Hammaga omad) Moddalar almashinuvi bosqichlari


 Membrananing umumiy tomonlari , kondalang assimetriya,suyuqlik holati va tanlab


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/49
Sana17.06.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1520391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
biokimyo javoblar

9. Membrananing umumiy tomonlari , kondalang assimetriya,suyuqlik holati va tanlab 
o’tqazishi.
Biomembranalar tuzilishini tasvirlovchi bir necha xil modellar tavsiya etilgan: 
Birinchi model Daniyel va Davson (1931) taklif etgan «buterbrod» modelidir; unga ko'ra 
membrana lipid qo'shqavatidan tarkib topgan boiib, lipidlar gidrofob qismi membrana o‘rtasida, 
oqsil qismlari esa lipid qavatning har ikki tomoniga joylashgan. Ikkinchi model bo'yicha 
lipidlarning gidrofob dum qismi va oqsillar gilam iplari kabi bir-biri bilan chirmashib ketgan va 
ulaming turg'unligi elektrostatik kuch hisobiga emas, balki gidrofob bog'lar evaziga ta’minlanadi. 
Uchinchi xil model bo'yicha («mozaik») membranalar oqsil molekulalaridan tarkib topgan bo'lib, 
ulaming orasidagi bo'shliqlar lipidlar bilan qoplangan. Membranalarning umumiy xossalariga 
suyuqlik tabiati, ko'ndalang asimmetriyasi, moddalami tanlab o'tkazishi kiradi. Lipid qo‘shqavati 
suyuq kristallik tuzilishiga egadir. Lipid molekulalari qavat doirasida membrana yuzasiga parallel 
ravishda diffuziyalanish xossasiga ega (lateral diffuziya). Oqsil molekulalari ham lipid qavatida 
gg'yo suzib yuradi. Membranalarda ko'ndalang diffuziya cheklangan holda sodir bo'ladi. 
Membranalaming ikkinchi umumiy xossasi komponentlarining asimmetrik joylashishidir. 
Jumladan periferik va integral oqsillar o'zaro asimmetrik joylashgan. Plazmatik membrananing 
ichki yuzasida asosan fermentlar joylashgan bo'lsa, membrana sirtida hujayraning boshqa 
hujayralar bilan aloqasini ta’minlovchi, tashqi signallami qabul qiluvchi oqsillar joylashgan, faqat 
oqsillar emas balki fosfolipidlar molekulasi ham asimmetrik joylashgan. Membranalaming 
uchinchi muhim xususiyati - moddalami tanlab o'tkazishidir. 
10.Moddalarni biologic membrane orqali tashib o’tilish yo’llari. 
Membranalar orqali moddalar o'tishining uchta usuli - oddiy diffuziya, yengillashgan diffuziya va 
faol transport usullari tafovut qilinadi. Oddiy diffuziya. H20, C02, 02 tipidagi kichik neytral 
molekulalar, shuningdek past molekulali gidrofob organik moddalar konsentratsiyasi ko'p 
tomondan konsenratsiyasi past tomonga o'tadi. Oddiy diffuziya yo'li bilan o'tadi, oddiy diffuziya 
usuli deb shunga aytiladi. Yengillashgan diffuziyada ham moddalar konsentratsiya gradiyenti 
tufayli, ammo maxsus membrana tashuvchi oqsillari (translokaza, permeaza) yordamida 
membranalardan o‘tadi. Bu oqsillarning omi gidrofil moddalami membrananing gidrofob qatlami 
orqali o'tkazib berishidan iborat. Bu jarayonning mexanizmi ko'rsatilgan. Aktiv transport. Bu 
jarayonda oddiy va yengillashgan difluziyadan farqli ravishda moddalar konsentratsiyasi past 
tomondan konsentratsiyasi yuqori tomonga ATF energiyasi sarflanishi hisobiga tashib o‘tiladi. 
Masalan: ko‘pgina mineral moddalar hujayralararo suyuqlikdan hujayraga yoki teskari tomonga 
o'tishi, aminokislotalaming ichak bo‘shlig‘idan ichak hujayralariga o'tishi, glyukozaning birlamchi 



siydikdan buyrak kanalchalari hujayralari orqali qonga o‘tishi. Aktiv transportning ikki xili 
tafovut qilinadi. Moddaning tashilishida energiya manbai ATF gidrolizida ajralgan energiya 
bo'lsa, birlamchi faol transport deyiladi; o‘z konsentratsiyasi gradiyenti bo'yicha harakatlanib 
borayotgan modda yo'l-yo'lakay (bir yola) boshqa bir moddaning konsentratsiya gradiyentiga 
qarshi tomonga olib o'tishi - ikkilamchi faol transport deyiladi. Ca-ATF-aza - ko'pgina 
hujayralarninig membranalarida Ca+ ionlami ATF energiyasi hisobiga konsentratsiya gradiyenti 
qarshisiga olib o'tadigan Ca-ATF-aza mavjud. Sarko'plazmatik retikulumda CaATF-aza 
membrananing barcha oqsillarining yarmidan ko'ra ko'prog'ini tashkil etadi, u muskul tolasi 
qisqarishi - bo'shashuvi siklini idora etib turadigan mexanizmining bir qismidir. H+-ATF-azalar, 
vodorod ionlarini membrana orqali haydab o'tkazib beradi. Ayni vaqtda protonlar 
konsentratsiyalari farqi (Ph - farqi) ham, elektr potensiallari farqi ham yuzaga keladi. Ular jam 
bo‘lib proton elektrokimyoviy potensialini hosil qiladi. H+-ATF-aza ishi hisobiga hujayraning 
ba’zi bo‘limlarida kislotali muhit yuzaga keladi (masalan: lizosomalarda, buyrak usti bezlari miya 
qismida xromofin hujayralarning sekretor granulalarida). ATF-azaga 3 ta Na+ionlari birikishi 
fermentni faollashtiradi va u ATFning parchalanishini katalizlaydi. Shu bilan birga fosfat qoldig'i 
ATF-azaga birikadi. Natijada ferment konformatsiyasi o'zgaradi: ion kanali membrananing ichki 
tomonidan yopilib tashqi tomondan ochiladi. Simport va antiport. Moddalar boshqa modda 
konsentratsiyasi gradiyentining energiyasi hisobiga membrana orqali faol ravishda o'tib turishi 
mumkin. Bu holda ulaming tashuvchisi shu ikkala moddani biriktirib oladigan maxsus 
markazlarga ega bo'ladi. Agar «X» modda konsentratsiyasi tashqarida ichkaridagidan ko'ra katta 
bo'lsa, bu modda yengillashgan difluziya yo'li bilan o'tib borishi mumkin. Tashuvchida bir yo'la 
«X» modda bilan o'tib boradigan «Y» modda uchun ham biriktirish markazi bo'ladi («simport»), 
shu bilan birga «Y» modda o'z konsentratsiyasi gradiyentining teskarisiga qarab tashilishi ham 
mumkin. Moddalaming o'z konsentratsiyasi gradiyentiga qarshi, boshqa moddani uning o'z 
koiisentratsiyasi gradiyenti bo'ylab qilayotgan harakatiga teskari yo'nalishida o'tib borishi - 
antiport ham xuddi shunga o'xshash taizda yuzaga keladi. Endotsitoz hujayralarning juda keng 
tarqalgan funksiyasi bo'lib, ular membrana pufakchalari hosil qilish yo'li bilan hujayraga muhitdan 
plazmatik membrana qismi bilan birga moddalaroi olib o'tkazishdan iborat. Erigan moddalar ham 
(erituvchining tomchilari bilan biiga), erimaydigan moddalar (zarrachalar) ham hujayralarga ana 
shu yo‘l bilan o'tadi. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling