"Hamkorbank" аtb passivlari operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko’rsatkichlarining dinamikasi va tahlili


-rasm. “Hamkorbank”ATB ning passivlari dinamikasi


Download 52.28 Kb.
bet2/7
Sana29.04.2023
Hajmi52.28 Kb.
#1401127
1   2   3   4   5   6   7
1-rasm. “Hamkorbank”ATB ning passivlari dinamikasi.
1-rasmda “Hamkorbank”ATB ning 2017-2020 yillar oralig’idagi passivlari dinamikasi ko’rsatilgan. Umumiy passivlar hajmi xususiy kapital va majburiyatlar hajmi yildan yilga oshgan, 2017 yil 1 333 645 114 ming so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2020 yilga kelib 4 barobarga oshgan va 5 571 529 073 ming so‘mga yetdi.
2.“Hamkorbank” АTB aktivlari tarkibi va ularning joylashishi hamda sifatining tahlili.
Aktivlar — kredit, mikroqarz, overdraft, lizing, faktoring, qimmatli qog‘ozlar, investitsiyalar, boshqa banklardagi mablag‘lar, hisoblangan foizsiz daromadlar, bankning boshqa xususiy mulklari, bo‘lib-bo‘lib to‘lash shaklida sotilgan mulklar, balansdan tashqari moddalar (chaqirib olinmaydigan kredit majburiyatlari, foydalanilmagan kredit liniyalari, akkreditivlar, kafolatlar) hamda hisoblangan foizlardan tashqari boshqa barcha talablar.
Bank aktivlarining tarkibi deyilganda bank balansining aktiv qismida joylashgan moddalarning sifat nuqtai nazaridan uning umumiy miqdoridagi ulushi tushuniladi.
Aktivlarning sifat darajasi bankning maqsadga muvofiq tarkibiy tuzilishi, aktiv operatsiyalarning diversifikasiyasi, riskli aktivlarning hajmi, riskli va to‘lasholmagan aktivlarning salmog‘i va ularning o‘zgaruvchanligi kabi xususiyatlari bilan baholanadi.
Tijorat banklarining aktivlari ularning balansida likvidlilik darajasiga ko‘ra aks ettiriladi.
Tijorat banklarining aktivlari likvidlilik darajasiga ko‘ra 4 yirik guruhga bo‘linadi:

kassali aktivlar;

kreditlar;

qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar;

bino-inshootlar va asbob uskunalar.
Kassali aktivlarga kuyidagilar kiradi:

Kassa;


Bankning Markaziy bankdagi «Nostro» vakillik hisobvarag‘i;

Bankning boshqa banklardagi «Nostro» vakillik hisobvaraqlarining qoldiqlari;

Inkassasiya jarayonidagi pul mablag‘lari.

Qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar:

hukumatning qimmatli qog‘ozlariga qilingan investisiyalar;

Korporativ qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar;

Banklarning qimmatli qog‘ozlariga qilingan investisiyalar.



Bank aktivlari – bankka tegishli hamda moddiy qiymatga ega bo‘lgan qiymatliklar, naqd mablag’lar, qarzga berilgan mablag’lar, binolar va asbob uskunalardan tashkil topadi. Bulardan tashqari bankda nomoddiy aktivlar ham mavjud bo’lib, bular o’zlarining moddiy shakliga ega bo’lmaydilar, ammo bankning asosiy faoliyatida faol ishtirok etadilar. Bank aktivlari tarkibining to’g’ri belgilab olinishi va ulardan maqsadli foydalanish banklarning samarali faoliyat olib borishiga asos hisoblanadi.
Tijorat banklarining aktivlari o’ziga xos belgilariga ko’ra likvidlilik va risk darajasiga qarab hamda daromad keltirishiga qarab bir necha guruhlarga bo’linadi.
Banklar amaliyotida aktivlar bank balansida likvidlilik darajasiga qarab aks ettiriladi va likvidlilik darajasiga qarab ular quyidagi 3 guruhga: yuqori likvidli aktivlar, likvidli aktivlar va nolikvid aktivlarga bo’linadi.
1 guruh – yuqori likvidli aktivlar. Bularga:

naqd pullar, sof quyma oltin, qimmatli toshlar, moneta, cheklar va boshqa pul hujjatlari;

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisob varag’idagi mablag’lar;

bankning boshqa banklarda ochilgan hisobvarag’idagi mablag’lar;

majburiy zaxira hisobvarag’i bo’yicha mablag’lar qoldig’i;

qisqa muddatli(7kungacha) banklararo kreditlar va depozitlar;

xalqaro reyting kompaniyalari yuqori baho bergan, risk darajasi past bo’lgan mamlakatlar transmilliy kompaniyalarining qimmatli qog’ozlari.

2 guruh – likvid aktivlar. Bularga:

berilgan kreditlar (jumladan, banklararo ham);

o’z investitsiyalari;

boshqa qimmatli qog’ozlar, muddati 30 kungacha bo’lgan debitorlar.



3 guruh – nolikvid (past likvidli) aktivlar. Bularga:
muddati o‘tgan ssudalar;

muddati o’tgan foizlar;

sud aralashuvi bilan o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan ssudalar;

tugallanmagan ishlab chiqarish;

asosiy vositalar kiradi.

Daromad keltirmaydigan aktivlar:
Pul mablag‘lari;

Boshqa banklardagi korschyotlardagi mablag‘;

Bino va inshootlar;

Nomaterial aktivlar;

Debitorlar;

Hisob-kitobdagi mablag‘lar;

Byudjet va nobyudjet fondlar mablag‘laridan foydalanish.

Daromad keltiradigan aktivlar:

Qisqa va uzoq muddatli ssudalar (aholiga,mijozlarga, boshqa banklarga);

Muddati o‘tib kelgan ssudalar bo‘yicha qarzlar va foizlar;

Faktoring, lizing, forfeyting,trast operatsiyalaridan olinadigan daromadlar;

Qimmatli qog‘ozlar operatsiyalaridan olinadigan daromadlar;Berilgan kafolat va topshiriqnomalar keltiradigan daromadlar.
Aktivlar sifatini Qarzdorlar quyidagi asosiy mezonlar bo‘yicha baholanadi:

tarmoq (iqtisodiyot sektori) tendensiyasi va istiqboli;

muayyan loyihaning texnik amalga oshiriluvi va iqtisodiy raqobatbardoshligi;

moliyaviy holati va kredit olishga qodirligi;

kredit tarixi, kredit ta’minotining yomonlashuvi yoki likvidliligining pasayishi;

muayyan loyihaning iqtisodiy jihatdan asoslanishi;

rahbarining boshqarish qobiliyati (agar qarzdor yuridik shaxs bo‘lsa).

Tijorat banklarining aktivlari sifatiga ko‘ra “standart”, “substandart”, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarga tasniflanadi.1
Tijorat banki zaxira kapitali tarkibida sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining bir foizi miqdorida standart aktivlarga yaratiladigan zaxira shakllantirishi lozim.
Tijorat banki sifati “substandart” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining o‘n foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim.
Tijorat banki sifati “qoniqarsiz” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining yigirma besh foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim.
Tijorat banki sifati “shubhali” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining ellik foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim.
Tijorat banki sifati “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining yuz foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim.
3-jadval
Hamkorbank” ATBning oxirgi yillardagi aktivlari tarkibi va miqdori (ming so’mda)













Download 52.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling