"Hamkorbank" аtb passivlari operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko’rsatkichlarining dinamikasi va tahlili
Download 52.28 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. “Hamkorbank” ATB ning yangi xizmat turlari va ularning qo’llanilish amaliyoti hamda xorijiy davlatlarning ayni shu tizimdagi ko’rsatkichlari bilan qiyosiy tahlilini amalga oshirish
Hamkorbank” АTB tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va tahlili.
Respublika tijorat banklari bir holda o‘z tarkibiy tuzilmalarida qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha fond bo‘limlari yoki boshqarmalariga egadirlar, ular fond qimmatliklari bilan amalga oshirish mumkin bo‘lgan turlicha operatsiyalarni – bankning o‘z qimmatli qog‘ozlari emissiyasini tashkil etishdan tortib investitsiya muassasalariga xos bo‘lgan barcha operatsiyalar majmuini bajaradi. Bunda fond bo‘limlari bevosita bank operatsiyalarini qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni uygunlashtirishi (masalan, veksellar hisobini yuritish), shuningdek, investitsiya muassasalari uchun xos bo‘lgan operatsiyalar bilan birga amalga oshirishi mumkin. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini shartli ravishda uchta: emissiya, investitsiya va vositachilikyunalishiga ajratish mumkin. Hamkorbankning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faol ishtirokini shu bilan izohlash mumkinki, bugungi kunda u sarmoya mikdori likvidlilik va barqarorlilik bo‘yicha yagona raqobatbardosh investorlardan biri hisoblanadi. Hamkorbank vositachilik faoliyatini olib borgan holda boshqa iqtisodiy agentlarga nisbatan ko‘proq imkoniyatlarga ega. Banklarning yana bir ustunligi shundaki, ular iqtisodiy xatar, bozordagi ahvolni malakali tahlil qilishi mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o’tish moliyaviy resurslarning fond bozorida tijorat banklarining faol ishtirokida taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ko’zda tutadi.Tashqi iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti turli mamlakatlarning valyutalari qiymatining o‘zaro nisbatini o‘lchashni talab etadi. Shu sababli valyuta kursi valyuta tizimining muhim elementi hisoblanadi. Valyuta kursining zaruriyati quyidagilarda ifodalanadi: – tovarlar va xizmatlar bilan savdo qilishda, kapital va kreditlar harakatida valyutalarni o‘zaro almashtirish uchun bunda, eksporter kelib tushgan chet el valyutasini milliy valyutaga almashtiradi. Chunki boshqa mamlakatlarning valyutalari mazkur davlat hududida qonuniy xarid qilish va to‘lov vositasi sifatida muomalada aylana olmaydi. Importyor chet eldan sotib olgan tovarlarini to‘lash uchun milliy valyutani chet el valyutasiga almashadi. Qarzdor esa qarzini to‘lash uchun va tashqi qarzlar bo‘yicha foizlarni to‘lash uchun chet el valyutasini sotib oladi; – jahon va milliy bozor baholarini taqqoslash, shuningdek, milliy va chet el valyutalarida ifodalangan turli mamlakatlarning baho ko‘rsatkichlarini taqqoslash uchun; – firma va banklarning chet el valyutasidagi hisob varaqlarini vaqti-vaqti bilan qayta baholash uchun valyuta kursi zarur. Valyuta kursi – bu bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro valyuta birliklarda ifodalangan bahosidir. Tashqi valyuta kursi almashuv qatnashchilari uchun valyuta bozoridagi talab va taklif nisbati orqali aniqlanadigan bir valyutani boshqasiga qayta hisoblash koefitsientidir. Biroq valyuta kursining qiymat asosi bo‘lib valyutaning xarid qobiliyati hisoblanadi. ATB Hamkorbank Yunusobod filiali o‘z mijozlari bilan quyidagi operatsiyalarni bajarishda hamkor hisoblanadi: - “TOD”, “TOM”, “SPOT” shartlari bo‘yicha chet el valutasini sotib olish va sotish; - naqd xorijiy valutani sotib olish va sotish; “SWAP” bitimlarini tuzish; - mablag‘larni jalb qilish / joylashtirish; - belgilangan limitlarda va yoki ta’minotda banklararo kreditlarni berish; - erkin almashtiriladigan valutada va O‘zbekiston Respublikasi milliy valutasida banklararo kreditlarni jalb qilish. Valyuta operatsiyalari quyidagi amaliyotar orqali amalga oshiriladi: 1) Valyuta ayirboshlash shaxobchasi (VASh) ga pul berilganda: Dt-10103-000 (so’m uchun)/840 (dollar uchun)- VASh dagi naqd pullar Kt-10101-000 (so’m uchun)/840 (dollar uchun)-aylanma kassadagi naqd pullar 2) naqd chet el valyutasi sotib olinganda: AQSh dollarda: Dt- 10103- 840- VASh dagi naqd pullar Kt-17101- 840 – Valyuta pozitsiyasi hisobvarag’i So’mda: Dt-17101- 000– Valyuta pozitsiyasi hisobvarag’i Kt-10103- 000- VASh dagi naqd pullar Agar naqd chet el valyutasi sotilsa: Dt-17101- 840 – Valyuta pozitsiyasi hisobvarag’i Kt-10103- 840- VASh dagi naqd pullar So’mda: Dt-10103- 000- VASh dagi naqd pullar Kt-17101- 000– Valyuta pozitsiyasi hisobvarag’i Valyutaaning eng muhim xarakteristikasi uning konvertirlanganligidir. Konvvertirlanganlik - darajasiga ko‘ra valyuta kursi 3 ga bo‘linadi. - erkin «suzib» yuruvchi - cheklangan darajada «suzib»yuruvchi. - qayd etilgan valyuta kurslari. Erkin «suzib» yuruvchi valyuta kursi ma’lum valyutaga bo‘lgan bozor talabi va taklifi ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin. Masalan. AQSH dollori, Yaponiya ienasi, Angliya funt stirlingi; Yyevro kabi valyutalar jahon valyuta ayirboshlashida keng ishtirok etadi. Cheklangan darajada «suzib» yuruvchi valyuta kurslarining o‘zgarishi ayrim valyutalar yoki bir guruh valyutalar (valyuta savati) kursi o‘zgarishiga bog‘liq. Misol uchun ko‘pchilik mamlakatlar o‘z valyutalarini AҚSH dollariga, Eropa mamlakatlarining “euro”siga va boshqa boshqa xorijiy valyutalarga bog‘laydilar. Cheklangan darajada “suzib” yuruvchi valyuta kurslari kiritilgan mamlakatlar o‘z valyutalarining tebranish chegarasini o‘zlari hamkorlik kilayotgan mamlakatlar bilan kelishib oladilar. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar. Har qanday baho kabi valyuta kursi valyutaga talab va taklif ta’sirida asosiy qiymatidan (ya’ni valyutaning xarid qilish qobiliyatidan) nari-beri siljiydi. Bunday talab va taklifning o‘zaro mosligi bir qator omillarga bog‘liq. Valyuta kursining ko‘p omilliligi uning boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan bog‘liqligini, jumladan, qiymat, narx, pul, foiz, to‘lov balansi va boshqalar bilan bog‘liqligini aks ettiradi. Shuningdek ularing murakkab biri kuvi va ba’zi omillarning eng muhim omil sifatida yuzaga chiqishiga olib keladi. Bu omillar ichida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin. Valyutalarning xarid qobiliyatlari bo‘yicha ularning o‘zaro nisbati o‘zida qiymat qonunini aks ettirib, valyuta kursini aniqlash vositasidir. Shu sababli valyuta kursiga inflyasiya sur’atlari ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatda inflyasiya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, milliy valyuta kursi shunchalik past bo‘ladi, (agar boshka omillar qarshi tasir ko‘rsatmasa). Bank operatsiyalarining 60-70%ni dollarda, yyevroda amalga oshirilishi shu valyutalarga bo‘lgan talab va taklif masshtablarini belgilaydi. Valyuta kursiga valyutaning xalqaro hisob-kitoblarda ishlatilish darajasi ham ta’sir ko‘rsatadi. 90-yillar boshida xalqaro to‘lovlarning 55%ni neft, uchun hisob-kitoblarning 86-90%ni, tashqi qarzdorlikning 70% i dollarda amalga oshirilgan. SHu sababli, davriy neftga narxning o‘sishi, hattoki dollarning xarid qilish qobiliyati tushgan sharoitlarda ham davlat qarzlari bo‘yicha to‘lovlarning o‘sishi dollar kursining ko‘tarilishiga imkon beradi. O‘zbekiston Republikasi hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish prinsiplari va valyuta qimmatliklari bilan ishlash tartibi O‘zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonuni bilan aniqlanadi. Ushbu qonun talablariga muvofiq O‘zbekiston hududida xorijiy valyuta bilan bog‘liq barcha hisob-kitoblar faqat vakolatli banklar orqali, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining valyuta operatsiyalarini o‘tkazishga ruxsat beruvchi litsenziyasiga ega bo‘lgan tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday litsenziyaga ega bo‘lgan tijorat banklari vakolatli bank hisoblanadi. Valyuta ayirboshlash shaxobchasida rezident va norezident jismoniy shaxslardan chet el valyutasi cheklanmagan miqdorda sotib olinadi. Chet el valyutasini ayirboshlash operatsiyalari bazaviy hisoblash miqdorining 500 barоbari miqdoriga teng bo‘lgan yoki undan oshgan holatlarda, jismoniy shaxslardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (YaTTdan qo‘shimcha ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi) talab etiladi (chet el valyutalarini sotish bundan mustasno). Valyuta ayriboshlash shaxobchalarida rezident jismoniy shaxslarga ekvivalenti 100 AQSh dollarigacha (shu jumladan ekvivalenti 100 AQSh dollariga teng miqdorda) naqd chet el valyutasini sotish operatsiyasi ulardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etmagan holda shaxobchaga topshirgan naqd yoki shaxsiy bank kartasidan yechib olingan milliy valyuta miqdori doirasida amalga oshiriladi. Norezident jismoniy shaxslarga chet el valyutasini sotish valyuta ayirboshlash shaxobchasining 09002-son shakldagi ma’lumotnoma yoki terminal (bankomat) cheki yoxud Respublika xududida milliy valyuta mablag‘larining qonuniy manbalardan olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda amalga oshiriladi. Valyuta ayriboshlash shaxobchasida bajariladigan amaliyot turlari: • jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini naqd milliy valyutaga sotib olish; • jismoniy shaxslarga naqd chet el valyutasini sotish; • jismoniy shaxslarning xalqaro to‘lov kartalaridagi chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlab berish; • jismoniy shaxslarning xalqaro to‘lov kartalaridan naqd pul mablag‘larini mijozning hohishiga ko‘ra milliy yoki chet el valyutasida yechib berish; • jismoniy shaxslarning muomalaga yaroqsiz chet el valyutasini inkassaga qabul qilish; • haqiqiyligi shubha tug‘dirgan chet el valyutalarini jismoniy shaxslardan ekspertizaga qabul qilish; • jismoniy shaxslarning chet el valyutasini o‘sha chet el valyutasiga maydalab yoki yirik pul miqdorida berish; • jismoniy shaxslarning shikastlangan banknotasini shu turdagi shikastlanmagan banknotaga almashtirib berish; • jismoniy shaxslarga bir xorijiy davlatning naqd valyutasini boshqa xorijiy davlatning naqd valyutasiga almashtirib berish; • O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasida qonun hujjatlarda belgilangan bojxona to‘lovlarini va yig‘imlarini qabul qilish. 6. “Hamkorbank” ATB ning yangi xizmat turlari va ularning qo’llanilish amaliyoti hamda xorijiy davlatlarning ayni shu tizimdagi ko’rsatkichlari bilan qiyosiy tahlilini amalga oshirish “Hamkorbank” ATB uzoq yillardan beri o’z mijozlariga qulayliklar yaratish maqsadida turli xil interaktiv xizmatlar turlarini takif qilib kelmoqda. Bular: Jismoniy shaxslar uchun "SMS Banking" - bank omonatchilari uchun omonat qoldiqlari va omonat hisob raqamlari orqali amalga oshirilgan operasiyalar to’g’risidagi ma'lumotni SMS orqali jo’natish tizimidir. Ushbu xizmat orqali har oyning ma'lum bir kunida omonatchi mobil telefoniga omonat qoldig’i haqidagi ma'lumot yuboriladi. Shuningdek, omonat hisob raqami orqali ihtiyoriy operasiyalar amalga oshirilganda, masalan, oylik foiz hisoblanganida, omonatdan pul olinganida, omonatga pul kelib tushganida o’sha kunning o’zida SMS-xabar omonatchiga yetkaziladi. Bu xizmatdan foydalanish bank tomonidan mutlaqo bepul amalga oshiriladi. Internet Banking" xizmati orqali mijoz o`z ish joyida yoki boshqa o`ziga qulay sharoitda ixtiyoriy bank amaliyotlarini bajarishi mumkin. Jismoniy shaxslar uchun "Internet Banking" (shaxsiy kabinet) xizmati-bank omonatchilari uchun omonat qoldiqlari va omonat hisob raqamlari orqali amalga oshirilgan operasiyalar to’g’risidagi ma'lumotni kuzatib borish hamda to’lovlarni amalga oshirish imkoniga ega. Mobile Banking “MKB Mobile” – tez va qulay “Hamkorbank” ATB tizimida jismoniy shaxslar uchun “Mobile Banking” xizmat turi ishga tushirildi. Bunda mijoz mobil telefon apparati orqali istalgan joydan o‘z hisob raqamini boshqarishi va nazorat qilishi mumkin. Tizim imkoniyatlari: uyali aloqa operatorlari va shahar telefoni xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish; internet provayderlar va raqamli televideniyelar xizmatlari uchun to‘lovlar; kommunal to‘lovlarini (elektr energiya, uztransgaz, toshissiqquvvat, suvsoz, maxsustrans) amalga oshirish; iste’mol va ipoteka kreditlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish; hisobraqamlar holatini ko‘rish va to‘ldirish; omonat qoldiqlari va unga hisoblanayotgan foizlar bo‘yicha ma’lumotlar olish; onlayn Smart Vista plastik karta qoldiqlari va uning aylanmalari bo‘yicha ma’lumotlar olish; byudjetga to'lovlar; mablag'larni kartadan kartaga kontaktsiz o'tkazish. Tizimni o’rnatish va foydalanish Jismoniy shaxslar masofadan xizmat ko‘rsatish tizimida quyidagi usulda foydalanishlari mumkin: tizimning “Mobile Banking” ilova dasturida ishlashi uchun internet tarmog‘iga ulanish imkonini beruvchi Android tizimida ishlovchi smartfon telefon apparati yordamida Play Market ilovalaridan “MKB Mobile" (logo belgisiga ega) yuklab olinadi. Xulosa. Amaliyoti bo’yicha shuni xulоsа qilish mumkinki, Bugungi kunda bank tizimi Respublikamiz iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan segmentlaridan biri bo’lib, sohadagi aktivlar, kapital darajasi, kredit qo’yilmalari va investitsion amaliyotlar hajmi kabi asosiy ko’rsatkichlarining o’sish sur’atlari buni yaqqol tasdiqlamoqda. Mamlakatimizda bank-moliya tizimini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilashga, shuningdek tijorat banklarining iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo’lishiga hamda ularning yirik investitsiya institutlariga aylanishiga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko’p jihatdan bank-moliya tizimining samarali faoliyatiga bog’liqdir. O’zbekiston bank tizimida olib borilayotgan izchil va maqsadli islohotlar uning nafaqat jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’siri va oqibatlaridan ishonchli tarzda himoyalanishiga, balki banklar faoliyatida muhim va sifat o’zgarishlarga erishish, iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmini kengaytirish hamda bank va moliya xizmatlarini ko’rsatish darajasini tubdan yaxshilash imkonini berdi. Mamlakatimiz bank tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, uning jahon moliya bozoridagi nufuzi ortib borishi, shuningdek mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo’lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, shuningdek, qator nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda. Shuni takidlash joizki, respublikamizda yirik banklarning kapitallashuv darajasini oshirish ko’pgina xorij mamlakatlari amaliyoti bo’yicha asosan banklarning likvidlik ko’rsatkichini saqlab turishga emas, balki banklarning investitsiyaviy faolligini kuchaytirishga, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarning ustuvor yo’nalishlarini qayta tiklash va kengaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini oshirish qaratildi. “Hamkorbank”ni yаnаdа rivоjlаntirish vа yаkuniy nаtijаlаrgа еrishish mаqsаdidа quyidаgi yо’nаlishlаrdа chоrа-tаdbirlаr аmаlgа оshirilib kеlinmоqdа: bank tomonidan kichik biznеs vа xususiy tаdbirkоrlik sub’еktlаrini mоliyаviy qо’llаb-quvvаtlаsh bо’yichа ishlаrni yаnаdа fаоllаshtirish; kо’rsаtilаyоtgаn bаnk xizmаtlаri turlаrini, raqamli bank xizmatlarini kо’pаytirish vа sifаtini yаnаdа yаxshilаsh, xususаn, bаnk infrаtuzilmаsini rivоjlаntirish, аyniqsа, qishlоq jоylаrdа аxbоrоt-kоmmunikаtsiyа tеxnоlоgiyаlаrini kеng qо’llаgаn hоldа mаsоfаdаn turib bаnk xizmаtlаrini kо’rsаtish kо’lаmlаrini yаnаdа kеngаytirish. Shuningdеk, umumiy xulоsа о‘rnidа shuni аlоhidа qаyd еtish lоzimki, ilmiy-tadqiqot ishimda tа’kidlаb о’tilgаn bаrchа mаsаlаlаr “Hamkorbank” tizimini аmаliyоti uchun kеlаjаkdа judа muhim аhаmiyаt kаsb еtishi rаvshаn hоdisа. Shundаy еkаn еndilikdа аynаn yangi raqamli bаnk xizmаtlаri joriy etilib, bаnklаr fаоliyаtining kеlаjаgini tаshkil еtuvchi tizimlаr sifаtidа kаttа sаhnаgа chiqqаndа ushbu yuqоridа bеrilgаn tаkliflаrning nаqаdаr аmаliyоtgа mоs kеlishini kuzаtishimiz mumkin bо‘lаdi. 1 Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 14-iyulda 2696-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan] Download 52.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling