Hammaga omad) Moddalar almashinuvi bosqichlari


Glikoprotein va proteoglikanlar. Ularning karbonsuv qismlari haqida tushuncha


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/49
Sana17.06.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1520391
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49
Bog'liq
biokimyo javoblar

 
38.Glikoprotein va proteoglikanlar. Ularning karbonsuv qismlari haqida tushuncha.
Inson 
organizmida glyukoza, glikogenlar bilan bir qatorda uglevodoqsilli va uglevod-lipidli birikmalar 
uchrab, ularni glyukokonyugatlar deyiladi. Glyukokonyugatlar 3 ta gruppaga bo‘linadi: 1. 
Glikoproteinlar. 2. Proteoglikanlar. 3. Glikolipidlar.
Glikoproteinlar murakkab oqsil bo‘lib, taxminan 15% uglevod va 85% oqsildan tashkil topadi. 
Inson va hayvon organizmida bir qancha onlab glikoproteinlar uchrab, bular qatoriga a1-, a2- va 
gglobulinlar, transferin, seruloplazmin, fibrinogen, protrombin, qonning gruppa spetsifik moddasi
gipofiz gormonlari, bir nechta ferment va boshqalar kiradi. Glikoprotein molekulasi tashkil 
topishida polipeptid zanjiri a-spiral hosil qilib, uglevod qismi esa shu a-spiral atrofida ikkinchi 
spiral holatida oraladi. Glikoproteinlarni uglevod qismiga (tarkibiga) sial kilotasi, 
Natsetilgalaktozamin, galaktoza, mannoza, fruktoza, glyukozamin va boshqalar kiradi. 
Glikoproteinlar kollagen komplekslari, plazmatik membranalar tarkibida uchraylilar. Deyarli 
hamma glikoproteinlarni uglevod qismlarida sial kislotasi qatnashib, ular neyramin kislotasining 
unumi hisoblanadilar. Turli patologik holatlarda glikoproteinlarning biriktiruvchi to‘qima va 
boginlarning yuzasi zararlanganda, masalan, qattiq yalliglanishi va buzilishi roy berganda, 
to‘qimalar va qonda turli uglevodlar jumladan, sial kislotalarining miqdori oshadi. Sial 
kislotasining qondagi miqdorini aniqlash diagnostik ahamiyatga egadir. Normada (sog‘lom 
kishilarning qonida) sial kislotasining miqdori 55-79 mg% yoki 100195 shartli birlikka teng 
bo‘ladi.Xulosa qilib aytganda glikoproteinlar (va glikolipidlar) katta ahamiyatga ega va ular 
quyidagi vazifani o‘taydilar. Masalan: 1. Ular hujayra membranasida turli gormonlar, mediatorlar, 
viruslar, toksinlar va boshqa fiziologik faol moddalar uchun retseptorlik rolini bajaradilar.
glikoproteinlarning (hujayralarning) ozi tuzilishi va xossalariga ko‘ra gormon yoki fermentdir. 2. 
Hujayra yuzasida joylashgan glikoproteinlar hujayralarning ozaro bir-birlarini topish va immunitet 
holatini yuzaga kelishini ta’minlaydilar va ular hujayralararo kontakt hosil bo‘lishi va bir xil 
hujayralarni ozaro biriktiruvchi moddalardir. 3. Eritrotsitlar yuzasida joylashgan glikoproteinlar 
va glikolipidlar insonlarning qon gruppasi spetsifikligini yuzaga keltiradi va shuning uchun ularni 
spetsifik antigenlar deyiladi. Bunda qonning har bir 4 gruppasi (A, B, H, (O)) tarkibida spetsifik 
uglevodlar: N-atsetil-D-galaktozamin, N-atsetil-D-glyukozamin, Dgalaktoza, D-fukozalar bo‘lib, 
ularning miqdori har xil gruppada turlicha bo‘ladi. Qon gruppasining spetsifikligini yuqoridagi 
uglevodlar va ularning miqdori belgilaydi. 4. Bir qancha glikoproteinlar mexanik vazifa bajarib, 
organlarni va suyuqliklarni harakatini osonlashtiradi. Bularga boginlardagi sinovial suyuqliklar, 


29 
oshqozon va ichak mutsinlari va boshqalar misol bo‘ladi. 5. Glikoproteinlar tayanch va muhofaza 
vazifani o‘taydilar.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling