H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Download 485.49 Kb.
bet90/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

Sil kasalligi profilaktikasi
Sil kasalligi tarqalishining oldini olishda patronaj ham katta
ahamiyatga ega. Patronaj asosan vrach va jamoa hamshiralari
tomonidan olib boriladi. Bundav holatlarda sil kasaliga
chalingan bemor bilan quyidagi tartibda muloqot olib boriladi.
Izchil ravishda davolanganligi, ijtimoiy-maiyshiy sharoitlari
ovqatlanish tartibiga rioya qilganligi va tozallika e’tibor
qaratganliklari haqida so‘rab qaytadan tushuntirish o‘tkazadi.
Kasallikni erta aniqlash maqsadida 1 yoshdan 7 yoshgacha
bo‘lgan bolalarga diagnostik Mantu sinamasi qilinadi.
Kasallikka moyil bo‘lgan bolalar va despanser ro‘yxatida
turganlar 1 yilda 2 marta majburiy ftiziatr ko‘rigidan o‘tadi va
bir­yilda­bir­marta­flyuorografiyadan­o‘tadilar.
Jamoa hamshirasi bemorni shaxsiy gigiyenasiga e’tibor
beradi terini izchil ravishda parvarishlaydi, puls, qon bosimi,
nafas­olish­soni.siydik­a’zolari­fiziologiyasi­-­siyishi,­ichak­
faoliyati va boshqa jismoniy va psixiologik holatini tekshirib
turadi.
Gripp va uning profilaktikasi
Etiologiyasi, epidemiologiyasi. Gripp qo‘zgatuvchisi -
A,­B,­С­turdagi­filtrlovchi­virus.­Gripp­viruslari­muzlatishga­
bardoshlidir. A turdagi gripp viruslari juda o‘zgaruvchan. Har
2-3 yilda uning yangi turlari paydo bo‘lishi mumkin. A turdagi
gripp virusining yuqumlilik kuchi katta va uning simptomlari
og‘ir­kechadi.­A­va­В­turdagi­viruslar­kam­holatlarda­bir­vaqtning­
o‘zida kasallik chaqiradi. Virus yo‘talganda, aksirganda,
gaplashganda ajralib chiqadi. Sog‘lom kishilar havo, havo-
tomchi, kontakt yo‘llari orqali kasallanishi mumkin. Inkubatsion


182
davri, odatda, 1-2 kunni tashkil qiladi. ko‘pi bilan 7 kimgacha


davom etishi mumkin. Boshqa kishilarga virusni o‘tish davri
kasallik paydo bo‘lishidan keyin bir necha soatdan simptomlar
susaygan davrigacha cho‘zilishi mumkin. Kasallikni simptomlari
yuzaga kelganda ko‘chaga chiqish, ishga borish, o‘quvchilarga
maktabga borish tavsiya etilmaydi.
Patogenezi. Yo‘talganda, aksirganda yuqadigan havo-tomchi
infeksiyalari yuqori nafas yo‘llariga tushib burun, halqum shilliq
pardasiga kirib u yerda ko‘payib rivojlanadi. 30 % bemorlarda
kasallik klinik alomatlarsiz kechadi, organizm immuniteti
susayganda, viruslar ko‘payadi va 70 % yuqtirgan kishilarda
kasallikni chaqiradi.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling