64
Qattiq jism sirtida gazning adsorblanishini miqdor jihatdan xarakterlash
uchun yo gaz bosimning kamayishi yoki adsorbent massasining ortishi o’lchanadi.
Adsorbentning sirt birligiga (1sm
2
ga) yutilgan moddaning mol hisobidagi
miqdori
solishtirma adsorbilanish deyiladi. Solishtirma adsorbilanishni toppish
uchun adsorbsion muvozanat vaqtida yutilgan modda miqdorini (mol hisobida)
adsorbent sirtiga bo’lish kerak:
s
x
G
bu yerda: G - solishtirma adsorbilanish, x - yutilgan modda miqdori, s - adsorbent
sirti.
Lekin qattiq g’ovak adsorbentlarning (ko’mir, silikagel va hokazolarning)
sirtini o’lchash juda qiyin bo’lgani uchun amalda
solishtirma adsorbilanishni
topishda yutilgan modda miqdori adsorbent massasiga bo’linadi:
m
x
G
bu yerda: x-yutilgan moddaning gramm hisobidagi massasi, m-adsorbentning
grammda olingan massasi. Har qanday adsorbent ma’lum, o’ziga xos, miqdordan
ortiq moddani yuta olmaydi. Moddaning sirt birligiga (1m
2
ga) yutilishi mumkin
bo’lgan eng ko’p miqdori maksimal solishtirma adsorbilanish deyilib,
G
ishora
bilan belgilanadi.
Kimyoviy texnologiyada adsorbilanish jarayoni katta rol o’ynaydi. Masalan,
gaz aralashmalarini ajratib tozalashda aktiv ko’mir, silikagel, kolloid moddalar
kabi adsorbentlar ishlatiladi. Organik moddalarni rangli qo’shimchalardan
tozalashda ham aktivlangan ko’mir ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: