H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
Markazning Oʻzbekistonda amalga oshirgan qatagʻon siyosati. “Paxta ishi”, “Oʻzbek ishi” nomli kompaniyalar
Download 1.94 Mb.
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2
2.2. Markazning Oʻzbekistonda amalga oshirgan qatagʻon siyosati. “Paxta ishi”, “Oʻzbek ishi” nomli kompaniyalar.
XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida Oʻzbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot murakkablashib borganligini koʻrish mumkin. Bu milliy manfaatlarni qat’iy turib himoya qila olmagan respublika rahbariyati bilan ham bogʻliq boʻldi. Ularning ojizligi sababli respublika partiya va davlat rahbarlik lavozimlariga Markaz tomonidan koʻplab kadrlar yuborildi. Oʻzbekistonda “paxta ishi”, “oʻzbeklar ishi” deb atalgan jinoiy ishlar toʻqib chiqarilishi mahalliy kadrlarni markazdan joʻnatilgan kadrlar bilan almashtirilishiga bahona boʻib xizmat qildi. Aslida “paxta ishi” qanday ish edi, va u qanday tashkil qilindi? SSSR tarkibida Oʻzbekiston paxta etishtirishga ixtisoslashtirildi. Paxta etishtirish davlat rejasi yillar davomida oshirib borildi, rejalshtirish markazdan paxta etishtirish qiyinchiliklarini tushunib yetmagan, paxta etishtirish boʻyicha Oʻzbekistonning imkoniyatlarini tushunishni istamagan kadrlar tomonidan taiyyorlanganligi sababli, Oʻzbekistonning imkoniyatlari hisobga olinmadi. 80-yillarda 6 million tonna paxta etishtirish Oʻzbekiston elkasiga yuklangan edi. Natijada bu rejani toʻliq bajarish imkoniyati yoʻqligi, komunistik partiya topshirigʻini bajarmaslik uchun jazo muqarrarligi tufayli, uning ma’lum bir qismi qoʻshib yozila boshlandi. Paxta etishtirish rejasi toʻliq bajarilmayotganligi, etishtirilmayotgan paxta uchun ham pul olinayonganli aniqlangandan keyin tergov ishlari boshlanib ketdi. 1983-yil sentyabrda SSSR Bosh prokurori A.Rekunkov topshirigʻiga koʻra, SSSR Prokuraturasining alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchisi T.Gdlyan boshchiligida malakatning turli mintaqalaridan toʻplangan 200 kishidan iborat tergov guruhi tuzilib, Oʻzbekistonda paxta etishtirish jarayonlarida qoʻshib yozishni amalga oshirgan rahbar kadrlarni tergovga tortish va ularni jazolash faoliyatini boshladi. Natijada, “Oʻzbekiston tergov usullari oʻtkaziladigan “maydon”ga aylanib qoladi. “Paxta ishi” Moskva uchun oʻzbek siyosiy kadrlarini tubdan oʻzgartirish ishlarini amalga oshirish uchun dastak boʻldi. Paxta ishi korrupsiyaga qarshi kurashishdan koʻra oʻzbek milliy va partiyaviy rahbarlarini obrusizlantirish orqali oʻzbek xalqi milliy ruhini zaiflashtirishga qaratildi. “Paxta ishi” boʻyicha Oʻzbekistonda 2600 kishi qamaldi. “Paxta ishi” ortidan paxta yetishtirishga umuman aloqasi bo’lmagan ziyolilar, hatto butun jamiyat ayblana boshlandi. Notoʻgʻri rejalashdirish oqibatida yuz bergan paxta yetishtirishdagi qoʻshib yozish butun millatga tamgʻa qilib bosildi. Bu jinoiy ish millat nomi bilan “Oʻzbeklar ishi” deb atala boshlandi. Oʻzbekiston KP MQ ning 1984-yildagi XVI plenumi Markazning “sogʻlomlashtirish” borasidagi tadbirlarini quvvatlagan holda, Respublikada yuzaga kelgan salbiy vaziyatda partiya koʻrsatmalariga toʻla amal qilmagani uchun ziyolilarni ham aybladi. Ulardan Sovet turmush tarzini ulugʻlovchi asarlar talab etilib, ijodiy uyushmalar faoliyati qattiq mafkuraviy nazoratga olindi. Markazdan joʻnatilgan 400 ga yaqin “Kadrlar toʻdasi” Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarini hisobga olmasdan boshqara boshladilar. Oʻzbekiston Kompartiyasi va respublika Ministrlar Kengashi amalda ular tomonidan boshqarildi. Birinchi lavozimda oʻtirgan mahalliy kadrlar ularning qoʻlida qoʻgʻirchoq aylandi. Oʻzbekiston Kompartiyasi MQni Moskva vakillari - Mogilnichenko, Bessarabov, Ponomaryov egallagan edi. Plenumlar va yigʻilishlar Anishchev, Ogaryok, Satin va ularning sheriklari tomonidan nazorat qilinar edi. Tergov ishlarini Gdlyan va Ivanov boshchiligidagi guruh olib bordi. Bu guruh a’zolari hech kim bilan hisoblashib oʻtirmay, asoslanmagan ayblovlar bilan odamlarni qamoqqa tashladi. Kolxoz raislari, raykomlar, obkomlar Oʻzbekiston Kompartiyasi MQ kotiblari, hukumat a’zolari tergovga tortildi, ularni qamash uchun birovlardan zoʻrlab yozdirib olingan bir parcha qogʻozning oʻzi yetarli edi. 24 ming kishi bu qatogʻonlardan jabr koʻrdi. Ayniqsa, Oʻzbekistondagi oʻrta boʻgʻin boshqaruv kadrlariga kuchli salbiy taʻsir koʻrsatdi. Oʻzbekistonda boʻlgan turli kamchiliklar, qoʻshib yozishlar, poraxoʻrlik illatlari va boshqa jinoyatchiliklar butun SSSRga xos xususiyat edi. Ya’ni, bunday holatni sovet hokimiyatining boshqaruv usullari, g’oyalari, qolaversa ijtimoiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi. Markazdan joʻnatilgan kadrlar xalqning tarixi va madaniyatini bilmasligi sababli xalqning urf-odatlari, an’analariga hurmatsizlik bilan qaradi. Ayrim mahalliy amaldorlar ularni qoʻllab quvvatladi. Xalqimizning madaniyati va ma’naviy qadriyatlari kamsitildi. Oʻzbek tilida soʻzlashish va milliy libos kiyib yurishga hurmatsizlik bilan qaraldi, milliy an’analar boʻyicha toʻy qilganlar tanqid qilinib, vafot etgan qarindosh-urugʻlarni milliy, diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar qoralandi, shafqatsiz jazolandi. Siyosatdagi milliy adriyatlarga bundai hujum xalqni ranjitdi, jamiyatda siyosiy loqaydlik kuchaydi, markazga nisbatan ishonchsizlik ortdi. Siyosiy va mafkuraviy bosimlarga qaramasdan jamiyat ijtimoiy ongida oʻzgarishlar yuz bera boshladi. Ziyoliylar va omaviy aхborot vositalari faolligi tufayli jamiyatdagi dolzarb muammolar toʻgʻrisida fikr munozaralar, turli qarashlar, nuqtai nazarlar bildirib borildi. Norasmiy guruhlar va tashkilotlar paydo boʻla boshladituzildi. Respublikadagi dastlabki norasmiy harakat “Birlik” xalq harakati boʻlib, 1989-yilda tashkil topdi. Shuningdek, xotin-qizlarning “Toʻmaris” nomli tashkiloti, “Oʻzbekiston erkin yoshlar ittifoqi”, rusiyzabon ziyolilarning “Intersoyuz” deb nomlangan harakatlar vujudga keldi. Bu harakatlar xalqning ma’naviy qadriyatlarini tiklash, Orol fojiasining oldini olish, oʻzbek tiliga davlat tili maqomini berish, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usulidan voz kechish kabi dolzarb masalalarni ilgari surdi. “Birlik” xalq harakati koʻplab namoyishlar va mitinglar uyushtirdi, bu koʻcha va maydonlarda toʻplangan olomonda ehtiroslarni avj olishiga xizmat qildi. Asosiy kamchiligi mamlakat manfaatlaridan kelib chiqib dasturlar ishlab chiqish va aniq maqsadlarni amalga oshirishga harakat qilmadi. Natijada “Birlik” harakati boʻlinib ketdi. “Birlik” harakati faollarining Muhammad Solih (Saloy Madaminov) boshliq guruhi 1990-yil boshlarida “Erk” nomli siyosiy partiya tuzdi. Biroq, “Erk” partiyasi rahbarlari ham jamiyatni yangilash uchun islohotlar zarurligini va islohotlarning mazmun-mohiyatini, odamlar ongi va ruhiyatini oʻzgartirish kerakligini, buning uchun oʻtish davrini bosib oʻtish kerakligini anglab etmadilar. Ular ehtiroslarga berilib jamiyatni yangilash borasida keskin chora-tadbirlar koʻrish talablari bilan chiqa boshlashdi. XX asrning 80-yillari oxirlariga kelib sobiq Ittifoqda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqiroz kuchayib, beqarorlik yuzaga keldi. Necha yillar davomida hal etilmagan muammolar oxir-oqibatda ijtimoiy larzalarga, milliy nizolarga sabab boʻldi. Oʻzbekistonni ham bunday salbiy holatlar, afsuski, sodir boʻldi. Mesxeti turklari bilan mahalliy millat vakillari oʻrtasida millatlararo mojaro yuz berdi. 1989-yilning 23-may kuni boshlangan mojaro ikki kundan keyin Toshloq tumaniga, undan soʻng Margʻilon va Qoʻqon shaharlariga tarqaldi. May oyi oxirlari, iyunning boshlarida butun Fargʻona viloyatiga tarqaldi. Keyinchalik Boʻka, Parkent, Andijonda ham shunday mojarolar yuz berdi. Bu millatlararo mojaroda yuzga yaqin kishi qurbon boʻldi, mingga yaqin kishi jarohatlandi, sakkiz yuzdan ortiq uyga oʻt qoʻyildi, davlat va jamoat idoralarining binolariga ziyon etkazildi. Mojaroda ishtirok etganlar soni oʻttiz ming atrofida boʻlib, yetkazilgan zarar bir necha million rublni tashkil qilgan. Sobiq Ittifoqdagi bizgʻunchi kuchlar taʻsirida bu mojaro sodir etildi. Komunistik partiya va sovet hukumati fojia sabablarini oʻrganib chiqmadi. Ularning ana shunday noaniq pozitsiyada turishi Oʻzbekistonda beqaror vaziyatni vujudga keltirish orqali butun Oʻrta Osiyoda fuqarolar urushini, qonli fojialarni avj oldirishni koʻzlagan, Sovet Ittifoqini kuch bilan saqlab qolishga intilayotgan Markazdagi kuchlarga sharoit yaratib berayotgan edi. Fargʻona fojiasini keltirib chiqargan sabablar nimalargan iborat edi va bu mojaroni harakatga keltirgan kuchlar kimlar boʻlgan? 1989-yil 23-iyunda boʻlgan Oʻzbekiston Kompartiyasi MQning XIV plenumida Fargʻona fojisini oʻrganish uchun maxsus komissiya tuzildi. Bu komissiya axboroti Oʻzbekiston Kompartiyasi MQning 1989-yil 29-iyulda boʻlgan XV plenumi eshitildi. Unda fojiali voqealarga sabab qilib Fargʻona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotlarining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolari ko’rastildi. Hokimiyat organlarining viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatning kuchayish xavfiga yetarli baho bermaganligi, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstremistlarga, poraga sotilganlarga oʻz vaqtida chora koʻrmaganligi sharoit yaratib bergan. Oʻn yillar davomida Fargʻona viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib borishi, iqtisotiyotdagi muammolar, ishsizlik ayniqsa yoshlar orasida yuqori darajada ekanligi, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish ishlari buzilganligi, poraxoʻrlik, xizmat mavqeini suiiste’mol qilish avj olganligi odamlar orasida alamzadalik, norozilikning kuchayishiga xizmat qilgan edi. Bunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar, ekstremistlar foydalandil. Ular oldindan ishlab chiqilgan reja asosida harakat qilib, olomonga varaqalar tarqatdilar. Fargʻonada uyushtirilgan millatlararo mojaro Tbilisi, Togʻli Qorabogʻ, Bokuda tashkil etilgan igʻvogarliklarning navbatdagisi edi. Fitna uyushtirganlar oʻz maqsadiga erisha olmadi. Oʻzbekiston rahbarligiga kelgan I. Karimov boshchiligida koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida mojaro bartaraf etildi. Mustaqillik arafasida Oʻzbekistondagi ijtimoiy-siyosiy muhit tahlikali va ziddiyatli tus olganligini quyidagicha umumlashtirish mumkin: birinchidan, “paхta ishi” va “oʻzbeklar ishi” degan ayblovlar bilan yangi qatagʻon davri boshlandi. Koʻzga koʻringan tajribali rahbarlarning asosiy kismi jinoiy javobgarlikka tortildi. Oqibatda butun mamlakatda parokandalik, loqaydlik va ishonchsizlik kayfiyati chuqurlashdi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling