"Hamkorbank" аtb passivlari operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko’rsatkichlarining dinamikasi va tahlili
Download 52.28 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. “Hamkorbank” АTB da pul muomalasini tashkil etish, ular bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar.
Kredit berish shartlari
Agar kreditni to‘lay olish qobiliyatining ushbu uchta ko‘rsatkichi hisoblab chiqilgandan keyin summa 9 balldan kamni tashkil etgan bo‘lsa, korxonaga kredit berilmasligi kerak. Agar ballar summasi 9 dan 19 ballgacha bo‘lsa, bunday korxona kreditni to‘lay olmaydigan hisoblanadi va faqat alohida hollardagina yuqori likvidli aktivlar bilan ta’minlangan holda kredit berilishi mumkin. Agar ballar yig‘indisi 19 balldan yuqori bo‘lsa kredit ajratiladi. 4. “Hamkorbank” АTB da pul muomalasini tashkil etish, ular bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar. Pul tovar ishlab chiqarishga asoslangan har qanday iqtisodiyotning, jumladan bozor iqtisodiyotining ham asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot, uni ayriboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq jarayonlar pul ishtirokida yuz berib, tovar ishlab chiqarish tsiklining ibtidosi pul bilan boshlanib, uning intiqosi ham pul bilan yakunlanadi. Yoki, iqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlarida yuz berayotgan ob’ektiv iqtisodiy munosabatlar albatta pul ishtirokida amalga oshiriladi. Iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasida pul orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar pul muomalasi deyiladi. Pul yuz berayotgan iqtisodiy munosabatlarda qatnashar ekan, u doimiy harakatda bo‘ladi, yangilanib turadi va muntazam takror aylanadi. Iqtisodiy jarayonlarni amalga oshirishda pulning ma’lum davrdagi harakatlar yig‘indisi pul aylanmasini tashkil etadi. Naqd pul muomalasi naqd pul orqali amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, bunda iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro tovarlar va qimmatli qog‘ozlar oldi – sotdisi, ko‘rsatilgan turli madaniy va maishiy xizmatlar, sug‘urta, kommunal to‘lovlari, naqd pulda kreditlar olish va qaytarish, lotereya biletlari harid qilish, korxona va tashkilotlar tomonidan ishchi va xizmatchilarga naqd pulda ish haqi to‘lash hamda boshqa majburiy to‘lovlar amalga oshiriladi. Shuningdek, naqd pul muomalasi davlat byudjetining naqd pulda shakllanadigan va taqsimlanadigan qismini ham o‘zida mujassamlashtiradi. Ushbu jarayon, bir tomondan aholi va yakka tadbirkorlarning byudjet oldidagi soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni amalga oshirish jarayonlarini, ikkinchi tomondan esa davlat byudjeti tomonidan aholiga naqd pulda pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni amalga oshirish jarayonlarida o‘z aksini topadi. Naqd pul aylanmasi esa naqd pullarning ma’lum davrdagi harakatlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, u naqd pul muomalasidagi naqd pullar harakatidan tashqari pul muomalasini tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar yig‘indisini ham o‘z ichiga oladi. Download 52.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling