H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev
Download 246.83 Kb.
|
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Freyndlixning adsorbilanish tenglamasi
Freyndlix tenglamasi. Qattiq jism sirtidagi adsorbilanishini eksperimental
yo’llar bilan aniqlash mumkin. Buning uchun adsorbilanish jarayonida eritmaning konsentratsiyasini adsorbilanishdan oldin va adsorbilanish jarayonida o’lchab oladilar, ya’ni adsorbsion muvozanat qaror topgandan keyin. O’zgarmas temperaturada qattiq adsorbent sirtiga yutilgan gaz yoki erigan modda miqdori bilan massasi orasidagi bog’lanish Freyndlixning adsorbilanish tenglamasi deb ataladigan quyidagi empirik formula bilan ifodalanadi: 65
n kC m x 1 bu yerda: x-yutilgan moddaning gramm hisobidagi miqdori; m-adsorbentning gramm hisobida olingan massasi; C-eritmaning adsorbsion muvozanat vaqtidagi konsentratsiyasi; k va n – tajribadan topiladigan o’zgarmas qiymatlar, bunda adsorbiyalanuvchi modda tabiatiga bog’liq. O’garmas temperaturada adsorbilangan modda miqdorining konsentratsiyasiga yoki bosimga bog’liqligini ko’rsatuvchi grafiklar adsorbilanish izotermalari deyiladi. 1-rasmda adsorbilanish izotermasining grafigi ko’rsatilgan. Bunda absissalar o’qiga eritmaning konsentratsiyasi, ordinatalar o’qiga esa tajribada topilgan solishtirma adsorbilanish ko’rsatilgan. Eritma konsentratsiyasi past bo’lganda adsorbilanishning tez ortishi grafikdan ko’rinib turibdi. Konsentratsiya kattalashganida adsorbilanish kam ortadi. Nihoyat, ma’lum bir konsentratsiyadan keyin, garchi konsentratsiya ortib borsa ham, adsorbilanish o’zgarmay qoladi. 1-rasm. Adsorbilanish izotermasi Freyndlix tenglamasi asosida adsorbilanishni hisoblashdan avval bu
lg
66
So’ngra absissalar o’qiga lg C ni , ordinatalar o’qiga esa m x lg ni qo’yib, Freyndlix tenglamasining logarifmik shakli birinchi darajali tenglama bo’lganligi uchun m x lg va lg C orasidagi bog’lanish grafikda AC to’g’ri chizig’i bilan ifodalanadi. (2- rasm). 2-rasm. Freyndlix formulasining logarifmik koordinatalarda chizilgan grafigi Grafikda OA chizig’i lg k teng bo’ladi; grafikdan lg k topilgandan keyin k ni bilish qiyin emas. Grafikdagi α burchakning tangensi m x ni aniqlab, lg C va lg m x ning grafigidan k va n ni topa olamiz. Freyndlix tenglamasi o’rtacha konsentratsiyalar uchungina to’g’ri natijalar beradi. Lekin kichik va katta konsentratsiyalar, shuningdek, katta bosim uchun to’g’ri natijalar bermaydi. 1-jadvalda hayvon ko’mirida sirka kislotaning (25 0 С da) adsorbilanishi misolida Freyndlix tenglamasini sinab ko’rish natijalari keltirilgan. Download 246.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling