H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Download 485.49 Kb.
bet91/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Klinikasi va parvarishi. Inkubatsion davri 12-48 soatni
tashkil qiladi. Tipik gripp birdaniga, qaltirash va tana harorati 39-
40 darajaga ko‘tarilib, 3-4 kundan keyin tushadi. Unga peshona
qismida. qosh usti sohasida, ko‘zlarda qattiq og‘riq paydo bo‘lishi
xos. Yo‘talish, tomoq qichishi, ovozning bo‘g‘ilishi, burunning
bitishi kuzatiladi. Burun oqishi, ko‘z o‘zgarishi, ko‘zlarning va
halqum yoylarining qizarishi kuzatiladi. Odatda, qon bosimi
pasayadi, yurak tonlari bo‘g‘iqlashadi. Yo‘talganda to‘sh
orqasida o‘griq seziladi. Og‘ir hollarda burundan qon ketishi
mumkin, markaziy nerv sistemasi shikastlanganda meningit,
meningoensifalit belgilari kuzatiladi. Asosan, havo tomchi
yo‘llari orqali o‘tishi yuqori darajaliligini hisobga olib bemorni
ajratib davolash lozim. Hamshiraning harakatlari bemor holatini
yengillashtirishga, kasallik asoratlarini oldini olish choralarini
ko‘rishga va bemorni sog‘ayib ketishiga qaratilgan bo‘lishi
kerak. Parvarish qiluvchi hamshira niqoblarda ishlaydi. Ular
og‘izni va burunni yopishi lozim. Niqoblar 4 soatda almashtirilib
turishilishi shart. Ichki kiyimlar, choyshab. sochiqlar 1-2 %li
ichimlik soda solingan suvda 15 minut davomida qaynatilib,


183
zararsizlantirib turiladi. Oshxona idishlari, ovqat qoldiqlaridan


bo‘shatilgandan keyin qaynatiladi. Bemorning balg‘amlari quruq
xlorli ohak bilan 1-1,5 soat davomida zararsizlantiriladi. Xlorli
ohak yoki xloramin eritmasi bilan namli yig‘ishtirish ishlari
amalga oshiriladi. Hamshira bemor bilan kontaktda bo‘lgan
kishilar­bilan­gripp­profilaktikasi,­bemorni­parvarish­qilish­
haqida tushuntirish ishlari olib borishi lozim. Bemorni alohida
xonaga yotiqizib, vaqtinchalik oila a’zolari bilan kontaktda
bo‘Imasligini ta’minlash kerak bo‘ladi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling