Hamroqulov xushbaxt sadriddinovich xalqaro moliya munosabatlari barqarorligini


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana03.05.2020
Hajmi1.17 Mb.
#103121
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
д Hamroqulov X Халкаро молия муносабатлари


 
1.1-rasm. Eksport tarkibi foizlarda 

16 
 
 
Qora  va  rangli  metallarni  o`tgan  yilning  shu  davriga  nisbatan  29,5  foizga  
o`sishiga,  rux  va  undan  tayyorlangan  mahsulotlarni  45,4  foizga,  alyuminiy va 
undan  tayyorlangan  mahsulotlarni  80,0  foizga,  mis  va  undan  tayyorlangan 
mahsulotlarni 34,7 foizga o`sishi sabab bo`ldi. 
Import    tarkibining    umumiy    hajmidan    38,9    foizni    mashina    va  
asbobuskunalar va 16,5 foizini kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar  
tashkil qiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.1-jadval 
2017 yilning yanvar-dekabrida respublikaning Eksport aylanmasi 
quyidagi ma’lumotlarda tavsiflanadi:
6
 
 
 
mln. AQSh  
dollari 
o`tgan yilga  
nisbatan 
foizda 
umumiy hajmga 
nisbatan foizda 
Eksport 
13953,8   
115,4   
100,0 
paxta tolasi 
477,0   
74,8   
3,4 
oziq-ovqat mahsulotlari 
875,8   
126,1   
6,3 
kimyo mahsulotlari va undan  
tayyorlangan buyumlar 
883,3   
105,0   
6,3 
energiya manbaalari va neft  
mahsulotlari 
1980,1   
115,5   
14,2 
qora va rangli metallar   
917,5   
129,5   
6,6 
mashina va asbob-uskunalar 
353,3   
160,1   
2,5 
xizmatlar 
3505,7   
112,3   
25,1 
boshqalar 
4961,1   
119,3   
35,6 
 
 
                                                           
6
 
https://stat.uz/uz/432-analiticheskie-materialy-uz/3845-tashqi-savdo-statistikasi1
 

17 
 
 
2017    yil    yanvar-dekabr   oylarida   tashqi   savdo   aylanmasi   saldosi   945,5  
mln.AQSh    dollarni    tashkil    qildi,    shundan    MDH    davlatlari    bilan    809,5  
mln.AQSh dollarni va boshqa davlatlar bilan 136,0 mln.AQSh dollarni tashkil etdi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1.2-jadval 
2017 yilning yanvar-dekabrida respublikaning   Import aylanmasi 
quyidagi ma’lumotlarda tavsiflanadi:
7
 
 
 
mln. AQSh  
dollari 
o`tgan yilga  
nisbatan 
foizda 
umumiy hajmga 
nisbatan foizda 
Import 
13008,3   
107,2   
100,0 
oziq-ovqat mahsulotlari 
1272,7   
88,4   
9,8 
kimyo mahsulotlari va undan  
tayyorlangan buyumlar 
2147,6   
101,3   
16,5 
energiya manbaalari va neft  
mahsulotlari 
742,0   
126,0   
5,7 
qora va rangli metallar   
1274,3   
138,4   
9,8 
mashina va asbob-uskunalar 
5054,0   
100,7   
38,9 
xizmatlar 
980,1   
121,1   
7,5 
boshqalar 
1537,6   
123,8   
11,8 
 
1.2. Milliy iqtisodiyot va xalqaro moliya munosabatlari 
Tashqi iqtisodiy aloqalar majmuasining milliy iqtisodiyotga ta‘sir ko‘rsatishi 
muayyan miqdor va sifat ko‘rsatkichlarida baholanadi. 
Eng  avvalo,  respublikaning  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlardagi  ishtiroki  va 
ularga jalb etilishining qanday ekanligini bilish muhimdir. Bu eksportning YAIMga 
                                                           
7
 
https://stat.uz/uz/432-analiticheskie-materialy-uz/3845-tashqi-savdo-statistikasi1
 

18 
 
 
nisbati  bilan  belgilanadi  hamda  u  mamlakatning  eksport  kvotasi  deb  ataladi.  U 
qancha yuqori bo‘lsa, mamlakat xalqaro iqtisodiy munosabatlarga shu qadar yuqori 
darajada  jalb  etilgan  bo‘ladi.  Masalan,  AQSHning  eksport  kvotasi  10-15  foizga, 
Germaniya,  Frantsiya,  Italiya,  Angliyada  25-30  foiz,  Yaponiyada  18  foiz  atrofida. 
O‘zbekistonda eksportning YAIMdagi ulushi 10-12 foizni tashkil etmoqda
8

Biroq,  ushbu  ko‘rsatkich  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarning  sifat  tuzilishini 
ko‘rsatmaydi.  Shu  sababli,  mamlakatning  xalqaro  munosabatlardagi  ishtirokini 
aks  ettiruvchi  yana  bir  ko‘rsatkich  -  eksportning  mamlakat  sanoat  ishlab 
chiqarishiga  nisbatidan  foydalaniladi.  Rivojlangan  mamlakatlar  uchun  mazkur 
ko‘rsatkich  taxminan  40-50  foizga  teng.  Bu  esa,  ishlab  chiqarilgan  sanoat 
mahsulotlarining  yarmi  tashqi  bozorga  olib  chiqib  ketilishini  anglatadi. 
Mamlakatning  tashqi  iqtisodiy  munosabatlarga  jalb  etilganligining  yana  bir 
ko‘rsatkichi  -  eksportning  elastikligi  (eksport  va  YAMM  o‘sish  sur‘atlarining 
nisbati)  bilan  ham  belgilanadi.  EIastiklikning  birlikdan  yuqori  bo‘lishi 
mamlakatning  xalqaro  iqtisodiy  operatsiyalarda  shuncha  ko‘p  ishtirok  etishini 
anglatadi.  Tashqi  iqtisodiy  aloqalardan  keladigan  samara  juda  ko‘p  miqdordagi 
eksport,  import,  kredit  va  boshqa  operatsiyalar,  shuningdek,  texnikaviy  va  boshqa 
xizmatlar  ko‘rsatish  bo‘yicha  barcha  ishtirokchilarning  bu  sohadagi  faoliyati 
natijalaridan tarkib topadi. 
Hozirgi  bosqichda  har  qanday  davlatning  tez  sur‘atlarda  rivojlanishini 
xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etmay  turib  ta‘minlab  bo‘lmaydi.  Tashqi  iqtisodiy 
munosabatlar  ham  yangi  sifatlarga  ega  bo‘lib  bormoqda:  ikki  mamlakatning 
xo‘jalik  vakillari  o‘rtasida  savdo  va  xizmat  ko‘rsatishdan  tashqari,  alohida  ishlab 
chiqarish, moliya va savdo-moliya aloqalari ham rivojlanmoqda. Bevosita chet el 
investitsiyalarining  o‘sib  borishi,  shuningdek,  sotsialistik  tizimning  parchalanishi 
va  bir  qancha  yangi  mamlaqatlaming  jahon  bozorlariga  qo‘shilishi,  sarmoya  jalb 
qiluvchi  mamlakatlar  uchun  yangi  muhim  jarayonlarni  keltirib  chiqaradi.  Bu 
jarayonlarga quyidagilar kiradi: 
                                                           
8
 O‘zbekiston  Respublikasida  tashqi  iqtisodiy  faoliyat  asosalari  I.A.Hamedov, A.M.Alimov 

19 
 
 
Transmilliy  korporatsiyalar (TMK) o‘rtasida  raqobat  kurashi. Tashqi  iqtisodiy 
aloqalarning tobora baynalmilallashuvi va erkinlashuvi milliy kompaniyalarning 
"bandargoxida" xavfsizlikda yashashga tobora kamroq imkoniyatlar qoldirmoqda. 
Milliy  kompaniyalarni  iste‘molchi  va  mahsulot  sotish  bozorlari  uchun  TMK  bilan 
raqobat  qilishga  majbur  etmoqda.  Natijada,  TMKlar  yanada  "sezilarli"  darajada 
mahsulotni arzonlashtirmoqda va uning sifatini  yaxshilash sari bormoqda. Mazkur 
tamoyil rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotiga ega mamlaqatlaming (tegishli 
sharoitlar  mavjud  bo‘lganda)  yuqorida  tilga  olingan  jarayonga  o‘zining  ilmiy  va 
intellektual quvvatini jalb etish imkoniyatlarini oshiradi. 
Mamlakatlar  o‘rtasida  investitsiyalar  uchun  raqobat  kurashi.  TMKlar 
tomonidan  ajratilgan  investitsiyalar  hajmi  o‘sish  sur‘atlarining  asosiy  sabablaridan 
biri  -  ulaming  o‘zi  bilan  mablag‘,  menejment,  nau-xau  kabi  yaqqol  ajralib 
turadigan  va  sezilmaydigan  juda  ko‘p  aktivlar,  shuningdek,  jahon  bozorlarida 
ishlash tajribalarini va ko‘nikmalami olib kirishi bilan izohlanadi. Natijada, keyingi 
yillarda  nafaqat  rivojlanayotgan  mamlaqatlaming,  balki  rivojlangan  mamlakat 
hukumatlarining  ham  investorlar  uchun  qulay  muhitni  shakllantirishga  intilishi 
ortmoqda.  Ushbu, birinchi navbatda, huquqiy sohaga tegishli bo‘lib, birgina 1991 
yildan  1994  yilgacha  bo‘lgan  vaqt  oralig‘ida,  dunyoda  chet  el  investitsiyalari 
bo‘yicha  mavjud  qonun  hujjatlariga  373  ta  o‘zgartirishlar  kiritilgan.  Ulardan  368 
tasi  qonunchilikni  erkinlashtirishga  bag‘ishlangan.  O‘tgan  asming  90-yillari 
o‘rtalarida  investitsiyalami  o‘zaro  himoya  qilish  bo‘yicha  900  dan  ortiq  ikki 
tomonlama bitimlar tuzilgan. 
Xorijiy  sarmoyadorlar, potentsial  investorlar  birinchi  navbatda foyda  olishdan 
manfaatdor, ammo investitsiyalar bilan bog‘liq risklar ulami jiddiy havotirga soladi. 
Investorlarni o‘ziga tortadigan  asosiy omillar: rivojlangan infratuzilma, ishonchli 
va malakali mehnat resurslari, daromad va kapitalni chet elga o‘tkazish, huquqiy 
kafolatlar, shuningdek, ijtimoiy va siyosiy barqarorlik kabilardan iborat. 
Bugungi  kunda  bevosita  investitsiya  oqimi  foyda  olishning  yangi 
imkoniyatlariga  chaqqon  yuz  tutadi  va  shuning  uchun  ham,  u  ishlab  chiqarish,  ish 

20 
 
 
haki potentsial mehnat unumdorligiga  nisbatan  past bo‘lgan  joylarga ko‘chmoqda. 
Mamlakatga  chet  el  mablag‘larini  TMKlar  quchok  ochib  foydalanishga  tayyor 
turgan ichki bozordagi homiylik hisobiga emas, balki  oqilona iqtisodiy tamoyillar 
asosida jalb etish muhimdir. 
Davlatlararo  har  tomonlama  hamkorlikning  bir  ko‘rinishi  sifatida  xalqaro 
tashkilotlar  va  fondlar  yuzaga  chiqmoqda.  Ular siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ilmiy-
texnikaviy  va  madaniy  sohalarda  umumiy  tusdagi  maqsadlarga  erishish  uchun 
davlatlar,  milliy  institutlar,  nodavlat  assotsiatsiyalarini  birlashtiradi.  Xalqaro 
tashkilotlar  o‘z  faoliyatini  har  tomonlama  muvofiqlashtirish uchun o‘z fondlarini 
tashkil etadilar. 
Davlatlararo kelishuvlar asosida ishtirokchi davlatlarning  yagona  moliya va 
kredit siyosatlarini amalga oshirish uchun pul mablag‘larining davlatlararo maqsadli 
fondlari  tuziladi.  Davlatlararo  fondlar  (tashkilotlar)  daromadlarini  shakllantirish 
usullari va moliyalashtirish tusiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. 
Birinchi  turga  moliya-kredit  tashkilotlarining  davlatlararo  va  xalqaro  fondlari 
kiradi. Ular nizom kapitalida ishtirok etuvchilarga maqsadli kreditlar ajratadilar va 
maqsadli  fondlarni  tashkil  etadilar.  Bu  tashkilotlar  faoliyati  davomida  olgan 
daromadlaridan  ulushiga  ko‘ra  dividend  to‘laydilar  hamda  turli  maqsadlar  uchun 
zahira  fondlarini  shakllantiradilar.  Mazkur  tashkilotlar  jumlasiga  Xalqaro 
Investtsiya  bankini  (XIB),  Iqtisodiy  Hamkorlik  Xalqaro  bankini  (DTXB),  ETTB, 
XVFni kiritish mumkin. 
Xalqaro  banklar  va  fondlarning  nizom  kapitali  shakllanishida,  olingan 
daromadlarni  taqsimlab,  turli  fondlarni  tashkil  etish  kabilarda  moliyaning  rolini 
ko‘rish mumkin. 
Milliy  va  xalqaro  moliya-kredit  institutlarining  mablag‘lari,  xalqaro 
ishtirokchi-tashkilotlar  fondi,  manfaatdor  mamlakatlarning  valyuta  fondlari  va 
byudjet mablag‘lari to‘lanadigan badallarning manbasi hisoblanadi. 
EIida  ham  qator  davlatlararo  fondlar  tashkil  etilgan,  jumladan,  EIning 
byudjeti,  Yevropa  Taraqqiyot  fondi,  Yevropa  Valyuta  Hamkorlik  fondi  va 

21 
 
 
boshqalar. 
Ikkinchi  tur  tashkilotlar  ishtirokchilarning  har  yillik  badallari  evaziga 
byudjetlari tashkil etiladi. 
Bunday  tashkilotlarga  ma‘lum  sohalardagi  milliy  tashkilotlar  faoliyatini 
muvofiqlashtirib  turuvchi  xalqaro  va  umumjahon  institutlari  kiradi.  Ularga:  BMT, 
Xalqaro  vaqt  byurosi,  Atom  energetikasi  bo‘yicha  xalqaro  Agentlik,  Dengiz 
yo‘ldosh  aloqasi  bo‘yicha  xalqaro  tashkilot,  Ilmiy  xizmatchilarning  umumjahon 
federatsiyasi va boshqalarni kiritish mumkin. 
Uchinchi  tur  xalqaro  tashkilotlarga  vaqtinchalik  tusga  ega  bo‘lgan  ilmiy 
dasturlar  va  kongresslarni  kiritish  mumkin.  Ularni  moliyalashtirish  qatnashuvchi 
ishtirokchilar  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Masalan,  Xalqaro  biologiya  dasturi 
(1964-1974  yy.),  Xalqaro  geodinamik  loyiha  (1971-1980  yy.),  Xalqaro  osoyishta 
quyosh yili (1964-1965 yy.), 1957 yildan boshlab har ikki-uch yilda chaqiriladigan 
Xalqaro  tog‘  kongressi  va  boshqalar.  Ushbu  tashkilotlar  turli  mamlakat  olimlari 
bilan yaxlit ilmiy tadqiqotlar olib boradi. 
To‘rtinchi  tur  xalqaro  tashkilotlar  -  xalqaro  ilmiy  laboratoriyalar,  institutlar, 
ittifoqlar,  yaxlit  va  sohalar  assotsiatsiyalari,  ma‘lum  ilmiy  sohalar  bo‘yicha 
byurolar. Ular mamlakatlarni,  milliy ilmiy tashkilotlarni, assotsiyatsiyalarni, ilmiy 
tadqiqotlar  bilan  shug‘ullanayotgan  alohida  olimlarni  birlashtiradi  va  ular 
faoliyatini  muvofiqlashtiradi.  Ushbu  tashkilotlar  yillik  ulushli  badallar, 
konferentsiyalarda  ishtirok  etuvchilarni  ro‘yxatga  olish  badallari,  yuridik  va 
jismoniy  shaxslarning  xayriya  mablag‘lari,  davriy  ilmiy  nashrlardan  daromadlar 
hisobidan  tashkil  etiladigan  byudjetlar  hisobidan  moliyalashtiriladilar.  Mazkur 
tashkilotlarga misol qilib, milliy va qo‘shma dasturlar bo‘yicha ishlaydigan Kuchli 
magnit  maydonlari  va  past  harorat  bo‘yicha  xalqaro  fond,  Xalqaro  matematik 
markaz va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. 
Beshinchi  tur  xalqaro  tashkilotlar  faoliyatining  ma‘lum  sohalariga 
ko‘maklashish  va  tadbirlarni  moliyalashtirish  uchun  mablag‘larni  yig‘ish  bilan 
shug‘ullanadilar.  Masalan,  Yovvoyi  tabiat  xalqaro  fondi  -  davlat,  jamoat 

22 
 
 
tashkilotlari va xususiy shaxslardan yovvoyi xayvonlar va tabiatni qo‘riqlash uchun 
mablag‘larni  yig‘uvchi  nodavlat  tashkilotdir.  Ushbu  tashkilot  boshqa  tashkilotlar 
bilan hamkorlikda ma‘lum tadbirlarni moliyalashtiradi. Fond o‘zining nashriga ega 
bo‘lib,  uni  sotishdan  olinadigan  daromadlar  fond  byudjetining  daromad 
manbalaridan  biri  hisoblanadi.  "Olimpiya  birdamligi"  fondi  rivojlanayotgan 
mamlakatlarning  milliy  olimpiya  qo‘mitalariga  moliyaviy  yordam  ko‘rsatish 
uchun tuzilgan.  Mazkur fond milliy olimpiya qo‘mitalarining badallari, xususiy 
kompaniya,  firmalar  va  xususiy  shaxslarning  xayriyalari,  Xalqaro  olimpiya 
qo‘mitasining  investitsion  va  nashriyotchilik  faoliyati  natijasida  olingan 
daromadlar  hisobidan  shakllantiriladi.  Fondga  olimpiya  o‘yinlarini  televizion 
yoritishdan  olingan  daromadlaming  1/3  kelib  tushadi  (ma‘lumki,  olimpiya 
o‘yinlarini  televizion  yoritishdan  olingan  daromadlar  mos  ravishda  Xalqaro 
olimpiya qo‘mitasi, "Olimpiya birdamligi" fondi va olimpiya  sport turlari bo‘yicha 
Xalqaro federatsiya o‘rtasida taqsimlanadi). Fondning byudjeti har yili tasdiqlanadi. 
Asosiy tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha hududlarga yo‘naltiriladigan mablag‘lar 
xarajatlarning  75-85  foizini  tashkil  etadi.  Ushbu  tadbirlarga:  yig‘inlar  o‘tkazish, 
hakamlar  majlisini  o‘tkazish,  sport  buyumlarini  sotib  olish,  Milliy  olimpiya 
qo‘mitalariga  moliyaviy  yordamlar  ko‘rsatish  va  boshqalarni  kiritish  mumkin. 
Boshqa 
mablag‘lar 
nashriyotchilik 
faoliyatiga 
va 
joriy 
xarajatlarni 
moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. 
Yuqorida  ko‘rib  o‘tilgan  fondlarni  tarkibiy  tuzilishi,  maqsadi,  vazifalarini 
yanada  chuqurroq  o‘rganish  maqsadida,  birinchi  tur  fondlar  -  moliya-kredit 
tashkilotlariga mansub, XVF haqida ma‘lumotlar keltiriladi. 
XVF:  maqsadi,  tashkil  etilishi  va  faoliyat  yo‘nalishi.  XVF  -  bu  BMTning 
maxsus  tashkiloti.  U  1977  yilda  Bretton-Vudsdagi  valyuta-moliya  masalalari 
bo‘yicha  bo‘lib  o‘tgan  BMT  konferentsiyasida  tashkil  topgan  va  1945  yilning  27 
dekabrida  ushbu  kelishuv  kuchga  kirgan.  Amalda  u  o‘z  faoliyatini  1946  yildan 
boshladi.  Brettonvud  kelishuviga  muvofiq,  XVFning  vazifasi  unga  a‘zo  bo‘lgan 
mamlakatlarning oltin va AQSH dollarida ifodalangan valyuta zahiralarini tartibga 

23 
 
 
solish  hamda  a‘zo-mamlakatlarning  valyuta  paritetilarining  barqarorligini 
ta‘minlashdan iborat edi. 
Ushbu  kelishuvga  ko‘ra,  a‘zo-mamlakatlar  o‘z  valyutalarini  belgilangan 
kurslar 
asosida 
xalqaro 
joriy 
operatsiyalar 
bo‘yicha 
almashinuvlarini 
ta‘minlashlari shart edi. Shuningdek,  mazkur mamlakatlar valyuta operatsiyalarini 
chegaralash  bo‘yicha  mavjud  to‘siqlami  bekor  qilishlari  kerak  edi  (amalda  181 
mamlakatdan atigi 60 mamlakat ushbu talabni bajargan). 
XVFning  nizom  fondi  a‘zo  mamlakatlarga  o‘rnatiladigan  kvotalar  asosida 
to‘lanadigan badallardan tashkil etiladi. 
Kvotalar  har  bir  a‘zo-mamlakatning:  moliyaviy  badal  hajmini  aniqlash; 
proportsional  ravishda  XVF  kreditlari  hajmini  aniqlash;  ovozlar  sonini  aniqlash 
uchun xizmat qiladi. 
Kvotalar  hajmi  mamlakatning  iqtisodiy  rivojlanish  darajasi  va  uning  jahon 
iqtisodiyoti hamda xalqaro savdodagi roliga bog‘liq bo‘ladi. 
Kvota  YAIM,  import  va  eksport  hajmi,  oltin-valyuta  zahiralari  hajmi 
ko‘rsatkichlari asosida hisoblanadi. 
Kvotalar hajmi har besh yilda qayta ko‘rib chiqiladi. 
Kvotalar  hajmidan  kelib  chiqqan  holda,  XVF  boshqaruv  organlarida  ovozlar 
mamlakatlar o‘rtasida taqsimlanadi. Har bir mamlakat 250 ta ovozga ega va har bir 
qo‘shimcha  100000  SDR  uchun  1  ta  ovoz  qo‘shib  beriladi.  Hozirda  boshqaruv 
organida ovozlarning eng ko‘pi AQSHga tegishli -17,7 foiz.
9
 
      Iste‘mol  narxlari  indeksi  (INI),  mamlakat  iste‘mol  sektorida  inflyatsiya 
darajasini  ifodalaydigan  asosiy  indikatordir.  Mamlakatimizda  INI  hisoblash  tizimi 
1994  yilning  yanvar  oyidan  boshlab  Xalqaro  Valyuta  Fondi  (XVF)ning  texnik 
ko‘magi  asosida  amalga  oshirila  boshladi.  INI  ―Iste‘mol  narxlari  indeksi  bo‘yicha 
qo‘llanma: Nazariya va amaliyot‖ (XVF, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish fondi, 
Evrostat, EIK, Butunjaxon banki va XMT) uslubiy nizomiga asosan shakllantiriladi.   
   
Hozirgi  vaqtda  INI  hisoblashda  iste‘moldagi  350  turdagi  tovar  va  xizmatlar 
                                                           
9
 
https://www.imf.org/external/np/fin/data/rms_five.aspx
 

24 
 
 
to‘plamidan  foydalaniladi.  Bular  uch  yirik  guruhga  –  oziq-ovqat  (96  ta),  nooziq-
ovqat  tovarlari  (188 ta)  hamda  xizmatlarga  (66  ta) bo‘lingan. Shunday  qilib  INIni 
hisoblash  uchun  iste‘mol  to‘plami,  aholi  tomonidan  eng  ko‘p  iste‘mol  qilinadigan 
tovar va xizmatlar respublikaning barcha hududlari uchun yagona bo‘lgan guruhini 
ifodalaydi.  
   
Shuni  ta‘kidlash  lozimki,  INIni  hisoblashda  narx  omiliga  qo‘shimcha 
ravishda (ya‘ni, tovar va xizmatlarning haqiqiy narxini o‘zgarishida) ma‘lum tovar 
va xizmatlarning o‘ziga xos aniq salmoq hissalari ham ta‘sir qiladi. Shunday qilib, 
iste‘mol  narxlari  indeksi bo‘yicha butun mamlakat bo‘ylab  tovar va xizmatlarning 
narxlari harakati xilma-xilligi (o‘rtachalashtirib) umumlashtiriladi. 
 
1.3. Xalqaro moliya munosabatlarini erkinlashtirishning huquqiy asoslari  
O‘zbekiston  Respublikasida  mustaqillik  yillarida  amalga  oshirilgan  tadbirlar 
natijasida  ochiq  iqtisodiyotni  shakllantirish  va  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni 
erkinlashtirish  uchun  mustahkam  huquqiy  asoslar  yaratildi.  Jumladan,  «Tashqi 
iqtisodiy  faoliyat  to‘g‘risida»
10
gi,  «Chet  el  investorlar  faoliyatining  kafolatlari 
to‘g‘risidagi»
11
,  «Erkin  iqtisodiy  zonalar  to‘g‘risidagi»
12
  qonunlar,  O‘zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  Farmonlari,  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va 
boshqa  me‘yoriy  hujjatlar  tashqi  iqtisodiy  aloqalar  hamda  xalqaro  moliya 
munosabatlarini  tartibga  solib  turadi,  chet  el  investitsiyalarini  jalb  qilish  va 
rag‘batlantirish  tartibini  belgilab  beradi.  Xususan,  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni 
amalga  oshirishning  asosiy  tamoyillari  va  tartiblari  «Tashqi  iqtisodiy  faoliyat 
to‘g‘risidagi»  Qonunda belgilab  berilgan.  Xalqaro  huquqning umume‘tirof  etilgan 
                                                           
10
 O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 148-modda; 2003-y., 5-son, 67-
modda; O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 51-son, 514-modda; 2005-
y., 49-50-son, 365-modda; 2009-y., 37-son, 403-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 
2017-y., 37-son, 978-modda 
11
 O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 128-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-
modda; Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda; 1997-y., 9-son, 241-modda 
12
 O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 58-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; 
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2005-y., 49-50-son, 365-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 
2009-y., 39-son, 424-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-
y., 03/18/476/1087-son 

25 
 
 
me‘yorlariga  muvofiq,  mulkchilik  shakllaridan  qat‘iy-nazar,  tashqi  iqtisodiy 
aloqalar  ishtirokchilarining  huquqlari,  manfaatlari  va  mol-mulklari  himoya 
qilinadi. 
«Chet  el  investitsiyalari  va  chet  ellik  investorlar  faoliyatining  kafolatlari 
to‘g‘risidagi»  qonunda  xo‘jalik  jamoalari  va  shirkatlarida,  banklar  va  sug‘urta 
tashkilotlarida  hissadorlik  asosida  ishtirok  etish,  ya‘ni  mulklarni  aktsiyalar  va 
boshqa  qimmatli  qog‘ozlarni  sotib  olish,  shuningdek,  yerga  (jumladan,  ijaraga 
olingan erga) va tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi ham 
chet  el investitsiyalarini  amalga  oshirish shakllari  bo‘lib  xizmat  qilishi  mumkinligi 
qayd etilgan. 
Bu  qonunning  chet  ellik  sarmoyador  huquqlarini  kafolatlovchi  muhim 
jihatlaridan yana biri shuki, agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonunlari 
investitsiya  sharoitini  yomonlashtirib  qo‘yadigan  bo‘lsa,  u  holda  chet  ellik 
investorlarga  nisbatan  un  yilgacha  bo‘lgan  muddatga  investitsiyalar  amalga 
oshirilib  turgan  paytda  amalda  bo‘lgan  qonunlar  tadbiq  etiladi.  Shu  bilan  birga, 
qonunda  chet  el  investitsiyalari  milliylashtirish  amalga  oshirilmasligi 
kafolatlanadi,  shuningdek,  ularni  majburan  sotib  olish  ham  mumkin  emas,  lekin 
tabiiy  ofatlar,  avariyalar,  epidemiyalar,  epizootiyalar  (xayvonlar  ulati)  yuz  bergan 
xollar  bundan  mustasno.  Bunday  hollarda  chet  ellik  investorlarga  to‘lanadigan 
kompensatsiyani keltirilgan zararga barobar bo‘lishi nazarda tutiladi. 
Chet  ellik  sarmoyadorlarning  o‘z  investitsiyalarini  ixtiyoriy  ravishda  sug‘urta 
qilish huquqi investorlarni o‘z mulklarining ekspropriatsiya qilinishidan, mamlakat 
ma‘murlarining  sug‘urta  tashkiloti  bilan  investor  o‘rtasidagi  shartnomaviy 
munosabatlari  aralashuvidan,  milliy  va  boshqa  valyutalar  almashtirishni  hamda 
ularni  mamlakat  tashqarisiga  chiqarishni  cheklashlardan  va  boshqa  xatarlardan 
muxofaza qilishni ta‘minlaydi. 
Chet  el  investitsiyalariga  ega  bo‘lgan  korxonalar  o‘zlari  ishlab  chiqargan 
mahsulotlarni  litsenziyalarsiz  xorijga  chiqarish  va  ehtiyojlari  uchun  chetdan 
mahsulot  keltirish  huquqiga  egadirlar.  Shuningdek,  shaxsiy  ehtiyojlar  uchun 

26 
 
 
chetdan  respublikamizga  keltirilayotgan  mol-mulklarga  boj  to‘lashdan  ozod 
qilingan. 
1996  yilda  «Erkin  iqtisodiy  zonalar  to‘g‘risida»gi  qonunning  qabul  qilinishi 
ham iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirishga qaratilgan eng muhim tadbirlardan 
biri bo‘ldi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  «Kichik  va  xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirish 
to‘g‘risida»
13
gi  Qonunida  kichik  va  xususiy  tadbirkorlik  sub‘ektlarining  eksport-
import operatsiyalaridagi ishtirokini  kengaytirish, ularning xalqaro kurgazmalar va 
yarmarkalarda  ishtirok  etishlariga  ko‘maklashish  tadbirlarini  ishlab  chiqish  va 
amalga  oshirish  asosida  tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  rivojlantirishga  yordam  berish 
nazarda  tutiladi. 1995  yil  1  oktyabrdan  boshlab, tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  tartibga 
solishning  yangi  mexanizmi  ishga  solindi.  Bu  mexanizm  negizida  tartibga 
solishning  tarifga  asoslanmagan  usulidan  tarifga  asoslangan  usuliga  o‘tishga, 
eksport-import 
operatsiyalarini 
xalqaro 
me‘yorlar 
talablariga 
mos 
unifikatsiyalashni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar majmui yotadi. 
Tayyor  mahsulotlarning  tashqi  bozorlarga  kirib  borishiga  va  eksport  krediti 
mexanizmi  shakllanishiga  ko‘maklashish  natijasida  respublikamiz  Prezidentining 
«Eksportga  mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  korxonalarni  rag‘batlantirishga  oid 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni  (1996  yil  20  mart)  bilan  1996 
yil  1  apreldan  ko‘plab  korxonalar  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  eksport  hajmlari 
oshirilishidan  erkin  almashtiriladigan  valyuta  shaklida  olingan  tushum  foydasidan 
(daromaddan) soliq to‘lashdan ozod qilinadi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Tovarlar  (ishlar,  xizmatlar) 
eksportini  rag‘batlantirish  bo‘yicha  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida»gi 
(1997  yil  noyabr)  farmoniga  ko‘ra,  o‘tgan  yilning  1  noyabridan  boshlab, 
tovarlarning  (ishlar,  xizmatlarning)  barcha  turiga  eksport  bojxona  bojlari  hamda 
tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  eksportini  litsenziyalash  bekor  qilindi.  Faqat  maxsus 
                                                           
13
 (O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 6-son, 71-modda) 

27 
 
 
mahsulot turlarigagina bu qoidadan mustasno qilib qo‘yildi.
14
 
Ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlar - birinchi navbatda, tashqi savdo 
faoliyatini  yanada  erkinlashtirishga,  eksport-import  operatsiyalarida  tarif  va  notarif 
boshqarish usullarini tartibga solishga va takomillashtirishga qaratilgan. 
Farmonda  ko‘rsatilgan  muddatdan  boshlab,  raqobat-bardoshli  mahsulot  ishlab 
chiqarishni kengaytirish maqsadida erkin muomaladagi valyutaga eksport qiladigan 
korxonalar uchun bir qator qo‘shimcha imtiyozlar berish joriy etilgan, masalan: 
- bu  korxonalarga  o‘z  mahsulotini  oldindan  pul  olmasdan  va  akkreditiv 
ochmasdan eksport qilish huquqi beriladi; 
- eksport  qilinayotgan  tovar  ulushi  mahsulotni  sotishning  umumiy  hajmi  30 
yoki  undan  ko‘proq  foizini  tashkil  etsa,  u  holda  korxonalaming  daromad  soligi 
stavkasi amaldagi stavkaga qaraganda ikki barobar kamaytiriladi
- korxonalar  o‘z  mahsulotlarini  ichki  bozor  narxlaridan  arzon  narxlarda 
eksport  qilgan  sharoitda  ulardan  olinadigan  soliq  baza  eksport  mahsulotini 
sotishdan tushgan amaldagi narx bilan hisob-kitob qilinadi. 
Tashqi  iqtisodiy  faoliyatning  huquqiy  asoslari  haqida  so‘z  yuritganda,  bu 
yerda  albatta  xalqaro  bitimlar  to‘g‘risida  ham  biroz  tuxtalib  o‘tish  maqsadga 
muvofiqdir. 
Chunki, 
ikkita 
yoki 
bir 
nechta 
xalqaro 
munosabatlar 
qatnashchilarining har qanday birgalikdagi faoliyati,  kelishilgan, huquqiy kuchga 
ega bo‘lgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. 
Ikki  va  undan  ortiq  davlatlar  o‘rtasida  xalqaro  bitimlar  tuziladi  va  ular 
quyidagi turlarga bo‘linadi: 
•  umumiy  tusdagi  bitimlar.  Ushbu  bitim  ikki  davlat  o‘rtasida  tuzilgan 
xalqaro  bitim  bo‘lib,  o‘z  ichiga  munosabatlar  asosi,  diplomatik  munosabatlarni 
o‘rnatish  haqida  bitimdir.  Unda  iqtisodiy  munosabatlar  alohida  bulim  sifatida 
ajratilib ko‘rsatiladi. 
                                                           
14
 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, 
eksport kontraktlarini ro‗yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‗tkazishni tartibga solish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi farmoni va O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Tashqi savdo faoliyatini yanada 
erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‗llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori
 

28 
 
 
•  maxsus  bitimlar.  Bu  bitimlar  asosan,  iqtisodiy  masalalar  bo‘yicha  ikki 
yoki ko‘p tomonlama tuziladigan quyidagi bitimlardir: 
a)  bitimlar  va  shartnomalar.  Bu  bitimlar  mahsulotlar  va  xizmatlar  eksport-
importining  umumiy  shartlari  va  tartibini  aniqlovchi  hujjatlardir.  Ular  qatorida 
alohida  ahamiyatga  ega  mahsulotlar  va  xizmatlarga  taalluqli  maxsus  bitimlar 
ajratiladi. Masalan, usimlik va xayvonot dunyosiniig yukolib borayotgan turlarining 
xalqaro  savdosi  bo‘yicha  Konventsiya,  shuningdek,  ishlab  chiqaruvchi  va 
iste‘molchilar  manfaatlarini  ko`zlagan  holda  keskin  narx  tebranishining  oldini 
olish yoki yumshatish maqsadida xom-ashyo resurslari savdosida qo‘llaniladigan 
ko‘p tomonlama shartnomalar. 
Bu  bitimlar  kontrogentlar  yoki  xorijiy  sheriklar  o‘rtasida  xalqaro  tijorat 
shartnomalari shartnoma tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
b) bojxona bitimlari; 
v) soliq bitimlari. Masalan,  ikki marta soliq olishning oldini olish maqsadida. 
Xalqaro munosabat qatnashchilarining soliq solish umumiy qoidalari, sharoitlari va 
tartibi to‘g‘risidagi soliq bitimlari; 
g)  investitsiyalarni  himoyalash  haqidagi  davlatlararo  bitimlar,  ya‘ni  iqtisodiy 
munosabat 
o‘rnatilayotgan 
ikki 
mamlakat 
o‘rtasida 
tuziladigan 
kapital 
qo‘yilmalarning o‘zaro kafolati va rag‘batlantirish haqidagi shartnomalardir. 
 
Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling