Hadislar haqida
MAST QILUVCHI ICHIMLIKLAR HAQIDA
Download 0.81 Mb.
|
Falsafa
- Bu sahifa navigatsiya:
- MARHAMATSIZ KISHIGA MARHAMAT QILINMAYDI
MAST QILUVCHI ICHIMLIKLAR HAQIDA
Ibn Umar raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: “Har bir mast qiladigan narsa xamrdir va har bir mast qiladigan narsa haromdir. Kim dunyoda xamr ichsa va vafot etsa va u unga mukkasidan ketgan bo‘lsa, oxiratda ichmaydi”. * * * Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Kimki bu dunyoda mast qilguvchi ichimlik ichgan bo‘lsa-yu, keyin ichganiga tavba qilmagan bo‘lsa, oxiratda tavba qilmoqdan mahrum qilingaydur!” — dedilar. MARHAMATSIZ KISHIGA MARHAMAT QILINMAYDI Abu Said raziyallohu anhu rivoyat qildi: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Marhamat qilmagan kishiga marhamat qilinmaydi”, — dedilar. Jobir ibn Abdulloh (raziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam): “Kimning uchta qizi bo‘lsa, ularga odob bersa, mehrli bo‘lsa va kafolatini olgan bo‘lsa, unga jannat vojib bo‘ladi”, — dedilar. “Yo Allohning Rasuli? Agar ikkita bo‘lsa hammi?” — deyishdi. “Ikkita bo‘lsa ham”, — dedilar. Qavmdan ba’zisi “Bitta bo‘lsa-chi?” deyilganda, “Bitta bo‘lsa ham”, — derdilar. Bir qarashda qiz farzand(lar) ko‘rib, u(lar)ni o‘stirgan ota-ona jannati bo‘ladi degan fikr ko‘zga tashlanib turibdi. Lekin uni tahlil qilganimizda tarixan ijtimoiy-siyosiy, ayni paytda, hamma davrlar va barcha xalqlar uchun birdek ahamiyatli ma’naviy-ma’rifiy mohiyati oydinlashadi. Islomiyatga qadar arablarda qiz farzandga past nazar bilan qarash, qiz tug‘ilishidan or qilish odatiy hol edi, hatto otalar o‘z qizlarini tiriklayin ko‘mib yuborardilar. Ana shunday bir sharoitda qiz bolani Jannat vositachisi deb e’lon qilinishi uning jamiyatdagi mavqeyini yuksaltirdi, unga qarashni tubdan o‘zgartirdi. Hadisning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati alohida e’tiborga molik. Qizi bor odamning jannatga tushishi uchun uchta shart qo‘yilyapti. Birinchisi, “odob bersa”. Qiz bolani tarbiyalash g‘oyat nozik, murakkab va mas’uliyatli ish. Uni iboli, hayoli, har qanday vaziyatda ham or-nomusini saqlaydigan qilib o‘stirish ota-onaning birlamchi vazifasi. Bu sifatlarga ega bo‘lgan qiz oilaning, qolaversa, millatning sha’ni, iftixoridir, aks holda, u o‘z xonadonini ham, xalqini ham isnodga qoldiradi. Ikkinchisi, “mehrli bo‘lsa”. Ota-ona o‘g‘il farzandiga bo‘lgani kabi qiziga ham birdek mehrli bo‘lsa, unda hech qanday o‘ksiklik bo‘lmaydi, ko‘ngli butun, ruhi ba land, o‘zini to‘laqonli his etadi. Shunda odobi ham, ma’naviyati ham ibratli bo‘ladi. Ikkinchsi “kafolatini olgan bo‘lsa”. Kafolatini olish – bu yetarlicha uni moddiy ta’minlash: yedi- rib-ichirish, o‘rtacha kiyintirish, dunyo va oxiratiga kerakli ilmlar berish hamda muvofiq keladigan hunarli qi lish. Mumtoz adiblarimiz, ma’rifatparvarlik hamda jadid adabiyoti namoyandalari ijodida farzandga ilm berish, xususan, qiz bola tarbiyasi borasida teran fikrlar bor. Bu fikrlarni o‘qib, ular, asosan, yuqoridagi kabi hadislardan mazmunan oziqlanganligiga iqror bo‘la miz.Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning mukarram axloqi, har ishdagi komil ibrati soyasida tarbiya topgan va o‘zlarining buyukligi bilan e’tirof qozongan sahobalar tomonidan aytilgan hikmatlar asarlar (osor) deyiladi. Asar (osor)larda hadislar bilan mazmuniy uyg‘unlik kuzatiladi. Hadislar adabiyotimiz, dunyoqarashimiz, turmush tarzimizda chuqur iz qoldirgan ibrat, hikmat va donishmandlik asosidir. Hadislarni o‘qish, uqish, yodlash, eng asosiysi, ularda jo bo‘lgan yuksak axloq me’yorlari bilan zohir-u botinimizni, umuman, hayotimizni ma’nan bezamog‘imiz darkor. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling