Hamroqulov xushbaxt sadriddinovich xalqaro moliya munosabatlari barqarorligini


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana03.05.2020
Hajmi1.17 Mb.
#103121
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
д Hamroqulov X Халкаро молия муносабатлари



 
 
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 
 
MAGISTRATURA BO’LIMI 
 
 
Qoʻlyozma huquqida 
UDK: 330.3 
 
 
 
HAMROQULOV XUSHBAXT SADRIDDINOVICH 
 
XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARI BARQARORLIGINI 
TA’MINLASHDA VALYUTA SIYOSATINING O’RNI  
 
 
 
 
Mutaxassislik: 5A230604-«Xalqaro moliya» 
 
Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan 
 
 
 
 
DISSERTATSIYA 
 
 
 
Ilmiy rahbar: 
 
 
 
 
prof. Haydarov N. 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT-2019 
 


 
 
MUNDARIJA: 
 
 
КIRISH............................................................................................ 

I BOB

IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHIDA TASHQI 
IQTISODIY ALOQALARNING HAMDA XALQARO 
MOLIYA MUNOSABATLARINING ROLI VA 
AHAMIYATI………………………………………………..……
 

1.1. 
Xalqaro moliya munosabatlari va tashqi iqtisodiy faoliyat 
muammolari………….…………………………………………... 

1.2. 
Milliy iqtisodiyot va xalqaro moliya munosabatlari …………… 
16 
1.3. 
Xalqaro moliya munosabatlarini erkinlashtirishning huquqiy 
asoslari …….…………………………………………………….. 
23 
 
I bob bo‘yicha xulosa........................................................................ 
28 
II BOB.
 
VALYUTA SIYOSATI, VALYUTA TIZIMI, VALYUTA 
BOZORI VA VALYUTA OPERATSIYALARINING 
XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARIDAGI 
O’RNI………………………………………………………….…..
 
33 
2.1. 
Valyuta siyosatining iqtisodiy mazmuni va uning asosiy 
shakllaridan pul muomalasini tartibga solishda foydalanish …. 
33 
2.2. 
Xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta tizimi, jahon valyuta 
tizimining rivojlanish bosqichlari ……………………………..… 
42 
2.3. 
Valyuta bozori va valyuta operatsiyalarining mohiyati, mazmuni 
va iqtisodiyotda tutgan o‘rni …………………………………….. 
55 
2.4. 
Xalqaro moliya munosabatlarida valyuta riskini boshqarish …… 
68 
 
II bob bo‘yicha xulosa...................................................................... 
75 
III BOB.
 
XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARIDA MAMLAKAT 
VALYUTA SIYOSATINING AHAMIYATI VA 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING  XALQARO 
MOLIYA  MUNOSABATLARIDAGI ISHTIROKI ………….. 
77 
3.1. 
O‘zbekiston  respublikasi  valyuta  siyosatining  asosiy  jihatlari, 
valyuta siyosati doirasidagi amalga oshirilgan ishlar tahlili ……… 
77 
3.2. 
O`zbekiston Respublikasi — xalqaro moliya munosabatlarning 
faol ishtirokchisi …………………………………..……………... 
92 
 
III bob bo‘yicha xulosa..................................................................... 
96 
 
XULOSA VA TAKLIFLAR...................................................…… 
99 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………….. 
107 


 
 
KIRISH 
Mavzuning  asoslanishi  va  uning  dolzarbligi.  Har  qanday  mamlakatda 
valyuta muomalasining haddan ziyod ma‘muriy tartibga solinishi alohida tarmoqlar 
va  xo‘jalik  yurituvchi  sub‘ektlar  uchun  imtiyoz  hamda  preferentsiyalarning 
kamsamarali  tizimini  asossiz  ravishda  shakllantirishga  yo‘l  ochadi.  Biznes 
yuritishda  teng  bo‘lmagan  shart-sharoitlar  vujudga  kelishi  esa  raqobatning  bozor 
tamoyillari  buzilishiga  olib  keladi.  Xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish,  tovarlar  va 
xizmatlar eksportini oshirish, umuman, mamlakat iqtisodiy rivojlanishida to‘sqinlik 
qiluvchi  omilga  aylanadi.  Bunday  holat  respublikamiz  uchun  ham  yot  emas  edi. 
Lekin  hozirgi  kunda  valyuta  siyosati  hamda  tashqi  savdo  faoliyati  sohasini 
takomillashtirish  bo‘yicha  ko‘rilayotgan  chora-tadbirlarni  alohida  e‘tirof  etish  joiz. 
Aytish kerakki, davlatimiz  rahbarining  2017  yil  2  sentyabrdagi  ―Valyuta  siyosatini 
liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida‖
1
gi Farmoni 
bunda  dasturilamal  bo‘lib  xizmat  qilayapti.  Avvalo,  mazkur  hujjat  2017  —  2021 
yillarda  O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi 
bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasiga  muvofiq  va  valyuta  sohasini  tartibga  solishning 
bozor  mexanizmlarini  joriy  etish,  respublika  eksport  salohiyatini  yuksaltirishni 
rag‘batlantirish,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xorijiy  investitsiyalarni  faol  jalb  qilish,  mahalliy 
ishlab  chiqaruvchilarning  bozorlardagi  raqobatdoshligini  oshirish,  mamlakatimizda 
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida qabul qilinganini ta‘kidlash o‘rinlidir. 
Farmon  kuchga  kirgach, uning tub  mohiyatiga  tushunib  yetmagan  odamlar  orasida 
―Endi hamma narsa qimmat bo‘larkan‖, ―AQSh dollarining kursi oshadimi?‖, ―Yana 
almashtirish  shoxobchalarida  navbatlar  ko‘payadi‖,  ―Qora  bozor  yo‘q  bo‘ladimi, 
bundan  oddiy  aholi  zarar  ko‘rmaydimi?‖,  ―Milliy  valyutamizning  taqdiri  nima 
bo‘ladi?‖ degan turli mish-mishlaru taxminlar tug‘ildi.  
 
                                                           
1
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.09.2017 yil ―Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha 
birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‗g‗risida‖ gi PF-5177-sonli Farmoni. Ushbu Farmon ―Xalq so‘zi‖ gazetasining 
2017-yil 5-sentabrdagi 176 (6870)-sonida e‘lon qilingan. 
 


 
 
Lekin  ularning  barchasi  haqiqatdan  ancha  yiroq  gap-so‘zlar  edi.  Sababi, 
Markaziy  bank  2017  yil  4  sentyabrda  AQSh  dollarining  bozor  mexanizmlariga 
muvofiq  shakllantirilgan  rasmiy  kursini  o‘rnatdi.  Bunda  nimaga  tayanildi?  Bozor 
kursi  talab  hamda  taklif  mutanosibligidan  kelib  chiqadi.  Shu  bois  bozor  to‘laqonli 
ishlay  boshlaganidan  keyingina  bozor  kursi  qanday  bo‘lishi  aytilishi  lozim.  Endi 
Markaziy  bank  tomonidan,  avvalgidek,  maqsadli  devalvatsiyaning  amalga 
oshirilishi siyosati bir oz o‘zgaradi. Natijada, asosan, eng yirik bitimlar tuziladigan 
birja  va  banklardagi  oldi-sotdi  kurslari  asos  qilib  olingan  holda,  bozor 
mexanizmidagi  real  talab  hamda  taklifdan  kelib  chiqilgan  kurs  belgilanadi.  Bunda 
dastlabki  oylarda  xorijiy  valyutaga  nisbatan  talab  foydasini  to‘liq  repatriatsiya  qila 
olmayotgan  tashkilotlar  hisobiga  yuqori  bo‘lishi  kutiladi.  Bu  —  kurs  oshishi 
mumkin,  degani.  Biroq  agar  xorijiy  valyutaga  bo‘lgan  talab  yetarlicha  taklif  bilan 
qondirilsa,  ozgina  vaqt  o‘tib,  o‘z-o‘zidan  tabiiy,  bozor  mexanizmiga  asoslangan 
barqaror  bozor  kursi  amal  qila  boshlaydi.  Bozor  kursi  yaxshigina  tebranishi  ham 
mumkin. Chunki talab va taklif turli omillar ta‘sirida o‘zgarishdan xoli emas. Talab 
hamda  taklif  mutanosibligi  o‘zgarishiga  qarab  esa  kurs  tebranadi.  Markaziy  bank 
faqatgina  keskin  tebranishlar  bo‘lmasligi  uchun  aralashishi  mumkin.  Yana  bir 
e‘tiborli  holat.  Markaziy  bank  2017  yil  5  sentyabrdan  boshlab  chet  el 
valyutalarining  so‘mga  nisbatan  kursini  belgilashda  Qozog‘iston,  Qirg‘iziston,  -
Tojikiston,  Turkmaniston  va  hatto,  Afg‘oniston  milliy  valyutalarini  ham  kiritdi. 
Ilgari  mazkur  valyutalarning  so‘mga  nisbatan  rasmiy  kursi  belgilanmas,  hatto, 
ularda  eksport-import  shartnomalari  tuzilishiga  ham  yo‘l  qo‘yilmasdi.  Bu  bir 
qarashda juda arzimas holatdek tuyulishi mumkin. Biroq buning negizida juda katta 
ramziy  ma‘no  hamda  ishoralar  bor.  Ya‘ni  shu  orqali  qo‘shni  mamlakatlar  bilan 
savdo-sotiq munosabatlari rivojlanadi. 
Tadqiqot  ob’ekti  va  predmeti.  Ushbu  tadqiqotimizning  ob‘ekti  bo‘lib 
valyuta  siyosati  va  valyuta  bozori  hisoblanadi.  Tadqiqot  predmeti  bo‘lib  esa 
O‘zbekiston  Respublikasida  valyuta  siyosatini  olib  borishda  yuzaga  keladigan 
moliya munosabatlari hisoblanadi. 


 
 
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Mamlakatimizning keyingi besh yillik 
istiqboli  aks  etgan  ―Harakatlar  strategiyasi‖  da  belgilangan  vazifalar  bugun 
amaliyotda  o‘z  isbоtini  topmoqda.  Shundan  kelib  chiqib  xalqaro  moliya 
munosabatlari  barqarorligini  ta‘minlashda  valyuta  siyosatini  oqilona  olib  boorish 
yuzasidan  ilmiy  asoslangan  tavsiyalar  ishlab  chiqish  hamda  amaliy  takliflar  berish 
tadqiqotning asosiy maqsadini tashkil qiladi. 
Magistrlik  dissertatsiya  ishimizning  asosiy  maqsadlaridan  kelib  chiqib, 
quyidagi vazifalar qo‘yilgan: 
- Mamlakat eksport salohiyatini oshirish; 
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish; 
- Tovarlar va xizmatlar eksportini oshirish; 
- Valyuta yetishmovchiligi xatarining oldini olish 
- Ishlab chiqaruvchilarning tashqi hamda ichki bozorda raqobatdoshligini oshirish
- Respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash; 
-  Valyuta  bozorida  barcha  xo‘jalik  yurituvchi  sub‘ektlar  uchun  teng  raqobat 
sharoitlarini yaratish; 
 Ayniqsa,  iqtisodiyotni  yanada  rivojlantirish  va  liberallashtirish  yo‘nalishida 
ko‘rsatilgan  chora-tadbirlarni  ro‘yobga  chiqarish  uchun  milliy  valyuta  hamda 
narxlarning barqarorligini ta‘minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor 
mexanizmlarini  bosqichma-bosqich  joriy  qilish  kabi  ustuvor  vazifalarga  e‘tibor 
qaratilgan. 
Ilmiy  yangiligi.  Xalqaro  moliya  munosabatlari  barqarorligini  ta‘minlashda 
valyuta  siyosatini  yanada  liberallashtirishni  takomillashtirishga  qaratilgan  ilmiy 
taklif va amaliy tavsiyalarning ishlab chiqish bilan belgilanishi ko‘zda tutilgan.  
Magistrlik  dissertatsiyasi  tadqiqotining  ilmiy  yangiligi  quyidagi  natijalar 
orqali namoyon bo‘lishi mumkin: 
-  Respublikada  investitsiya  va  ishbilarmonlik  muhitini  yaxshilashga,  mamlakat 
eksport  salohiyatini  oshirishga,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xorijiy  investitsiyalarni  faol  jalb 
etishga qaratilgan ilmiy takliflar tayyorlash; 


 
 
-  O‘zbekiston  banklarining  kapitali,  yuqori  valyuta  kredit  portfeli  ko‘rsatkichlari 
tufayli  so‘mning  devalvatsiyasi  salbiy  oqibatlardan  himoyalanganligini  ilmiy 
asoslab berish; 
-  Ishlab  chiqaruvchilarning  tashqi  hamda  ichki  bozorda  raqobatdoshligini  oshirish, 
valyuta  bozorida  barcha  xo‘jalik  yurituvchi  sub‘ektlar  uchun  teng  raqobat 
sharoitlarini  yaratish  tizimini  samarali  tashkil  etish  mexanizmini  takomillashtirish 
yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish kabilarda bo‘lishi ko‘zda 
tutiladi. 
Tadqiqotning  asosiy  masalalari  va  farazlari.  Tadqiqotning  aosiy  masalasi 
bu 
xalqaro  moliya  munosabatlarida  mamlakat  valyuta  siyosatining  ahamiyati  va 
O`zbekiston  Respublikasining  xalqaro  moliya  munosabatlaridagi  ishtirokini 
o‘rganish hisoblanadi. 
Tadqiqot  mavzusi  bo’yicha  adabiyotlar  sharhi  (tahlili).
 
Xalqaro  moliya 
munosabatlarida  mamlakat  valyuta  siyosatining  ahamiyatining  nazariy  va  amaliy 
jihatlarini  xorijlik  iqtisodchi  olimlar  Antonov  V.A.,  Barinov  E.A.,  Baguslovskiy 
M.M., Burxanov U., Bunkina M.K.
2
 o‘zlarining ilmiy ishlarida keng yoritganlar. 
O‘zimizdan ushbu  mavzuga  oid ilmiy  tadqiqot namunalarini  Ataniyazov J.X., 
Alimardonov  E.D.,    Xakimova  M.,  Xujaev  X.,  Maxmudov  B.
3
kabi  olimlarning 
nashr 
etgan 
ilmiy 
adabiyotlari, 
ilmiy 
ishlari 
va 
himoya 
qilingan 
dissertatsiyalarida ko‘rish mumkin. 
Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi. Magistrlik dissertatsiya ishini 
yozishda guruhlash, qiyosiy va solishtirma tahlil, tarkibiy tahlil, korrelyatsion tahlil 
kabi usullardan foydalanildi. 
                                                           
2
  Antonov  V.A.  Mirovaya  valyutnaya  sistema  i  mejdunarodnie  rascheti.  M.:  TEIS.  2000.  Barinov  E.A.  Valyutno 
kreditnie otnosheniya vo vneshney torgovle. M.: Federativ. Knigotorg. Komp. 1998. Baguslovskiy M.M. Inostrannie 
investitsii  pravovoe  regulirovanie.  M.:  1996.  Burxanov  U.,  Xoshimov  K.  Nalogovoe  regulirovanie 
vneshneekonomicheskix svyazey. Sushchnost i razvitie mejdunarodnix nalogovix otnosheniy. M.: Aspirant isoiskatel. 
JVel.  2002.Bunkina  M.K.  Dengi,  banki,  valyuta.  Moskva.:  Nezavisimiy  institut  Rossiyskogo  predprini-matelstva. 
1993. Borisov S.M. Azbuka obratimosti ili chto nado znat o konvertiruemosti valyut. M.: Nauka. 1999.
  
    
3
  Ataniyazov  J.X.,  Alimardonov  E.  Xalqaro  moliya  munosabatlari.  Toshkent  2014.,  Xakimova  M.,  Xujaev  X., 
Maxmudov B. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T.: O‘qituvchi. 1997. 
 


 
 
Tadqiqot  natijalarining  nazariy  va  amaliy  ahamiyati.  Magistrlik 
dissertatsiyasida  ishlab  chiqilgan  ilmiy  taklif  va  amaliy  tavsiyalar 
xalqaro  moliya 
munosabatlari 
barqarorligini 
ta‘minlashda 
valyuta 
siyosatining 
o‘rnini 
kengaytirishda qo‘llanishi mumkin.   Shuningdek, ishda tayyorlangan materiallardan 
keyinchalik  oliy  o‘quv  yurtlarida  ―Xalqaro  moliya‖,  ―Moliya‖,  ―Pul,  kredit  va 
banklar‖ kabi kurslarning o‘quv dasturini takomillashtirish va o‘qitishda foydalanish 
mumkin. 
Ish  tuzulmasining  tavsifi.  Dissertatsiya  kirish  qismi,  uchta  bob,  xulosa  va 
takliflar  hamda  foydalanilgan  adabiyotlar  ro‘yxatidan  iborat  va  uning  hajmi 
belgilangan doirada bo‘ladi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
I-BOB. IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHIDA TASHQI IQTISODIY 
ALOQALARNING HAMDA XALQARO MOLIYA 
MUNOSABATLARINING ROLI VA AHAMIYATI 
 
1.1. Xalqaro moliya munosabatlari va tashqi iqtisodiy faoliyat muammolari  
XX  asrning  so‘nggi  yillarida  sobiq  Ittifoqning  parchalanishi,  mamlakatlar 
o‘rtasida  iqtisodiy  va  siyosiy  aloqalarning  sifat  jihatdan  yangi  bosqichga  chiqishi, 
milliy xo‘jalik aloqalarining integratsiyalashuvi bilan, globalizatsiya jarayonlarining 
jadallashuvi  yuz  berdi.  Globalizatsiya  natijasida  jahon  xo‘jaligining  tarkibiy 
qismiga  aylanib  borayotgan  mamlaqatlaming  soni  ortib  bormoqda.  Bu  milliy 
darajadagi huquqiy, iqtisodiy hamda texnologik to‘siqlar yo‘qolishiga, uning o‘rniga 
xalqaro  iqtisodiy  xo‘jalikning  umumiy  iqtisodiy  qonuniyatlari  va  xalqaro 
xo‘jalikning funktsional aloqalarini tadbiq etilishiga olib kelmoqda. 
Mamlakatlar  hayotidagi  globalizatsiya  -  iqtisodiy  munosabatlardagi  tovarlar, 
xizmatlar,  kapital  hamda  fond  bozorlaridagi  savdo  va  siyosatga  doir  tartiblarning 
tobora  erkinlashuvi  orqali  namoyon  bo‘lmoqda.  Tashqi  savdo  aloqalari 
erkinlashtirilayotgan mamlakatlar soni yil sayin ortib bormoqda.
4
 
Jahon  iqtisodiy  va  moliyaviy  muhitining  shakllanishiga  ta‘sir  etgan  sezilarli 
o‘zgarishlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
1) 1957  yili  Londonda  Britaniya  hukumatining  funt  sterling  ustidan  nazorat 
o‘rnatishiga javob tariqasida evrodollar bozorining yuzaga kelishi; 
2) 1958  yilda  dastlab,  "Umumiy  bozor"  deb  atalgan  Yevropa  Iqtisodiy 
Hamkorligi (EIH) - hozirgi Yevropa Ittifoqining (EI) tashkil topishi
3) Amerika  korporatsiyalari  xorijiy  faoliyatlarini  kengaytirishga  intilishi 
(1950  yillardan  boshlab).  Jahon  bozorida  Yevropa  va  Yaponiya  korporatsiyalari 
faoliyatining  sezilarli  o‘sishi,  shuningdek,  xalqaro  maydonda  Amerika 
korporatsiyalari bilan ushbu mamlakatlar o‘rtasida raqobatning kuchayishi; 
                                                           
4
 Ataniyazov J.X., Alimardonov E. Xalqaro moliya munosabatlari. Toshkent 2014., Xakimova M., Xujaev X., 
Maxmudov B. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T .: O‘qituvchi. 1997. 


 
 
4) O‘tgan  asrning  60-yillarida  Yaponiya  iqtisodiyotini  tez  sur‘atlar  bilan 
o‘sishi, Uzoq Sharq biznes faoliyatida yangi imkoniyatlarning ortishi
5)  1971-1973  yillarda  Brettonvud  tizimini  qo‘llashiga  olib  kelgan  jahon 
moliya  inqirozlari,  valyutaning  belgilangan  kursi  tizimidan,  suzuvchi  valyuta 
kurslariga o‘tish; 
6)  1971-1979  yillardagi  birinchi  va  ikkinchi  neft  inqirozlari  jahon  iqtisodiy 
tizimiga  bosim  o‘tkazishi.  Ushbu  sanalarda  neft  eksport  qiluvchi  mamlakatlar 
tashkiloti (OPEK) neft narxini sezilarli darajada oshirshi; 
7)  Rivojlanayotgan  mamlaqatlaming  1982  yilda  tashqi  qarzlarga  xizmat 
ko‘rsatishi bilan bog‘liq jahon qarzdorlik inqirozining boshlanishi; 
8) 1980 yillarda Yaponiyaning xalqaro moliyaviy kuch va jahon kapitalining 
manbasi sifatida yetakchi mamlakatga aylanishi; 
9) 1987  yilda  ettita  mamlakatning  ("Katta  ettilik")  Parijda  Luvr  bitimini 
imzolashi.  Ular  o‘z  valyuta  kurslarining  dollarga  nisbatan  tor  tebranish  doirasida 
sun‘iy  ravishda  almashtirish  orqali,  kuchsizlanib      borayotgan      dollami      qo‘llab-
quvvatlashni      rejalashtirdilar.      Shuningdek,  ushbu  mamlakatlar  kelishilgan 
iqtisodiy siyosat yuritishni mo‘ljalladilar; 
10)  1987  yilda  EIH  yagona  Yevropa  aktini  qabul  qilish  orqali  1992  yilda 
yaxlit  Yevropa  bozorini  tashkil  qilishni  rejalashtirilishi.  Bunda,  mazkur 
tashkilotning G‘arbiy Yevropa moliyaviy  va iqtisodiy holatiga sezilarli ta‘sir etishi 
kutildi; 
11)  1989-1992 
yillarda 
Sharqiy 
Yevropa 
mamlakatlari 
o‘z 
siyosiy 
yo‘nalishlarini  o‘zgartirishi.  Ulaming  kommunistik  dunyoqarashdan  ko‘p 
partiyaviylikka,  markazdan  rejalashtiriladigan  iqtisodiyotdan  erkin  bozor 
iqtisodiyotiga  o‘tishi,  jahondagi  siyosiy,  iqtisodiy  va  moliyaviy  holatga chuqur 
ta‘sir etdi; 
12) 1992  yildan  keyin  yaxlit  Yevropa  bozorining  yuzaga  kelishi,  1993  yil 
noyabr  oyidan  erkin  savdo  bo‘yicha  Shimoliy  Amerika  bitimining  kuchga  kirishi, 
1993  yilda  Osiyo-tinch  okeani  iqtisodiy  hamkorligi  konferentsiyasi  va  boshqa 

10 
 
 
jarayonlar, o‘tgan asrning 90-yillarida hududiy rivojlanishni jadallashtirdi. 
XXI  asr  bo‘sag‘asida  jahon  iqtisodiyotida  to‘rtta  asosiy  tarkibiy  an‘ana 
kuzatildi: 
birinchidan,  xom-ashyo  eksportiga  asoslangan  hamda  sanoati  rivojlangan 
mamlakatlar  o‘rtasidagi  munosabatlardagi  o‘zgarishlar.  Xom-ashyo  yetkazib 
beruvchi  mamlakatlar  va  sanoati  rivojlangan  mamlakatlar  o‘rtasida  an‘anaviy 
iqtisodiy aloqalar mavjud bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlar modeli quyidagicha 
edi: xom-ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar, xom-ashyoni eksport qilib, olingan 
valyuta tushumlaridan sanoat mahsulotlari importini moliyalashtirganlar. 
O‘tgan asrning 70-yillarida "Rim klubi" nomi bilan mashhur G‘arbiy Yevropa 
olimlari"  dunyo  miqyosida  tez  orada  tabiiy  resurslarning  global  taqchilligi  yuzaga 
keladi"
5
, deb bashorat qilgan edilar. 
Ushbu  mulohazalarga  asoslanib  ko‘pgina  xom-ashyo  yetkazib  beruvchi 
mamlakatlar  xom-ashyo  sotish  evaziga  valyuta  tushumini  oshirish  maqsadida 
kartellarga birlashdilar. Ammo, sanoat texnologiyasi va qishloq xo‘jalik sohasining 
keskin  rivojlanishi,  xom-ashyoga  bo‘lgan  talabning  qisqarishiga  ta‘sir  ko‘rsatdi  va 
natijada xom-ashyo bahosining pasayishi yuz berdi. 
ikkinchidan,  sanoati  rivojlangan  mamlakatlarda  qo‘l  mehnatiga  asoslangan 
ishlab chiqarishdan, bilim va malakaga asoslangan ishlab chiqarishga o‘tildi. 
Jahon  iqtisodiy  tuzilmasidagi  ushbu  o‘zgarishlar  natijasida  bandlik  tarkibida 
yuqori  malaka  talab  qiluvchi  mutaxassislarga  ehtiyoj  ortib,  nisbatan  past  malakali 
mutaxassislarga talab pasayib bordi. Axborot almashuvining osonligi  - tadbirkorlik 
faoliyatini, kichik biznes va shaxsiy tashabbusni rag‘batlantirdi. 
Ilmiy-texnika  progressi  yutuqlaridan  foydalanish,  bilimni  va  yuqori  malakani 
talab  qildi,  shuning  uchun  ishlab  chiqarish  samaradorligi  va  raqobatbardoshlikni 
oshirish uchun, inson kapitaliga investitsiya qilish muhimligi ortdi. 
uchinchidan,  jahon  savdosida  xalqaro  kapital  harakatining  sezilarli  darajada 
                                                           
4
 Аурелио Печчеи. Глава 4, пункт 4 // Человеческие качества. — М.: «Прогресс», 1985. — 312 с.  
A. Peccei. The Human Quality. — Oxford; New York: «Pergamon Press», 1977.
 

11 
 
 
ortishi. Ushbu o‘zgarish xalqaro savdoga nisbatan xalqaro kapital harakatining tez 
sur‘atda o‘sishi bilan yuz berdi.  
to‘rtinchidan,  transmilliy  korporatsiyalar  (TMK)ning  qo‘shma  korxonalarni 
tashkil etish uchun xalqaro investitsiyalari va hamkorlik bitimlarida diversiflkatsiya 
darajasining ortishi. 
Bunda  asosiy  o‘zgarish  sifatida  TMKlar  va  ularning  turli  mamlakatlarda 
qo‘shma korxonalari sonining o‘sib borishini ko‘rsatish mumkin. 
TMKlar  o‘zlarining  tashkiliy,  ishlab  chiqarish  va  marketing  tizimlarini  chet 
mamlakatlar  hududlariga  yoyib,  shu  yo‘l  bilan  tovar,  xizmat,  kapital  va 
texnologiyalarini  ishlab  chiqarishga  jalb  etib,  ushbu  mamlakatlar  o‘rtasidagi 
o‘zaro 
harakatlarga 
ta‘sir 
etdi. 
Qo‘shma 
korxonalar 
xalqaro 
biznes 
integratsiyasining keng tarqalgan shakliga aylandi. 
Shuningdek,  jahon  iqtisodiyotining  integratsiyalashuv  jarayonlarida  xalqaro 
tashkilotlar rolini alohida e‘tirof etish zarur. 
Xalqaro savdo tashkiloti (XST), Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon banki, 
Yevropa  tiklanish  va  taraqqiyot  banki  (ETTB),  Iqtisodiy  hamkorlik  va  rivojlanish 
tashkiloti (DCRT), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va shu kabi xalqaro institutlar 
hamda  yetakchi  mamlakatlar  boshliqlari  va  moliya  vazirlarining  har  yili  bo‘lib 
o‘tadigan uchrashuv-larining xalqaro munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati 
ortib  bormoqda.  Texnologiyalar  bo‘yicha,  atrof-muhitni  asrash,  moliya 
institutlarining  faoliyati,  buxgalteriya  hisobotlari,  milliy  statistika  (milliy  hisoblar 
tizimi)  va  boshqalarga  yagona  andozalarni  qo‘llash  kengaymoqda.  Ushbu 
andozalar ta‘lim va madaniy sohalarga yoyilmoqda. 
Xalqaro tashkilotlar orqali makroiqtisodiy siyosatning yagona mezonlari tadbiq 
etilmoqda.  Valyuta-kredit,  soliq,  tashqi  iqtisodiy  siyosat,  bandlik  sohasi  bo‘yicha 
qo‘yiladigan  talablarning  birxillashuvi  yuz  bermoqda,  xalqaro  raqobat  qoidalari 
ishlab chiqilmoqda. 
Bu jarayonlar qanchalik jadal sur‘atlarda amalga oshirlmasin, zamonaviy jahon 
iqtisodiyoti to‘la global holatda faoliyat yuritayotgani yo‘q, balki u endi globallashuv 

12 
 
 
jarayonlarining dastlabki bosqichlarini boshdan kechirmoqda. 
O‘tish  davrini  boshdan  kechirayotgan  mamlakatlarning  jahon  bozoriga 
integratsiyalashuvi  uzoq  muddatli  jarayon  hisoblanadi.  Ba‘zi  milliy  bozorlarning 
ochiq,  ba‘zilarining  qattiq  tartibga  solinadigan  bo‘lgan  hozirgi  holati  bilan, 
globallashuvning asosiy tamoyillaridan bo‘lgan erkinlashuv, bir-biriga nomuvofiq 
bo‘lgan ko‘rinishni hosil qilmoqda. 
Xalqaro  tovarlar,  xizmatlar  va  kapitallar  almashinuvining  erkinlashish 
an‘anasi  kengayayotgan  bir  paytda,  har  bir  davlat  eksport  va  importni  tartibga 
solishning ma‘lum instrumentlarini saqlab qolmoqdalar. Ularning asosiy maqsadi  - 
tarkibiy  qayta  qurish  va  inqiroz  davrining  qiyinchiliklarini  yengib  o‘tish,  milliy 
xavfsizlikni  ta‘minlash  -  takror  ishlab  chiqarish  uzluksizligini  ta‘minlovchi 
(energetika, transport, aloqa va h.k.) va mamlakat mudofaa qobiliyati kabi strategik 
sohalarni  moliyaviy  ta‘minlash,  shuningdek,  savdo  sheriklardan  munosib 
imtiyozlar  olish,  shuningdek,  byudjet  tushumlarini  oshirishdan  iborat bo‘lmoqda. 
Amaldagi  bunday  protektsionizm  fiskal  muammolami  hal  etishdan  ko‘ra,  ko‘proq 
tarkibiy siyosat o‘tkazish vositasi hisoblanadi. 
Hozirgi  sharoitda  nafaqat  erkin  savdo  g‘oyasi  (erkinlashuv)  bilan 
protektsionizm  o‘rtasida  qarama-qarshilik  yuzaga  chiqmoqda,  balki  milliy 
xo‘jalikni  jahon  xo‘jaligiga  kirish  samarasini  maksimal  tarzda  ta‘minlash 
maqsadida,  xo‘jalikni  tartibga  solishning  yuqoridagi  ikki  instrumentining 
optimal  aralashmasidan  foydalanilmoqda.  Bunday  aralashmaning  shakl  va 
nisbatlari, ma‘lum vaqtdagi pragmatik manfaatlardan kelib chiqib aniqlanadi. 
Xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarda  globalizatsiya  bilan  birga,  integratsiya 
jarayonlarining yana bir shakli - ma‘lum geografik joylashuvga asoslangan hududiy 
integratsiya (hududiylashuv) yuz bermoqda. 
O‘sib 
boruvchi 
globallashuv, 
hududiylashuv, 
iqtisodiyotning 
transmilliylashuvi  va  integratsiya  natijasida,  eski  -  davlatlararo  tartibga  solish 
mexanizmi tubdan o‘zgardi. Mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar ikkiyoqlama 
munosabatlar chegarasidan chiqib, ko‘pyoqlama tus olmoqda. 

13 
 
 
Ammo, "milliy xo‘jalik majmui", "mamlakatning milliy iqtisodiy manfaatlari" 
tushunchalari  o‘z  ma‘nosini  saqlab  qolmoqda.  Milliy  xo‘jalik  hamon  ishlab 
chiqarish, almashuv, taqsimot va iste‘mol, shuningdek, iqtisodiy faoliyatning asosiy 
markazidir. 
Har bir davlatning yillar davomida shakllangan o‘z tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy-
madaniy  rivojlanish  xususiyatlari  mavjud  bo‘lib,  boshqa  mamlakatlarning 
tajribalarini  ko‘r-ko‘rona  ko‘chirib  olish,  yoki  xalqaro  tashkilotlar  tomonidan 
tavsiya  etiladigan,  iqtisodiy  rivojlanishning  hamma  uchun  umumiy  retseptlarini 
qo‘llash, samarasiz va iqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin. 
Jahon  xo‘jaligiga  kirishda  ilg‘or  mamlakatlarning  boy  tajribalariga  tahliliy 
yondoshish  va  ushbu  tajribalarni  milliy  xususiyatlar  bilan  eng  optimal  tarzda 
uyg‘unlashtirish zarur. 
O‘zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgandan  so‘ng,  o‘zining  mustaqil 
tashqi  iqtisodiy  siyosatini  olib  borish  imkoniyati  yuzaga  chiqdi.  Respublikaning 
tashqi  iqtisodiy  siyosati  xalqaro  moliyaviy  munosabatlarda  mamlakat  milliy 
manfaatlarini  himoya  qilishga  qaratilgan  holda  amalga  oshiriladi  va  u  quyidagi 
tamoyillarga asoslanadi: 
•  mafkuraviy qarashlardan qat‘iy nazar tashqi munosabatlarda oshkoralik; 
•  teng  huquqli  va  o‘zaro  manfaatli  hamkorlik,  boshqa  mamlakatlarning 
ichki ishlariga aralashmaslik; 
•  o‘zining milliy-davlat manfaatlari ustuvorligida o‘zaro manfaatlarni har 
tomonlama hisobga olish; 
•  respublika  biron-bir  davlatning  ta‘sir  doirasiga  kirmasligi  tamoyiliga  to‘la 
amal qilish; 
•  to‘la  ishonch,  xalqaro  iqtisodiy  va  moliyaviy  tashkilotlar  doirasidagi 
hamkorlikni chuqurlashtirish asosida ikki tomonlama, shuningdek, ko‘p tomonlama 
tashqi aloqalarni o‘rnatish va ularni rivojlantirish; 
•  umume‘tirof etilgan xalqaro huquq me‘yorlariga rioya etish. 
Tashqi  iqtisodiy  soha  tarmoqlari  majmuini  vujudga  keltirmasdan  turib, 

14 
 
 
shuningdek,  moliya,  bank-kredit  tashkilotlari,  bojxona  xizmati  ishini  xalqaro 
me‘yorlar  va  talablar  darajasida  yo‘lga  qo‘ymasdan  turib,  xalqaro  aloqalarni 
rivojlantirish va mustahkamlashni tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Tashqi savdo,  iqtisodiy,  ilmiy  va  madaniy  aloqalarda quyidagi  yo ‘nalishlar 
ustuvor hisoblanadi: 
birinchidan,  respublikaning  eksport  qudratini  rivojlantirish  va  yanada 
mustahkamlash, eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish; 
ikkinchidan,  eksport  imkoniyatini  kengaytirish,  jahon  bozoriga  kirib  borish 
uchun,  avvalo,  qimmatbaho  xom-ashyoni  qayta  ishlash  negizida  tayyor  mahsulot 
ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalarni rivojlantirish; 
uchinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo‘jalik ishlarini 
yurituvchi  sub‘ektlarga  xorijiy  sheriklar  bilan  bevosita  aloqalar  o‘rnatishda,  o‘z 
mahsulotlarini chet ellarda sotishda ko‘proq erkinlik berish, tovarlarni eksport va 
import  qilishda  birmuncha  imtiyozli  tartibni  joriy  qilish  borasida  aniq  maqsadni 
ko‘zlab siyosat o‘tkazish; 
to‘rtinchidan,  xorijiy  sarmoyalarni  respublika  iqtisodiyotiga  keng  ko‘lamda 
jalb  etish  uchun  zarur  huquqiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  hamda  boshqa  sharoitlarni 
yaratish; 
beshinchidan, xalqaro moliyaviy munosabatlarning tarkibiy  majmuini vujudga 
keltirish; 
oltinchidan,  xalqaro  huquq  va  xalqaro  moliyaviy  munosabatlar  sohasida 
malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish. 
Integratsiya munosabatlari, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va 
shakllari  hamda  integratsiya  turlari  mavjudligiga  asoslanadi.  O‘zbekiston  bir 
vaqtning  o‘zida  turli  darajalarda  -  dunyo  miqyosida  va  mintaqa  ko‘lamida 
integratsiya  jarayonlariga  qatnashsada,  ammo  bir  muhim  qoidaga  amal  qiladi, 
ya‘ni:  bir  davlat  bilan  yaqinlashish  boshqa  bir  davlat  bilan  uzoqlashish  hisobiga 
bo‘lmasligi lozim. 
O‘zbekiston  Respublikasi  iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan  bozor  tizimiga  ega 

15 
 
 
bo‘lgan,  demokratik  davlat  haqidagi  hozirgi  zamon  tushunchalariga  mos  ravishda 
jahon hamjamiyatiga kirishishi mumkinligiga asoslanadi. 
Respublikada  tashqi  savdo  aylanmasi  2017  yil  yanvar-dekabr  oylarida  27,0 
mlrd.  AQSh  dollarini,  shu  jumladan  eksport  14,0  mlrd.  AQSh  dollarini  va  import 
13,0 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Tashqi savdo aylanmasi saldosi 945,5 mln. 
AQSh dollarini tashkil etdi. Oxirgi yillarda Respublikaning eksport tarkibida qariyb 
barcha tovarlar va xizmatlar guruhlari bo`yicha o`sish kuzatilmoqda. Transformator 
va  akkumulyatorlar  eksportining  o`tgan  yilning  shu  davriga  nisbatan  54,8  foizga, 
kabelli sim mahsulotlarinning 33,3 foizga, qozonlar, uskunalar va mexanik asboblar 
va ularning  qismlarining 24,0  foizga o`sishi, mashina va  asbob-uskunalarning 60,1 
foizga  o`sishiga  olib  keldi.  Alkogol  va  alkogolsiz  ichimliklar  eksportining  o`tgan 
yilning  shu  davriga  nisbatan  61,1  foizga,  bug`doy  32,2  foizga  va  meva-sabzavot 
mahsulotlari  va  ularni  qayta  ishlash  15,6  foizga  o`sishi,  oziq-ovqat  mahsulotlari 
hajmining 26,1 foizga o`sishiga olib keldi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling