqsadlar paydo bo‘ladi: turli axborotlami uzatish; bilim va tajriba almashish; bir-birlarini tushunishga erishish; harakatlar bir xillligiga erishish kuzatiladi.
Muomalaning yuqorida qayd etilgan tuzilmalarini alohida ko‘rib o'tish maqsadga muvofiq.
Kommunikativ (umumiy bajarayapman, bogʻlayapman, umumlashtirayapman). Bunda insonlar o‘zaro turli xil tasavvurlar, g'oyalar, manfaatlar, kayfiyatlar, tuyg'ular, yo‘nalishlar va hokazo munosabat orqali fikr almashadilar. Insoniy muloqot sharoitida axborot va ma’lumotlar nafaqat uzatiladi, balki shakllanadi, aniqlanadi va rivojlanadi ham. Bunda kommunikativ jarayonning har bir a ’zosi o‘zi bilan hamkorlik qilayotganning ham faolligini ko'zlaydi. Hamkor ishtirokchi subyekt sifatida qo'yiladi. Shu bois unga axborot uzatish jarayonida manfaati, maqsadi va xohishini inobatga olish maqsadga muvofiq. Lekin muloqotning bu ko‘rinishida qiyinchiliklar yuzaga kelish, turli to'siqlar paydo bolish ehtimolini ham e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim.
Interaktiv - (o'zaro ta ’sir) muloqot odamlar oʼzaro ta'sirlanishi jaryonida nafaqat axborot almashinuvini, balki harakatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, umumiy faoliyatni rejalashtirish ham muhim sanaladi. Muloqot sharoitida anglanadigan jarayonlarn faollashtirishda qarama-qarshi fikrlar va qarshiliklarga duch kelish natijasida paydo bo‘ladigan muammoli holatlar muhim sharoit bo‘lib hisoblanadi. Qo‘shimcha axborot va ma’lumotlarga ehtiyoj kuchayib boradigan ko'p tomonlama uyg‘unlik yuzaga keladi. Bu qo‘shimcha faoliyat qatnashchilarining o‘zaro ta’siri tezligini oshishiga olib keladi.
Perseptivlik - (qabul qilish) muloqot jarayoni qatnashchilari o‘rtasida bir-birlarini tushunish va bir-birlariga tushuntira olish g‘oyatda muhim. Bir-birlarini tushunishning o‘zi turlicha talqin etilishi mumkin: hamkorning xohishi, maqsadini tushunish va ularni motivlarini to ‘g‘ri yo‘naltira bilish.
Muloqot odamlar o'rtasidagi o‘zaro taʼsir va o'zaro tushunishning murakkab ijtimoiy-psixologik jarayoni sifatida turli xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Jumladan, verbal muloqot (belgili tizimlardan nutqda foydalanish) va noverbal muloqot (turli xil nutqiy belgili tizimlardan foydalanish)ni farqlash qabul qilingan.
Verbal muloqot - bu tabiiy tovush nutqidir. Nutq muloqotning eng universal vositasi hisoblanadi. U ayni paytda ham, axborot manbai sifatida hamda suhbatdoshga ta’sir etish vositasi sifatida ham yuzaga keladi. Aytish mumkinki, nutqiy muloqot o'ziga xos san’atdir.

Download 154.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling