H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi


Download 1.94 Mb.
bet66/90
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408774
TuriУчебное пособие
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   90
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2

Heritage Foundation (“Meros” jamgʻarmasi, AQSh) tomonidan “Iqtisodiy erkinlik indeksi – 2022” navbatdagi hisoboti e’lon qilindi. Hisobotda Oʻzbekiston 177 ta mamlakatlar orasida 55,7 ball (soʻnggi hisobotga koʻra reyting bahosi - 2,6 ballga pastladi) bilan 117-oʻrinni egallagan.

Iqtisodiy erkinlik indeksi - 2020-2021”


Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari koʻrsatkichlari59



T/r

Mamlakatlar

2022 hisobot

2021 hisobot

oʻzgarishlar

oʻrin

ball

oʻrin

Ball

oʻrin

ball

1.

Armaniston

58

65,3

32

71,9

↓26

-6,6

2.

Qozogʻiston

64

64,4

34

71,1

↓30

-6,7

3.

Ozarbayjon

75

61,6

38

70,1

↓37

-8,5

4.

Moldova

78

61,3

85

62,5

↑7

-1,2

5.

Rossiya

113

56,1

92

61,5

↓21

-5,4

6.

Qirgʻiziston

116

55,8

78

63,7

↓38

-7,9

7.

Oʻzbekiston

117

55,7

108

58,3

9

-2,6

8.

Belarus

135

53

95

61

↓40

-8,0

9.

Tojikiston

147

49,7

134

55,2

↓13

-5,5

10.

Turkmaniston

165

46,2

167

47,4

↑2

-1,2

Indeks metodologiyasiga muvofiq, Oʻzbekiston iqtisodiyoti asosan erkin boʻlmagan mamlakatlar guruhida qoldi. Soʻnggi besh yilda Oʻzbekiston mazkur reytingda umumiy jihatdan qaraganda 35 ta oʻringa yuqoriladi, biroq 2022-yil hisobotiga koʻra, 9 ta pogʻonaga pastlagan. Mazkur hisobot metodologiyasi, shu jumladan, bir qator indikatorlarning oʻzgarishi va indikatorlarning ballarni aniqlashda ularni hisoblash hamda xalqaro ma’lumotlar manbalarning oʻzgarishi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Mustaqil davlatlar hamdoʻstligining koʻpchiligida pasayishi qayd etilgan va faqat ikki davlat (Moldova va Turkmaniston) oʻz pozitsiyalarini yaxshilagan.
Dunyo reytingining eng yuqori 3 ta pogʻonasida Singapur (84,4 ball), Shveysariya (84,2 ball) va Irlandiya (82,0 ball) egallagan boʻlsa, eng quyi oʻrinlarda esa Kuba (29,5 ball), Venesuela (24,8 ball) va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (3,0 ball) oʻrin egallagan.
Inson kamoloti indeksi (Human Development Index) BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan 1990-yildan beri 189 ta davlatlar iqtisodiy va siyosiy oʻsishining inson kapitalini (uzoq umr, ta’lim, farovon hayot koʻrsatkichlari orqali) rivojlanishiga ta’sirini hamda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tahlil qiladi. Indeksning 2020-yilgi hisobot natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi indeksda 0,720 koʻrsatkich bilan 106-oʻrinni (tasnif boʻyicha inson taraqqiyoti darajasi yuqori boʻlgan davlatlar qatoriga kiradi) egalladi.
2020-yilda BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkilotining (YUNIDO) “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” boʻyicha hisoboti chop etildi. Unda mamlakatimiz ilk marotaba aks ettirilib, 152 ta mamlakat orasida 92-oʻrinni, MDHga a’zo davlatlar orasida 5-oʻrinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 2-oʻrinni egalladi.
2020-yilda Global innovatsiyalar indeksida Oʻzbekiston jami 100 balldan 24,54 ball bilan 2015-yilga nisbatan oʻz oʻrnini 29 pogʻonaga yaxshilab, 131 ta mamlakat orasida 93-oʻrinni, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari orasida esa 4-oʻrinni qayd etdi. 2021-yilda 7 pog‘onaga koʻtarilib, 132 ta davlat orasida 86-oʻrinni egalladi va eng tez yuqorilagan mamlakatlar top-10 taligiga kirdi.
2020-yilda Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun indeksi”da Oʻzbekiston xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik boʻyicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritilib, 70,6 ball bilan 5 pogʻonaga yuqorilab, 190 ta davlat orasidan 134-oʻrinni (2019-yilda – 139-oʻrin) egallagan.
Koʻpgina reyting koʻrsatkichlari aholi orasidagi satsiologik soʻrovlarga asoslanadi. Aholi yuritilayotgan siyosatdan qanchalik rozi boʻlsa, turli reyting va indekslardagi Oʻzbekiston oʻrni oshib borishiga xizmat qiladi.
Iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy oʻsish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan bosqichma-bosqich islohotlar 2020-yilda Jahon bankining “Biznes yuritish” indeksida 76-oʻrindan 69-oʻringa koʻtarilishga, “Transparency International”ning Korrupsiyani qabul qilish indeksi hamda “World Justice Project”ning Qonun ustuvorligi indeksida mamlakatimiz oʻrni yaxshilanishiga olib keldi. Masalan, 2021-yilda Oʻzbekiston “Transparency International”ning Korrupsiyani qabul qilish indeksi boʻyicha 180 mamlakat orasida 140-oʻrinni egallagan. Oʻzbekiston mazkur indeksda soʻngi besh yil mobaynida barqaror oʻsish qayd etgan. 2016-yilda 21 balldan 2021-yilda 28 balgacha koʻtarilgan, ya’ni 2016-yildagi 156-oʻrindan 140-oʻringa koʻtarilgan.
Jahon bankining Statistik salohiyat indeksida Oʻzbekiston 2020-yilda 2019-yilga nisbatan 16 pogʻonaga koʻtarilib, 146 ta mamlakat orasida 61-oʻrinni egallagan. Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksida mamlakatimizning oʻrni 2020-yilda 2 pogʻonaga yuqorilab, 167 ta mamlakat ichida 155-oʻrinni egallagan boʻlsa, 2021 yilda oʻz pozitsiyasini 5 pog‘onaga yaxshilab, 150-oʻrinni egallagan.
Oʻzbekiston uchun ustuvor reyting hisoblanmagan, BMT Xalqaro elektr aloqasi ittifoqining 2021-yilgi hisobotiga koʻra, Oʻzbekiston keng polosali internet narxlari boʻyicha BMTning 2 foizlik foydalanish koʻrsatkichini bajargan holda 4 ta yangi ishtirokchi (mamlakat) qatoridan joy olgan.
2021-yilda BMTning “Raqamli hukumatni barqaror rivojlanishi yoʻlidagi oʻn yillik harakat” nomli hisoboti e’lon qilindi. 2020-yil uchun dunyoda elektron hukumat rivojlanishi natijalari taqdim qilingan ushbu reytingda Oʻzbekiston 6 ta pogʻonaga tushib, 87-oʻrinni egalladi. Lekin reytingni shakllantiruvchi komponentlar boʻyicha birmuncha oʻsish kuzatilgan. Masalan, ushbu reytingning “Inson kapitali”, “elektron ishtirok” va “Telekommunikatsiya infratuzilmasi” indekslari boʻyicha koʻrsatkichlar 0,01 dan 0,14 punktgacha oshgan.
“Elektron ishtirok” indeksi boʻyicha respublikamiz oʻzining koʻrsatkichini 0,80 punktgacha oshirib, umumiy reytingdagi oʻrnini 13 pogʻonaga koʻtardi va 46-oʻrinni egallab, elektron ishtirok indeksining juda yuqori rivojlanish darajasiga ega mamlakatlar roʻyxatiga kirdi. Vaholanki, 2018-yilda ushbu indeks boʻyicha mamlakatimiz 59-oʻrinda edi.
Bundan tashqari, Oʻzbekistonga ochiq ma’lumotlar boʻyicha eng yuqori ball berildi. Albatta, “elektron hukumatni rivojlantirish” reytingidagi oʻrnimiz pasayishiga ayrim omillar ta’sir qildi. Eng avvalo, ta’kidlash joizki, 2018-yildan 2020-yilning aprel oyiga qadar respublikamizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va “elektron hukumat” tizimini joriy etishda yagona muvofiqlashtiruvchi organ mavjud boʻlmagan. Natijada reytingni oshirish boʻyicha aniq belgilangan chora-tadbirlar rejasi qabul qilinmagan va tegishli ishlar yetarli darajada tashkil etilmagan. Hozir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu ishga mas’ul etib belgilangan.
Shuningdek, milliy elektron xizmatlar portali hamda ta’lim, mehnat, ijtimoiy xizmatlar, sogʻliqni saqlash, moliya va atrof-muhit sohalaridagi tegishli vazirlik va idoralarning veb-saytlari ham talabga toʻliq javob beradi, deb ayta olmaymiz. Ushbu saytlar reytingning “elektron xizmatlar” komponentida 148 ta jihat boʻyicha baholab boriladi. Milliy onlayn xizmatlar portali va rasmiy veb-saytlarning mobil qurilmalardan foydalanish uchun moslashgan shakllari yetarli darajada joriy etilmagan.
Shuningdek, tranzaksiya xizmatlari darajasining pastligi, davlat bojlari, turli yigʻimlar va jarimalarni toʻliq elektron tarzda toʻlash ham oxiriga yetmaganligi reytingdagi oʻrnimizga salbiy ta’sirini koʻrsatmoqda.
Reytingning “Inson kapitali” komponenti boʻyicha ham ayrim kamchiliklar bor. Masalan, masofaviy oʻqitish imkoniyatlaridan toʻliq foydalanilmayotgani, oliy ma’lumotga ega aholi qatlami boʻyicha aniq ma’lumotlar yetarli emasligi Oʻzbekistonning reytingdagi oʻrniga ta’sir qilgan.
Mobil aloqa abonentlari, internet foydalanuvchilari ulushini begilaydigan “Telekommunikatsiya infratuzilmasi” komponentida esa respublikaning uzoq hududlariga yuqori tezlikdagi simli internet tarmogʻi yetib bormaganligi ham Oʻzbekistonning reytingdagi oʻrniga oʻz ta’sirini oʻtkazmoqda.
Bu kamchiliklarni toʻgʻrilash boʻyicha ustuvor vazifalarni belgilab olingan. Navbatdagi hisobotlarda ushbu yoʻnalishda mamlakat oʻrni yanada yaxshilanishiga erishiladi.
Keyingi yillarda mamlakatimiz koʻpgina ustuvor reytinglarda yuqorilab borayotgani yurtimizda aholi turmush farovonligini oshirish, jamiyatimizda ochiqlik, oshkoralikni ta’minlash borasida qilinayotgan ezgu ishlarning muhim natijasidir.
Oʻzbekiston 2021 yilda e’lon qilingan va oʻzi uchun ustuvor deb bilgan jami 19 ta xalqaro reytingdan 11 tasida oʻz pozitsiyasini yaxshiladi, bir qancha reytinglarda esa pastlagan60.
Jahon banki tomonidan yuritiladigan Boshqaruv sifati indikatorlarining 2 tasida mamlakatimizning oʻrni yaxshilangan boʻlsa, 2 tasida pasaygan. Ya’ni, Oʻzbekiston “Aholi fikrini hisobga olish va hisobdorlik” hamda “Huquq ustuvorligi” indikatorlarida mamlakatimiz oʻz pozitsiyasini yaxshilay olmagan.
“Meros” jamg‘armasining Iqtisodiy erkinlik indeksida Oʻzbekistonning oʻrni pasaygan. Oʻzbekiston 177 ta davlat orasida 117-oʻrinni egallab, 2021-yil hisobotiga nisbatan 2022-yil hisobotida 9 pog‘onaga pasaygan va mamlakatimiz iqtisodiyoti “asosan erkin boʻlmagan mamlakatlar” guruhida qolgan. Lekin indeksning “Erkin savdo” koʻrsatkichida Oʻzbekistonning oʻrni rekord darajada yaxshilangandi: 2021-yildagi 163 ta oʻrindan 67-oʻringa koʻtarildi va Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchilikni qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, investitsiya, moliyaviy erkinlik va monetar erkinlik koʻrsatkichlarida sezilarli oʻsish qayd etildi.
Oʻzbekiston xalqaro indekslarning ayrim koʻrsatkichlarida samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlari (KPI)ga erisha olmagan. 2021-yilda eng yomon koʻrsatkich “Sud faoliyati samaradorligi” yoʻnalishi boʻlgan. Amaldagi 50,8 balldan 13,1 ballga (-37,7) pastlagan. “Soliq yuki”, “Fiskal salomatlik”, “Biznes erkinligi” “Mehnat bozori erkinligi” indekslarida Oʻzbekiston koʻrsatkichlarida ballar pasayganligi hisobiga KPIga erishilmagan.
Koʻrinib turibdiki, Prezident Shavkat Mirziyoyevning qat’iy irodasi bilan boshlangan yangi bosqichdagi tub islohotlar bugungi kunga kelib oʻzining samarasini bermoqda. Buni yuqorida ayrim sohalardagi islohotlar va ularning natijalari misolida sharhlab oʻtdik. Mazkur yutuqlar jamiyatda amalga oshirilayotgan strategiyaning pirovard muvaffaqiyati va uning toʻliq amalga oshirilishiga va istiqbolda mamlakatning iqtisodiy barqaror oʻsishiga boʻlgan ishonchni shakllantirmoqda.
Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” oʻquv kursi boʻyicha test savollari

1. “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” oʻquv kursining predmetini belgilanag.


A) Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi va mustaqillik yillaridagi tarixini oʻrganish
B) Oʻzbekiston davlatchilik tarixini oʻrganish
C) Oʻzbekiston tarixini oʻrganishning metodologiyasini oʻrganish
D) Oʻzbekiston tarixining manbalarini oʻrganish

2. Oʻzbekistonning eng yangi tarixi qaysi yildan boshlanadi?


A) 1989-yildan
B) 1990-yildan
C) 1991-yildan
D) 1988-yildan

3. Oʻzbekistonni mustaqil rivojlanishinig mohiyati, mazmuni va ahamiyatini baholab, mamlakat yaqin tarixini nechta bosqichga boʻlib oʻrganamiz?


A) 5 ta bosqich 1990-1995-yillar
B) 5 ta bosqich, 1989-yildan bugungi kunlargacha davom etadi.
C) 3 ta bosqich 1990-2005-yillar
D) 4 ta bosqich 1990-2015-yillar

4. “Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq” asarining muallifi kim?


A) Shavkat Mirziyoyev
B) Sharof Rashidov
C) Islom Karimov
D) Ibrohim Moʻminov

5.Tarixni oʻrganishning asosiy ilmiy tamoyillarini koʻrsating.


A) Erkin mushohada, badiiylashtirish, sinxron davrlashtirish
B) Tarixiylik, obyektivlik, muqobillik, ijtimoiy yondoshish
C) Subyektivlik, qiyosiy tahlil, millatni ulugʻlash
D) Milliy mahdudlik, no ilmiylik, badiiylashtirish

6. Tarixni oʻrganishda tadqiqot usullaridan qaysi biri tarixiy materiallarni vaqt tartibida taqdim etadi?


A) qiyosiy tahlil usuli
B) sinxron tadqiqot usuli
C) mantiqiy tahliliy usul
D) xronologik usul

7.Sovet jamiyatida qaysi yillarda “Qayta qurish” boshlandi?


A) 1985-yilda
B) 1990-yilda
C) 1970-yilda
D) 1980-yilda

8. M.S.Gorbachyov va uning tarafdorlarining “qayta qurish” siyosatini boshlashiga nima sabab boʻlgan edi?


A) SSSRning xalqaro obroʻyini mustahkamlsh
B) ijtimoiy-siyosiy tizimning inqirozi, xalq xoʻjaligidagi tanglik holatidan chiqib ketishga intilish
C) Dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga qoʻshilish
D) SSSR tarkibidagi respublikalarga mustaqillik berish zarurligi

9. Qayta qurish siyosatining birinchi bosqichi qaysi yillarni oʻz ichiga oladi?


A) 1985-1987-yillar
B) 1980-1985-yillar
C) 1989-1992-yillar
D) 1983-1987-yillar

10. Qayta qurishning ikkinchi bosqichi qaysi yillarni oʻz ichiga oladi?


A) 1985-1987-yillar
B) 1987-1990-yillar
C) 1990- 1995-yillar
D) 1983-1987-yillar

11. Oʻzbekistonda qayta qurish davrida ogʻir ahvolning vujudga kelishiga asosiy sabablar boʻlgan toʻliq javobni koʻrsating?


1) Iqtisodiyotga rahbarlik qilishdagi ma’muriy-buyruqbozlik usullariga zoʻr berib ishlab chiqarishni rivojlantirishga yaroqsiz yondashuvlarning tobora kuchayib borishi
2) Respublika sobiq Markazdagi sanoat vazirligilari va idoralarning moʻmay xom ashyo manbai sifatida qarab kelishi
3) Oʻlkaning mahalliy, ijtimoy-iqtisodiy xususiyatlarga ba’zan yetarlicha baho berilganlik
A) 1,2 B) 2 C) 3 D) 1,2,3

12. “Paxta ishi” tufayli Oʻzbekistondan nechta kishi qamaldi?


A) 2000 ta
B) 2600 ta
C) 5000 ta
D) 3000 ta

13. Oz’bekistonda qachondan “Oʻzbeklar ishi” deb nomlangan qatogon boshlandi?


A) 1983-yildan
B) 1987-yildan
C) 1989-yildan
D) 1988-yildan

14. 1983-yilda Oʻzbekistonda SSSRdan toʻplangan 200 kishidan iborat tergov guruhi tuzilib Oʻzbekistonda kim boshchiligida faoliyat boshladi?


A) Gorbachyov
B) T.Gdliyan
C) Ckobelev
D) Elsin

15.Oʻzbekistonda qachondan boshlab faol demokratik yangilanish va moderniztsiyalash jarayoni kuzatildi?


A) 2010-yildan
B) 2017-yildan
C) 2000-yildan
D) 2002-yildan

16. Oʻzbekiston SSRning Mustaqillik Deklaratsiyasi qachon qabul qilingan?


A) 1990-yil 21-iyul
B) 1991-yil 20-iyun
C) 1990-yil 20-iyun
D) 1990-yil 19-avgust

17. Oʻzbekiston SSRning Mustaqillik Deklaratsiyasi Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashning nechanchi sessiyasida qabul qilingan?


A) II sessiya
B) IIIsessiya
C) VI sessiya
D) VIII sessiya

18. Sovet Ittifoqida davlat toʻntarishiga urininsh (Favqulodda holat davlat qoʻmitasi tuzilgan) sodir boʻlgan sanalarni koʻrsating?


A) 1991-yil 19-20 sentyabr
B) 1991-yil 18-21 oktyabr
C) 1991-yil 19-21 avgust
D) 1991-yil 19-21 sentyabr

19. “SSSR GKChP ning Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi va qonuniga zid hujjatlari Oʻzbekiston hududida amal qilmaydi” degan qarori qachon qabul qilingan?


A) 1991-yil 22-avgust
B) 1991-yil 21-avgust
C) 1991-yil 25-avgust
D) 1991-yil 28-avgust

20. Oʻzbekiston SSR Prezidenti mamlakatimizning toʻla mustaqilligi yoʻlida tamal toshini qoʻygan muhim farmon qabul qilingan sananing ertasi kuni qanday voqea sodir boʻldi?


A) 31-avgustda Oliy Kengash Sessiyasini chaqirish
B) KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqish toʻgʻrisida
C) Oʻzbekiston Mustaqilligi asoslari togʻrisidagi qonuni qabul qilindi
D) KPSS MQ bilan har qanday aloqasini toʻxtatish

21. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasini yaratish ustida qancha muddat ish olib borildi?


A) 2 yil
B) 3 yil
C) 2,5 yil
D) 1,5 yil

22.Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy qonun)ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish togʻrisidagi qonuni qachon qabul qilingan?


A)1990-yil 24-mart
B) 1990-yil 1-noyabr
C) 1991-yil 24-mart
D) 1991yil 29-dekabr

23. Konstitutsiya loyihasini tayyorlash boʻyich komisiya nechta kishidan iborat boʻlgan?


A) 54
B) 65
C) 64
D) 74

24. “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisidagi” Qonunga qachon Konstitutsiyaviy Qonun maqomi berilgan?


A)1990-yil 31-avgust
B)1991-yil 30-sentyabr
C)1991-yil 31-avgust
D) 1989-yil 24-mart

25. “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari togʻrisidagi “qonun necha moddadan iborat?


A) 13
B) 18
C) 33
D) 17

26. Oʻzbekiston davlat bayrogʻi togʻrisidagi qonuni Oliy Kengashining qaysi sessiyasida qabul qilingan?


A) VI sesiyasida
B) VIII sesiyasida
C) XI sesiyasida
D) VII sesiyasida

27. Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi togʻrisidagi qonuni qachon qabul qilingan?


A) 1991-yil 18-noyabr
B) 1992-yil 2-iyul
C) 1992-yil 10-dekabr
D) 1991-yil 30-sentyabr

28. Oʻzbekistonning yangi konstitutsiyasini yaratish boʻyicha komissiya qachon tuzilgan?


A) 1990-yil mart
B) 1990-yil 20 iyun
C) 1991-yil oktyabr
D) 1990-yil iyun

29.Mamlakatimiz milliy davlatchiligining rivojlanishida mutlaqo yangi bosqichni boshlab bergan prezidentlik institutiga qachon asos solingan?


A) 1990yil 24-mart
B) 1990yil 1-noyabr
C) 1991yil 31-avgust
D) 1990yil 14-mart

30.”Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi togʻrisida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?


A)1991-yil 18-noyabr
B) 1991-yil 29-dekabr
C) 1995-yil 26-mart
D) 1991-yil 24-mart

31. Bugungi kunda BMTga a’zo davlatlar soni nechta ?


A) 183 ta
B) 143 ta
C) 193 ta
D) 153 ta

32. BMTga a’zo davlatlardan nechtasida prezidentlik lavozimi tasis etilgan?


A) 183 ta
B) 143 ta
C) 193 ta
D) 153 ta

33. Nechanchi-yilda oʻtkazilgan referendumda Prezidentlik lavozimi vakolati 5-yildan 7-yilga uzaytirildi?


A) 2002-yil 27-yanvar
B) 2000-yil 9-yanvar
C) 2007-yil 23-dekabr
D) 2002-yil 29-dekabr

34. Oʻzbekiston davlat hokimyati tizimi nechta boʻlinish prinsipiga asoslanadi?


A) 2
B) 3
C) 4
D) 5

35. Har bir hokimyat faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mustaqil organ berilgan javobni toping?


A) Prezident
B) Oliy majlis
C) Vazirlar mahkamasi
D Sud

36. Nechanchi yillarda Oʻzbekiston parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalib kelingan?


A) 1989-1999-yillar
B) 1989-1998-yillar
C) 1990-1994-yillar
D) 1991-2004-yillar

37. Nechanchi yildan boshlab parlament Oliy Majlis nomi bilan ataladigan boʻldi?


A) 1995-yil
B) 2005-yil
C) 2004-yil
D) 2003-yil

38. Qachondan boshlab Oliy Majlis ikki palatali parlament sifatida oʻz faoliyatini boshlagan?


A) 1995-yil
B) 2000-yil
C) 2005-yil
D) 2002-yil

39. Oʻzbekiston respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi nechta deputatlik oʻrniga ega?


A) 200
B) 100
C) 250
D) 150

40. Senat a’zolaridan necha nafari prezident tomonidan tayinlanadi?


A) 86 nafari
B) 16 nafari
C) 6 nafari
D) 14 nafari

41. Oʻzbekistonda vitse-prezident lavozimi qachon tugatilgan?


A) 1990-yil 15-noyabr
B) 1992-yil 4-yanvar
C) 1993-yil 5-yanvar
D) 1992-yil 14-yanvar

42. Oʻzbekistonda Bosh vazir lavozimi qachon tasis etilgan?


A) 1995-yil 15-noyabr
B) 1992-yil 4-yanvar
C) 1992-yil 5-yanvar
D) 1995-yil 29-dekabr

43. “Sudlar togʻrisida “gi yangi tahrirdagi qonun qachon qabul qilindi?


A) 1995-yil
B) 2000-yil
C) 2003-yil
D) 2005-yil

44. Dastlabki davrda Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimiga necha yil muddatga sudlar kirgan?


A) 3 yil
B) 2,5 yil
C) 5 yil
D) 7 yil

45. Mamlakatimizda oʻlim jazosi nechanchi yilda bekor qilingan?


A) 2003-yil 4-dekabr
B) 2008-yil 1-dekabr
C) 2008-yil 1-yanvar
D) 1998-yil 8-yanvar

46. 2017-yil 21-fevralda qaysi sohada tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekison Respublikasi Prezidenti farmoni imzolandi?


A) Fuqarolik institutlari faoliyatida
B) Oliy hokimyat organlarida
C) Saylov kommisiyasi faoliyati doimiylashtirildi
D) Sud tizimi tuzilmasida

47. “Oʻzbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi Qonun qachon qabul qilindi?


A) 1992-yil 14-fevralda
B) 1993-yil 2-sentyabrda
C) 1992-yil 4-yanvarda
D) 1992-yil 28-dekabrda

48. Qachon ilk bor Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 163 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati — hokimiyatlar tuzildi?


A) 1991-yilda
B) 1993-yilda
C) 1992-yilda
D) 1994-yilda

49. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi qanday nomlangan?


A) “Mahalliy davlat hokimiyati asoslari”
B) “Vazirlar Mahkamasi”
C) “Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari”
D) “Fuqarolarning burchlari”

50. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi bobida mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimi, vazifalari, tuzilish tartibi mustahkamlandi.


A) XX bobi
B) XXI bobi
C) XXIII bobi
D) XXII bobi

51. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati, hokimiyat organlari qaysi organlarga boʻlindi


A) mahalliy va sud hokimiyatiga
B ) viloyat va qonun chiqaruvchi hokimiyatga
C) ma’muriy va iqtisodiy hokimiyatiga
D) vakillik va ijroiya hokimiyatiga
52. Xalq deputatlari Kengashlari qaysi organga kiradi?
A) Mahalliy vakillik organlariga
B) sud hokimiyati organlari
C) ichki ishlar organlari
D) Ijroiya hokimiyat

53. “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida”gi Qonunda vakillik organlariga nechchi yoshga toʻlgan fuqarolar saylanadi.


A) 22
B) 23
C) 24
D) 21

54. Viloyat va Toshkent shahar hokimi kim tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.


A) Oliy Majlis
B) Vazirlar Mahkamasi
C) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
D) Xalq tomonidan

55. Tuman va shaharlarning hokimlari kim tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi


A) tegishli viloyat hokimlari
B) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
C) xalq tomonidan
D) xalq deputatlari

56. Tuman va shaharlarning hokimlari qaysi organ tomonidan tasdiqlanadi?


A) xalq qurultoylari
B) tegishli viloyat hokimlari
C) xalq deputatlari Kengashi
D) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

57. Shaharlardagi tumanlarning hokimlari kim tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi


A) tegishli viloyat hokimi
B) tegishli shahar hokimi
C) tegishli shaharcha yoki shahar hokimi
D) Xalq saylovi tomonidan

58. Tumanlarga boʻysunadigan shaharlarning hokimlari kim tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi?


A) viloyat hokimi
B) xalq saylovi
C) tuman hokimi
D) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

59. Viloyat hokimlari va Toshkent shahar hokimi kimning shu joylardagi vakili hisoblanadi?


A) Xalqning
B) Oliy Majlisning
C) Vazirlar Mahkamasi raisining
D) Oʻzbekiston Prezidentining

60. Hozirda deyarli jahonning barcha mamlakatlarida mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish deb ataladigan institut, Oʻzbekistonda nima deb ataladi.


A) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishi
B) fuqarolar yigʻini
C) fuqarolar maslahati
D) xalq deputatlari kengashi

61. 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan qonunlar toʻgʻri berilgan javobni belgilang?


A) “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida” va “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida”
B) “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida” va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar toʻgʻrisida”
C) „Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi toʻgʻrisida” va „Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish toʻgʻrisida”
D) „Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida” va „Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”

62. Markaziy saylov komissiyasi nechanchi yildan e’tiboran mustaqil muvaqqat organ sifatida faoliyat boshlagan?


A) 1991-yildan
B) 1993-yildan
C) 1998-yildan
D) 1996-yil

63. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarda nechchi yoshga toʻlgan fuqarolarning saylash huquqiga ega ekanligi belgilab qoʻyilgan?


A) 19
B) 21
C) 18
D) 25

64. Markaziy saylov komissiyasi qachondan doimiy organ sifatida tashkil etildi?


A) 1998-yildan
B) 1991-yildan
C) 2016-yildan
D) 2014-yildan

65. Koʻppartiyaviylik tizimi nima?


A) jamiyat hayotida bir partiyaning faoliyat yuritishi
B) jamiyat hayotida ikki yoki undan ortiq partiyaning faoliyat yuritishi
C) deputatlari doimiylik asosida ishlaydigan, asosiy vazifasi qonun yaratishdan iborat boʻlgan partiyalar tizimi
D) davlat hokimiyatini boshqarish huquqini saylov yo ‘li bilan qoʻlga kiritish uchun kurashuvchi u yoki bu sinf va qatlamning ilgʻor, ongli, uyushgan qismini birlashtirgan tashkilot.

66. Jamiyatda demokratik huquqiy davlat barpo etishning asosiy garovi nima hisoblanadi?


A) siyosiy partiyalarning hokimiyat tomonidan boshqarilishi
B) siyosiy partiyalarning viloyat tomonidan faoliyat koʻrsatishi
C) koʻppartiyaviylikning mavjudligi
D) siyosiy partiyalarning erkin faoliyat koʻrsatishi

67. Mustaqillik davrida tashkil topgan ilk siyosiy partiya bu…


A) Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi
B) Vatan taraqqiyoti partiyasi
C) Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
D) Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi

68. 1991-yilning noyabrida asos solingan partiya qaysi?


A) Erk demokratik partiyasi
B) Vatan taraqqiyoti partiyasi
C) Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi
D) Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi

69. Oʻzbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi qachon tashkil topdi?


A) 1995-yil fevralda
B) 1995-yil iyunda
C) 1995-yil noyabrda
D) 1995-yil martda

70. 1995-yili iyunda tuzilgan partiya qaysi?


A) Oʻzbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi
B) “Vatan taraqqiyoti” partiyasi
C) Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidi
D) Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi

71. Qaysi partiyaning maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.?


A) “Vatan taraqqiyoti”
B) Oʻzbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi
C) Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidi
D) Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi

72. Qachon Oʻzbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi va Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining birlashuv qurultoyi boʻlib, unda asosiy masala Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasini birlashtirish toʻgʻrisidagi masala koʻrildi.


A) 2000-yil 25-aprelda
B) 2010-yil 24-martda
C) 2008-yil 20-iyunda
D) 1998-yil 5-fevralda

73. Oʻzbekiston siyosiy tizimida oʻziga xos oʻringa ega boʻlib ulgurgan Oʻzbekiston Liberal-Demokratik partiyasi (OʻzLiDeP) qachon tashkil topgan.


A) 1995-yil 5-iyunda
B) 1995-yil 4-fevralda
C) 2000-yil 28-aprelda
D) 2003-yil 15-noyabrda

74. Qaysi partiya oʻrtahol va kam taʼminlangan aholi tabaqalariga tayanadi, ularning siyosiy va ijtimoiy irodalarini ifodalashga intiladi.


A) Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi
B) Oʻzbekiston Liberal-Demokratik partiyasi (OʻzLiDeP)
C) “Vatan taraqqiyoti” partiyasi
D) Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi

75. Qaysi partiya umum-milliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xoʻjaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi.


A) Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi
B) Oʻzbekiston Liberal-Demokratik partiyasi (OʻzLiDeP)
C) Oʻzbekiston “Adolat” sotsialdemokratik partiyasi
D) “Vatan taraqqiyoti” partiyasi

76. Qaysi partiyaning asosiy maqsad vazifasi milliy an’analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat?


A) Oʻzbekiston Liberal-Demokratik partiyasi (OʻzLiDeP)
B) Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidi
C) Oʻzbekiston “Adolat” sotsialdemokratik partiyasi
D) “Vatan taraqqiyoti” partiyasi

77. Oʻzbekiston ekologik harakati – qachon tashkil topgan?


A) 2007-yil sentyabrda
B) 2008-yil avgustda
C) 2017-yil dekabrda
D) 2000-yil martda

78. Islom Karimovning 2010-yil 12-noyabrda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi ma’ruzasi qanday nomlangan?


A) “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”
B) “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich oʻtish”
C) “Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarida islohot­larni erkinlashtirish”
D) “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati”

79. Oʻzbekistonda 2017-yilga qanday nom berilgan?


A) Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
B) Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va teхnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili
C) Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili
D) Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb nomlandi va yil dasturlari qabul qilindi 


80. Oʻzbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida “Oʻzbеkiston Rеspublikasi fuqarolari kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar” deb yozib qoʻyilgan?
A) 34-moddasida
B) 61-moddasida
C) 41-moddasida
D) 17-moddasida


81. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fuqarolik institutlari nazorati bu-… ?
A) jamoatchilik nazorati
B) davlat nazorati
C) harbiy nazorat
D) shaxs nazorati

82. Mamlakatimizda “Ijtimoiy shеriklik toʻgʻrisida”gi Qonun qachon qabul qilindi


A) 2014-yilda
B) 2018-yilda
C) 2000-yilda
D) 2002-yilda

83. 2018-yil 12-aprеlda Oʻzbеkiston Rеspublikasining qaysi qonuni qabul qilindi.


A) “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”
B) “Ijtimoiy shеriklik toʻgʻrisida”
C) “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”
D) “Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”

84. 1992-yil 4-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq …


A) mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi – vakillik va ijro organlari tashkil etildi.
B) hokimlik va hokimlar lavozimi joriy etildi.
C) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi tashkil etildi.
D) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan fuqarolar yigʻini raisining oʻrinbosari joriy etildi.

85. Hozirgi kunda nechta siyosiy partiya faoliyat yuritmoqda?


A) 6 ta
B) 4 ta
C) 5 ta
D) 3 ta

86. Oʻzbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi va Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining birlashuv qurultoyi qachon boʻlib oʻtdi?


A) 1995-yil 3-iyulda
B) 2008-yil 20-iyunda
C) 2006-yil 31-avgustda
D) 2004-yil 24-iyulda

87. Qaysi partiya mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xoʻjaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi?


A) Milliy tiklanish
B) XDP
C) Adolat SDP
D) OʻzLiDeP

88. Jamiyatda ikki yoki undan ortiq partiyaning faoliyat yuritish nima deyiladi?


A) mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish
B) koʻppartiyaviylik
C) huquqiy-demokratik tamoyil
D) kuchli fuqarolik jamiyati

89. Oʻzbekistonda saylovlarda ishtirok etish yoshi nech yoshdan boshlanadi?


A) 16 yosh
B) 18 yosh
C) 21 yosh
D) 25 yosh

90. Demokratik yangilanish va modernizatsiyalashning asosiy vazifasi nimadan iborat?


A) Sanoatni rivojlantirish
B) Ishlab chiqarishning salmogʻini oshirish
C) Kuchli fuqarolik jamiyatiga oʻtish
D) Xalqaro tashkilotlar bilan teng huquqli munosabat olib boorish

91. Islom Karimov nechanchi yildagi ma’ruzasida, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish haqida nutq soʻzladi?


A) 2016-yil 6-may
B) 2010-yil 12-oktyabr
C) 2016-yil 28-dekabr
D) 2010-yil 12-noyabr




  1. Download 1.94 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling