Hamid qurbonboyev Sintaksisni qanday o’rganamiz!


Qishga qadar ishladik –qachongacha? - qishga qadar!


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/35
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1535970
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
Bog'liq
SINTAKSIS KITOB

 
Qishga qadar ishladik –qachongacha? - qishga qadar!  
3 O’RIN HOLI  
Ish harakat qayerdadir bajariladi. O’rin holini nutq jarayonida ko’p qo’llaymiz, shuning 
uchun o’rin holini topish qiyinchilik tug’dirmaydi.
O’zbeklarda eng ko’p so’raladigan savol bu;
Qayerdasiz?
Uyga kirib kelgan erning birinchi gapi:
-Onang qayerda?
Uyga kirib kelgan xotinning birinchi gapi:
-Otang qayerda?
Telefonda gaplashganda ham eng ishlatiladigan so’z:
Qayerdasiz?
Har kimniki o’ziga bilinmaydi, lekin biz tomonlarda bu so’z quyidagi shakllarda aytiladi
va tan olish kerak chetdan qaraganda xunuk eshitiladi?
Qayerga? –Qetga?, Qaqa? , Qekka? Qatga?
Qayerda?- Qetda? ,Qag’da? Qetda? Qatda?
O’rin holi quyidagi so’z turkumlari bilan ifodalanadi:
1 O’rin ravishi ( ichida, yonida )
2 Olmoshlar ( Bunda qushlar sayraydi )
3 Kengaygan birikmalar (Svetaforni oldida )


33 
O’rin holini toping deyilganda ( bu qoida hammasiga mos kleladi ) avval –KESIMni 
topasiz va unga qarab turib –QAYERDA? ( ga, da, ni. )
  
O’rin holi qatnashgan gapni toping. 
A) Tolibjon botirlarcha harakat qildi. 
B) Oilada osoyishtalik, hayotda farovonlik, dunyoda tinchlik bo’lsin. 
C) Bola epchillik bilan turdi, qisqa va lo’nda javob berdi. 
D) Guruchni qopi bilan olishdi. 
B-javobda shundoq ko’rinib turibdi?
Qayerda tinchlik bo’lsin!
Oilada, hayotda …
4 SABAB HOLI  
Sabab holi quyidagi so’z turkumlari bilan ifodalanadi:
1 Sabab ravishlari ( noiloj, ilojsizlikdan )
2 Sabab ravishdoshlari ( -ib, -gach )
Suv qaynayvermagach, olovni o’chirdik.
Olovni o’chirishimizga suvning qaynamasligi sabab.
Burilishlar ko’payib, mashina sekinlashdi.
Mashina nima uchun sekinlashdi?
Kasbingiz taqozosi bilan bunday misollarga kunda duch kelasiz:
Nega darsga kech qolding?
Odatda bunday savolga uzoqdan olib kelib javob berishadi.
-Nega dars tayyorlamading?
Eng beozor javoblari:
Esimdan chiqib qolibdi.
Chunki ular bilishadi, -esimdan chiqib qolibdi –jumlasiga o’qituvchilar o’rganib 
ketishgan. Keyin –har safar dars tayyorlash esidan chiqmaydigan o’quvchilar misol qilib 
keltiriladi. Esdan chiqmaslik uchun nimalar qilish kerakligi to’g’risida tavsiyalar beriladi.
-Qizining odob ahloqi va ta’limi haqida bilish uchun -Zinnatning ota-onasi maktabga 
kelishdi.
-Ota-onani maktabga yetaklab kelgan sababni qarang!
Bizda esa boshqacha!
Qizini dars tayyorlamagani uchun, biologiya o’qituvchisi –chimchilagani uchun 
Zinnatning ota –onasi maktabga kelishdi. Qo’llarida Zinnatning kasalliklari 
borligi to’g’risidagi ma’lumotnomlar ham bor! Dars tayyorlamasa, tayyorlamas, bola 
bilan do’st bo’lamiz!
Keyin esa ota-onalar majlisida, bitta aqlli ota yoki ona o’rnidan turadi-da: Oldin biz 
o’qituvchilarni ko’rsak bezillardik. Oyoq qo’limiz qaltirar edi. dan boshlaydi.
Nega o’qituvchilardan bolalar hayiqmay qo’ydi?
-Bolasini chertsa yugurib kelaveradigan ota-onalar borligi uchun!
Hayotda hech bir ish besabab bo’lmaydi.


34 
Sabab holini o’quvchilarga o’rgatayotganda, faqat qoida yoki misollar emas. Hayotiy 
voqealarning sabab va natijalarini tahli qilishni o’rgatishimiz kerak! Aytdim –qo’ydim –
de!

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling