H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Download 485.49 Kb.
bet93/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Etiologiyasi va epidemiologiyasi. Hozirgi vaqtda
adenovirusli infeksiyaning 49 ta turi aniqlangan (51 ta turi
tasnifidan­kelib­chiqqan­holda).Ular­olti­guruhga­(A­dan­F)gacha­
bo‘lingan bo‘lib, har birining o‘z raqami bor. Ma’lum darajada
ularning qaysi biri qanday kasalliklarni keltirib chiqarishi
aniqlangan.
Inkubatsion davr 5-7 kunni tashkil qiladi va infeksiya
havotomchi, ya’ni bevosita kontakt yo‘li orqali tarqaladi.
Adenovirus yuqtirilganda u bodomcha bezlarda limfatik
tugunlarda rivojlanadi («Adeno» so‘zi bodomcha bez va
limfatik tugun ma’nosini beradi). Immun tizimi adenovirusga
qarshi kurashda uncha samara bermasligi tufayli adenovirus bir
organizmda bir necha marta kasallik chaqiradi. Ko‘p hollarda
bolalar kasallanadi.
Klinikasi va parvarishi. Inkubatsion davr 3-6 kunni tashkil
qiladi. Yuqori harorat 39 °Cgacha chiqadi, tomoqda og‘riq,
konyuktivit paydo bo‘ladi. Ba’zida qusish va ich ketishi ham
mumkin. Yuqori harorat 3-7 kungacha tushmaydi. Tamoqdagi
og‘riq 3-5 kungacha davom etadi, ko‘z og‘riydi, qichishadi,
ba’zida ko‘z yiringlashadi, ko‘rish yomonlashadi, ko‘zdan yosh
oqadi. Odatda, ko‘zdagi simptomlar bir ko‘zda kuzatiladi va


185
ba’zi hollarda ikkinchi ko‘z ham kasallanadi. Ba’zi bir hollarda


quloqlarning limfatik tugunlari shishib ketadi.
Parvarishlash. Parvarishlash sifatida jamoa hamshirasi
salomatlikni saqlash bo‘yicha instruktaj o‘tkazishi kerak. Bunda
alohida e’tiborni quyidagilarga qaratishi lozim.
1. Ko‘p hollarda infeksiya shilliq ajralmalar, burun ajralmalari
va ko‘z yoshlari orqali yuqadi. Shu sababli har bir oila a’zolari
uchun alohida sochiq, alohida ovqat idishlari bo‘lishi kerak.
2. qo‘llarni doimo sovun bilan oqar suvda yuvish.
3. Basseynda cho‘milgandan so‘ng dush qabul qilib ko‘zlarni
yaxshilab yuvish.
4. Virus nafas massalarida mavjud bo‘lishi sababli
defikatsiyadan­keyin­tagliklarni­almashtirishda­qo‘lqoplardan­
foydalanish va undan so‘ng qo‘llarni yaxshilab yuvish.
5.­Umumiy­profilaktikasi­va­asoratlarini­oldini­olish­gripp­
virusiniki singari olib boriladi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling