H. T. Avezov m. А. Tursunоv


Download 164.88 Kb.
bet6/33
Sana21.10.2023
Hajmi164.88 Kb.
#1714714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
H. T. Avezov m. А. Tursunоv buхоrо 2013-fayllar.org

Ishning maqsadi: 1. Sirka kislotaning o’yuvchi kaliy bilan neytrallanish
issiqlik effektini va dissotsiyalanish issiqligini aniqlash. 2. Ishqorni titrlash uchun 
sarflangan xlorid kislotaning normalligini aniqlash.

Kerakli asbob va reaktivlar: kalorimetr, ishqor uchun ampula, KOH ning
10% li eritmasi, HCl ning 10% li eritmasi, NaOH, muz sirka kislota-CH
3
COOH.


A. Sirka kislotaning neytrallanish issiqligini aniqlash va dissotsiyalanish 

issiqligini hisoblash 



Ishning borishi. Kuchsiz kislotani kuchli asos bilan neytrallanish issiqligini
aniqlash uchun kalorimetr yig’iladi. Kalorimetrga aralashtirgich, Bekman 
termometri va ishqor uchun ampula o’rnatiladi.
Neytrallanish reaksiyasi issiqlik chiqishi bilan boradi. Buni aniqlash uchun 
Bekman termometrini tajriba boshlanishidan oldin kapillyardagi simob meniskini
shkalaning pastki qismiga sozlanadi. So’ngra kalorimetr doimiyligi aniqlanadi va 
kalorimetrga bo’sh ampula qo’yiladi. Shundan keyin neytrallanish issiqligini
aniqlashga kirishiladi. 
500 ml sig’imli kolbaga 0,1 g aniqlikda tortib olingan 6 g (m
1
) muz sirka 

kislota solinadi va distillangan suv bilan belgigacha suyultiriladi. Eritmaning


harorati xona harorati bilan tenglashgandan so’ng eritmaning kolba bilan 
birgalikdagi massasi (m
2
) aniqlanadi. Massalar ayirmasidan m =m

2
– m

1
eritma 
massasi topiladi va kolbadagi eritma kalorimetrga quyiladi.
Texnik tarozida 4 g NaOH tortib olinadi va 50 ml hajmli kolbaga solib, oz-
ozdan kam miqdordagi suv bilan eritiladi. Eritma hajmi 50 ml ga yetkaziladi va
xona haroratigacha sovutiladi. Shundan so’ng oldindan massasi o’lchangan 
tayoqchali ampulaga solinadi va eritma bilan birgalikda massasi o’lchanadi,
massalar ayirmasidan ishqor eritmasining massasi topiladi.
Ampula kalorimetrga o’rnatilgandan keyin ehtiyotlik bilan ampula tubi
tayoqcha yordamida sindiriladi (tayoqcha ampulada qoldiriladi). Eritmani 
aralashtirib turgan holda

t aniqlanadi. Neytrallanish issiqligi quyidagi tenglama 

yordamida hisoblab topiladi:


Q = K


t , bunda Q – neytrallanishda ajralgan issiqlikning umumiy 


miqdori, K –kalorimetr doimiysi,

t – tajribada kuzatilgan temperatura ko’tarilishi.

Kuchli kislotalarni kuchli asoslar bilan neytrallaganda 57,1 kJ issiqlik


ajralishini bilgan holda Gess qonuni bo’yicha sirka kislotaning dissotsiyalanish 
issiqligini aniqlaymiz: Q
diss

= Q – 57,1




Download 164.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling