Hamid qurbonboyev Sintaksisni qanday o’rganamiz!


 Ravish hollari (vaziyat holining yana bir nomi ) faqat bir xil so‘z turkumi bilan


Download 1.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/35
Sana17.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1535970
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Bog'liq
SINTAKSIS KITOB

1 Ravish hollari (vaziyat holining yana bir nomi ) faqat bir xil so‘z turkumi bilan 
ifodalangan gapni belgilang. 
To’g’ri javob:  
C) birin-ketin (ravish ) yura boshlagach, sekin (ravish ) qo‘ydi.
Ikkinchi testni o’zingiz ishlab ko’ring
2 Turli so‘z turkumlari bilan ifodalangan ravish hollari qatnashgan gapni aniqlang. 
A) G‘avvos apil-tapil o'rnidan turdi, dod solib arava orqasidan ergasha boshladi. 
B) Bular piyoda asta-sekin o‘rdaga bordilar. 
C) Do‘stlar oldinda kutmoqda, biz ham manzilga yetib olaylik. 
D) Aravalar birin-ketin yura boshlagach, g‘avvos bir ilonni sekin Zavrakning tizzasiga 
qo'ydi. 
TO’LDIRUVCHI 
To’ldiruvchi –gapni to’ldirib keladi. To’ldiruvchi fe’l kesimga tobelanib keladi.
Aniqlovchi ot kesimga bog’lanib keladi.
Nimalarni bilishimiz kerak:
1 Vositasiz to’ldiruvchi
2 Vositali to’ldiruvchi
3 To’ldiruvchining qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishi
4 To’ldiruvchini toping
5 Nomustaqil to’ldiruvchi..
Yana MORFOLOGIYA ga ishimiz tushadi.
O’timli va o’timsiz fe’l mavzusini qaytadan o’qib olsangiz yaxshi bo’ladi.
O’timli fe’l bu –VOSITASIZ to’ldiruvchi
O’timsiz fe’l bu –VOSITALI to’ldiruvchi.
VOSITASIZ TO'LDIRUVCHI
Belgili va belgisiz, qisqargan holda kelgan TUSHUM kelishigidagi so’z.
So’roqlari: kimni? kimlarni? nimani? nimalarni?
Eslab qoling: Qoidadagi tushum kelishgi to’ldiruvchi bo’lar ekan degan gapga ishonib 
qolmang!
Hayvonot bog’ida filni ko’rdik.
( nimani –to’ldiruvchi )
Hali Qo’qonni ko’rmaganman, deng.
( qayerni? -hol )
Vositasiz to’ldiruvchini toping degani –o’timli fe’lni toping, yoki tushum kelishigidagi 
so’zni toping –degani.
“Ko’rinmas odam “ filmini ko’rib ta’sirlangan kelishik qo’shimchalari tez –tez belgisiz 
kelib olishni xush ko’rishadi.
Ot turkumiga oid so’z fe’lga ko’pincha –tushum kelishigi bilan bog’lanadi.
Hikoya o’qidi. Ko’chat ekdi.
Hikoyani o’qidi. Ko’chatni ekdi.


37 
Lekin har doim ham tushum kelishigi belgisiz kela olmaydi.
Vositasiz to’ldiruvchi qaysi holda belgisiz qo’llanishi mumkin? 
-- turdosh ot bilan ifodalanganda 
Vositasiz to’ldiruvchi qaysi holda belgisiz qo’llanmaydi?
sifat bilan ifodalanganda
olmosh bilan ifodalanganda
atoqli ot bilan ifodalanganda
Bozorda sinfdoshi Diyorbekni ko’rdi.
Bozorda sinfdoshi Diyorbek ko’rdi.
Atoqli otni tushum kelishigida belgisiz qo’llab bo’lmas ekan.
Diyorbek sinfdoshi –Diyorbekning sinfdoshi –aniqlovchiga mumkin.
Vositasiz to’ldiruvchining ifodalanishi:
1 OT 2 Sifat 3 Son 4 Ravish 5 Fe’l: Harakat nomi, Sifatdosh 6 Undov so’z 7 Taqlid so’z 8 
Modal so’z.
Morfologiya, uchinchi xotini –Alohida xonum bilan Sintaksis yoniga keldi. Sizga 
iltimosimiz bor. Bizni Grammatika janoblari jo’natishdi. Telefon qilishdimi?
-Kelinglar xizmat?
-Gapning qisqasi, mana shu o’g’limiz gap bo’lagi bo’lmoqchi. Telefon titkilab o’tirgan 
o’g’liga ishora qildi, Morfologiya. Ismi modal so’z: 30 ga yaqin ishchilari bor. Ko’rsat!
Onasining turtkisidan keyin Modal so’z gapira ketdi.
“Shukr! Darhaqiqat, biz ko’pchilikmiz. Afsuski, gap bo’lagi bo’la olmayabmiz. Albatta, 
biz bu ishni uddalaymiz! Ehtimol, siz bizga ishonmassiz, balki bizga imkoniyat berarsiz 

Enasasi qotgan Sintaksis, qanday qilib “Yo’q “ deyish yo’lini qidirib turganligini sezgan 
Morfologiya -telefonini Sintaksisga berdi.
-Kim?
Boshi bilan –olavering, keyin bilasiz –degandek ishora qildi, Morfologiya 
Telefondan Grammatikaning do’rillagannamo ovozi yangradi.
Vaalaykum assalom. Ularning iltimosini hal qilib ber.
-Janob, tushuning, buning iloji yo’q!
-Iloji bor yoki yo’qligi bilan ishim yo’q. Yo’qni bor qil unda. dud dut dut … 
Kattalarning gapi qonun. Shunday qilib sintaksis bo’limiga o’tib –BOR, YO’Q –so’zlari 
Modal so’z deb atala boshlandi.
Istagan gap bo’lagi bo’la olishyapti endi. Shunaqa qalovini topsang qor ham yonadi ….. –
Bu dunyoda.
Buning iloji yo’q ( Modal so’z kesim )
Bor-u yo’g’im sensan ( modal so’z ega )
Borini berdi ( modal so’z to’ldiruvchi )
Modal so’z ham kuchaydi.
Qaysi qatordagi gapda vositasiz to’ldiruvchi ishtirok etgan? 
Javob: Qarilari kutadi mehmon,
pazandasi yopadi shirmon 
Mehmonni kutadi, shirmonni yopadi.

Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling