H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Maxsus profilaktikasi (Tuberkulin sinamasi, BSJ)


Download 485.49 Kb.
bet89/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Maxsus profilaktikasi (Tuberkulin sinamasi, BSJ)
Chaqaloq tug‘ilgandan keyin 6-7 kunda unga BSJ vaksinasi
kiritiladi. BSJ vaksinasini olmagan bolalar 6 oy ichida emlanishi
lozim. Ikki yoshdan katta bolalar Mantu sinamasini olgandan
keyin emlanadi.
DOTS-dasturi.
Silga qarshi kurashda dOTS (nazoratli qisqa muddatli
kimyoterapiya kursi) strategiyasinni joriy etish sharoitida shahar
poliklinikalar, qVPlari, sil dispanserlarida ishlayotgan tibbiyot


180
xodimlarining o‘rta bo‘gini - tibbiyot hamshiralari katta rol


o‘ynaydi.
dOTS strategiyasi bugungi kunda sil kasalligini nazorat
qila oladi, kasallikni davolashda eng samarali terapiya deb
tan olingan. dOTS strategiyasini sil kasalligi keng tarqalgan
mamlakatlarda qo‘llash uchun Butunjahon Sog‘liqni Saqlash
Tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan. O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2003-yil 3-aprelda chiqarilgan
buyrug‘iga muvofiq mazkur strategiya mamlakat hududida
sil kasalligiga qarshi kurashda ustuvor va majburiy strategiya
sifatida qabul qilingan. dOTS strategiyasining asosiy tamoyillari.
1. Sil kasalligini nazorat qilsih bo‘yicha olib borilayotgan
uzluksiz nazoratga davlatning jiddiy e’tibori.
2. Sil kasalligiga shubha qilingan odamlar balg‘am surtmasini
mikroskopiya qilib silni erta aniqlash.
3. qisqa muddatli kimyoterapiyaning rejim asosida uzlukiz
qo‘llashni ta’minlash.
4. Ro‘yxatga olish va hisobot berish standartlashtirilgan
tizimga asoslangan chora-tadbirlarni baholash.
Mazkur strategiya to‘g‘ri joriy etilganda quyidagi natijalarga
erishiladi:
1. Sil kasalligi bilan kasallanganlami 85 %ni aniqlaydi.
2. Yuqumli formadagi sil kasalligiga chalingan bemorlarni
davolash va batamom sog‘ayib ketishi asosida sil infeksiyasi tar-
qalishini oldini olish.
3. Polirezetsent sil kasalligi rivojlanishini oldini olish.
4. Sil kasalligi tarqalishini kamaytirish va aholini mikobakte-
riyalarini yuqtirish holatlari kamayishiga olib keladi.


181


Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling