Qoplash koeffisiyenti
Qoplash koeffitsiyentini hisoblash ham 1-shakl “Buxgalteriya balansi” ma’lumotlaridan foydalangan holda aniqlanadi va quyidagicha amalga oshiriladi:
QQ=(JA(390)-KDX(190)-KX(200)-MUDQ(211))/JM(600)
bu yerda, JA-joriy aktivlar, KDX-kelgusi davr xarajatlari, KX-kechiktirilgan xarajatlar, MUDQ-muddati o‘tgan debitor qarzar, JM-joriy majburiyatlar
Likvidlilik koeffitsiyenti qarz oluvchi o‘z mablag‘lari hisobidan qarzning qancha qismini to‘lay olish qobiliyatini ko‘rsatadi, ya’ni bu koeffi tsiyentdan mijozning yaqin kelajakda operativ ravishda bankka qarz to‘lab berish qobiliyatini prognozlash uchun foydalaniladi. Likvidlilik koeffi tsiyenti qancha yuqori bo‘lsa, kreditga layo qatlilik shuncha yuqori bo‘ladi.
LK = PM(320) + QMI(370) + DQ(210) – MUDQ(211) / JM(600)
bu yerda, PM-pul mablag’lari, QMI-qisqa muddatli investitsiya, DQ-debitorlik qarzlari, MUDQ-muddati uzaytirilgan debitorlik qarzlari, JM-joriy majburiyatlar
Mustaqillik koeffisiyenti va mezonlari
№
|
Mezon (kreteriya)ning chegarasi
|
Ball
|
1
|
LK>1,5
|
15
|
2
|
1,5>LK>1
|
10
|
3
|
1>LK>0,5
|
3
|
4
|
0,5dan kam
|
0
|
Korxonaning o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganligi muxtoriylik koeffitsiyenti umumiy korxona balansi passivining qancha qismi korxonaning o‘z manbalaridan tashkil topganligini baholaydi va qarz mablag‘lari ichidagi korxona musta qilligini aks ettiradi.
MK = XK (480 – 470 – 460) / BS (780)
bu yerda, XK-Xususiy kapital, BS-balans summasi.
Mustaqillik koeffisiyentiga baho berishda 100 ga ko‘paytirib foizda ifodalab olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |