Hamroqulov xushbaxt sadriddinovich xalqaro moliya munosabatlari barqarorligini
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
д Hamroqulov X Халкаро молия муносабатлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Valyuta siyosatining iqtisodiy mazmuni va uning asosiy shakllaridan pul muomalasini tartibga solishda foydalanish
I bob bo’yicha xulosa So`nggi yillarda hukumatimiz tomonidan sanoat tuzilmasini diversifikatsiya qilinishi, eksportni qo`llab-quvvatlash, import o`rnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada oshirilishi natijasida eksport tarkibida sezilarli o`zgarishga erishildi. Jumladan, xom-ashyo eksportidan, qo`shilgan qiymati yuqori hamda sarmoya talab tovarlar eksportiga yo`naltirilgan tashqi savdo amalga oshirilmoqda. Respublikaning jahon xo‘jaligi tizimiga shaxdam qadamlar bilan kirib borishi uchun, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy aloqalarining 29 o‘rnatilishi tashqi faoliyatni boshqaruv tizimini tubdan o‘zgartirishni talab qiladi. Ushbu ko‘rinish respublika tashqi siyosati oldiga qo‘yilgan ikki muhim holat bilan bog‘liq: Birinchidan, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tashqi iqtisodiy munosabatlar uchun o‘zining mustaqil siyosatini ishlab chiqishi va uni amalga oshirishi uchun javobgar bo‘lgan maxsus tashkilotlar tuzish takozo etildi. Ikkinchidan, Respublikada milliy iqtisodiyotni tubdan o‘zgartirib, qaytadan ishlab chiqish, ya‘ni qayta qurish jarayoni tufayli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari kengaydi, ularga turli sohada tashqi iqtisodiy bitimlarni tuzishda kengroq huquqlar berildi. Ushbu sohadagi shartnomalarni, bitimlarni faqat davlat idoralari emas, balki mulkchilikning boshqa shakllariga asoslangan turli birlashmalar, korxona-tashkilotlarga ham tuzish imkoniyati berildi. Ushbu omillarni hisobga olgan holda respublikada tashqi iqtisodiy faoliyat va xalqaro moliya munosabatlarini boshqarish tizimi shakllanmoqda hamda uning tarkibiy qismiga kirgan tashkilotlar faoliyati takomillashtirilmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning tarmoq tashkilotlari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, yirik korxonalar va tashkilotlarning maxsus idoralar, yirik korxonalar va tashkilotlarning maxsus bulnmalaridan tashkil topgan. Ular tarmoq, idora, korxona va tashkilotlar tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi, xorijiy sheriklar bilan shartnoma va bitimlar tuzadi, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi. Ushbu tashkilotlarga: Davlat kimyo sanoati kontserni, Davlat metallurgiya sanoati kontserni, «Uzbeksavdo» uyushmasi, «Uzdonmahsulot», «Uzavtotrans», «O‘zbekiston temir yo‘llari», «O‘zbekiston havo yo‘llari», «Dori-darmon» hissadorlik uyushmasi va boshqalar. Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarilishida funktsional tashkilotlar ham muhim rol o‘ynaydi. Butashkilotlarga: Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy Bank, 30 Davlat soliq qo‘mitasi, Mexnat vazirligi, Davlat texnika qo‘mitasi va boshqalar kiradi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita iqtisodiy usullari ichida bojxona bojlari va tariflari juda muhim hisoblanadi. Ular yordamida xalqaro munosabatlarning kkrinishlaridan biri bo‘lgan tashqi savdo tartibga solinadi. Tariflarni o‘zgartirish orqali davlat eksport va importni rag‘batlantirishi yoki qisqartirishi, uning tuzilishini vujudga keltirishi, bu orqali esa, milliy ishlab chiqarish va iste‘mol munosabatlariga ta‘sir etishi mumkin. Bojxona tariflari, asosan, milliy darajada qo‘llaniladi va bunda qator vazifalarni bajaradi. 1. Fiskal, ya‘ni davlat byudjeti daromadlarini to‘ldirish manbai bo‘lib xizmat qiladi; 2. Protektsionistik, ya‘ni milliy ishlab chiqaruvchilarni chet el raqobatidan himoya qiladi; 3. Boshqaruv, ya‘ni iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg‘or siljishlar rag‘batlantiriladi. Shunday qilib, bojxona bojlari va tariflari milliy darajada bo‘lgani kabi millatlararo darajada ham, tashqi savdoni tartibga solishning muhim vositalari hisoblanadi. Xalqaro moliya munosabatlariga kadrlar tayyorlash sohasida ham, bir qancha murakkab vazifalar qo‘yilgan edi. Bu vazifalarga quyidagilarni kiritish mumkin: • respublikamizda faoliyat yuritayotgan institut va universitetlarning tashqi iqtisodiy munosabatlari, xalqaro marketing va menejment bulimlarida qo‘shimcha o‘quv-konsalting markazlarini tashkil etish; • universitet va unstitutlarning ukituvchi kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish; • iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatyotagan raxbar xodimlar va mutaxassislarni tashqi iqtisodiy tarkibda ish olib borishlarini ta‘minlash, malakasini 31 oshirish; • chet el universitetlarida va kompaniyalarida ukish va amaliyotga borishni tashkil etish va hokazolar. Tashqi iqtisodiy faoliyatning yangi strategiyasi iqtisodiyotning tarkibiy qismidagi inqirozni yengib o‘tish, iqtisodiy taraqqiyot va xalqaro mehnat taqsimotida, jahon savdosida yuqori sifatli mahsulotlar bilan ishtirok etish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish asosiy vazifalardandir. Buning uchun: Birinchidan, eksport saloxiyatini tiklash, rivojlantirish va eksport tarkibini yaxshilash. Buning uchun, qisqa fursat ichida eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni kuchaytirish, bu yerda nafaqat xom-ashyomiz va tabiiy resurslarimiz hisobiga balki, ilmiy-texnikaviy bilimlarimiz, arzon ishchi kuchi hisobiga, ishlab chiqarishning ustuvor sohalarini rivojlantirish hisobiga erishish kerak. Ikkinchidan esa, importni ratsionallashtirish muhim vazifalardan biri bo‘lib, bu yerda import siyosati nafaqat aholining turmush tarzi va manfaatlarini ko`zlab, balki iqtisodiyotni yangilash va raqobatbardoshligini ta‘minlashga xizmat qiladi. Mashinasozlik importida imkon boricha tayyor mashinalar, transport vositalari va texnologik asbob-uskunalari ko‘proq foydali kazilmalar kazish ishlari uchun va qayta ishlovchi sohalar uchun sotib olinishi kerak. Importning samarasini oshirilishida yana, O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar o‘rnini bosuvchi va kam xarajatlar sarflanadigan (ya‘ni, bu yerda albatta sotib olish va olib kelish uchun ketgan xarajatlar e‘tiborga olinib) mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish ham asosiy yo‘nalishlardandir. Uchinchidan, respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirishdir. Eksport potentsialini kengaytirishda va jahon xo‘jaligiga kirishning integratsiya jarayonida, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar iloji boricha sifatli va kam xarajat qilingan, jahon bozori shartlari va talablarini koniktiradigan darajada bo‘lishi shart. Buning uchun esa, asta-sekinlik bilan ichki va jahon ishlab chiqarish andozalari va mahsulotlar sifatini 32 bir-biriga yaqinlashtirish kerak. To’rtinchidan, texnologiyani yangilash va kengaytirilgan ishlab chiqarish saloxiyatini tashkil qilishga chet el investitsiyalarini jalb qilish. Chet el kreditlari uzoq muddatli va katta masshtabli investitsiyalarni ta‘minlashning yagona manbasi ekanligi ma‘lumdir. Bu masalada aniq bir maqsad sari intilish kerakligini ta‘kidlab o‘tish lozim. Respublikada chet el sarmoyalarini siyosiy va iqtisodiy riskdan sug‘urta qiluvchi institutlar yaxshi ishlamasa, chet el investitsiyasining respublikamizga kirib kelishi qiyinlashadi. Shuning uchun, respublikamizda chet el investitsiyasi uchun qulay shart-sharoitlar, aniq maqsad sari yo‘naltirilgan vazifalar yo‘lga qo‘yilishi zarur. Beshinchidan, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlash. Xalqaro moliya munosabatlari sohasi shartlari tashkil etilishida iqtisodiy xavfsizlik asosiy rollardan birini o‘ynaydi. Milliy xavfsizlikni ta‘minlashda tartibga solishning asosiy 3 xil ko‘rinishi mavjud: 1. Valyuta nazorati. 2. Eksport va import nazorati. 3. Xom-ashyoning strategik turlari olib chiqilishini tartibga solish. Ushbu sohalarning o‘ziga xos shakllari va tartibga solish uslublari mavjud. Albatta, yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalarga, tahliliy qarashlarga hamda nazariy xulosalarga ustuvor yo‘nalish sifatida e‘tibor berish, shak-shubxasiz xalqaro moliya munosabatlami rivojlantirish uchun xizmat qiladi. 33 II BOB. VALYUTA SIYOSATI, VALYUTA TIZIMI, VALYUTA BOZORI VA VALYUTA OPERATSIYALARINING XALQARO MOLIYA MUNOSABATLARIDAGI O’RNI 2.1. Valyuta siyosatining iqtisodiy mazmuni va uning asosiy shakllaridan pul muomalasini tartibga solishda foydalanish Bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq jarayonlarni boshqarishda, milliy valyutaning xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriy hamda kelajakdagi iqtisodiy munosabatlari tizimida valyuta siyosati muhim rol o‘ynaydi. U «ko‘p qirrali bashorat» (iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta‘minlash, ishsizlikning oldini olish va inflyatsiyani jilovlash, to‘lov balansining aktivligini saqlab turish) muhiti hisoblangan iqtisodiy siyosatning asosini egallashda, yetakchi o‘rin egallaydi. 15 Valyuta siyosatining shakli va o‘rni, mamlakatning valyuta-iqtisodiy holati, jahon xo‘jaligining evolyutsiyasi, jahon maydonidagi o‘rni bilan aniqlanadi. Tarixiy rivojlanishiga nazar soladigan bo‘lsak, birinchi navbatda, har qanday valyuta siyosatining asosiy maqsadlari quyidagi shakllanib kelmoqda: valyutaviy inqirozni bartaraf etish va valyuta qiymatining ta‘minlanganligi, valyutaviy cheklashlar, valyutaning erkin almashinuvi, valyuta operatsiyalarini erkinlashtirish va boshqalar. Mamlakatlar-aro munosabatlarda valyuta siyosatining asosiy jihati: hamkorlik va kelishuv, ya‘ni rivojlanayotgan mamlakatlarni ichki siyosatiga moliyaviy va maslahat xizmatlari orqali ko‘mak berish. Valyuta siyosati huquqiy jihatdan valyutaviy qonunlar asosida tartibga solinadi. Bularga huquqiy darajadagi chegaralaming umatilishi, mamlakat ichkarisida va mamlakat tashqarisida valyuta qimmatliklari bilan bo‘ladigan munosabatlami tartibga solish, yana valyutaviy muammolar bo‘yicha ikki tomonlama va ko‘p tomonlama, mamlakatlararo valyutaviy kelishuvlami tuzish kiradi. Yamayka valyutaviy kelishuv XVF nizomining o‘zgartirishi bilan, yangi 15 Mamatqulov X.M. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Ma‘ruzalar kursi. Samarqand, 2006. 34 jahon valyuta tizimi yo‘nalishini aniqlab berdi. Valyuta siyosati amalga oshirilishining asosiy yo‘llaridan biri, davlatning xalqaro hisob-kitoblari bajarilishini boshqarish va milliy, mamlakatlararo, hududlararo valyuta munosabatlarini amalga oshirishdan iborat. Valyutani tartibga solishning bevosita yo‘li qonuniy hujjatlar va hukumatning ijro organlari orqali amalga oshirilishi hisoblansa, bilvosita yo‘l bilan bozor agentlarining iqtisodiy harakatlanishiga, iqtisodiy usullar, xususan, valyuta-kredit usullari bilan ta‘sir etiladi. Xo‘jalik aloqalari umumiylashtirilishi, davlatlararo valyuta boshqarilishining rivojlanishiga sabab bo‘ldi. U quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi: ayrim mamlakatlar valyuta siyosatini muvofiqlashtirish, kelishgan holda valyuta inqirozini bartaraf etish, rivojlangan mamlakatlar valyuta siyosatining boshqa mamlakatlarga mos kelishi. Hududiy valyutaviy boshqarish iqtisodiy integratsiya birlashmalari chegarisida amalga oshiriladi. Valyuta siyosati - valyuta muammolarini hal etish bo‘yicha qarorlar tayyorlash, qabul qilish va tadbik etishdan iboratdir. Valyuta munosabatlarini tartibga solish bir necha pogonalardan iborat: • xususiy firmalar, birinchi navbatda, valyuta munosabatlarida aktiv ishtirok etayotgan va yirik valyuta mablag‘lariga ega bo‘lgan milliy va xalqaro banklar hamda korporatsiyalar kiradi; • xalqaro davlatlar qatoridagi milliy davlatlar (Moliya vazirligi, Markaziy bank, valyuta nazorati tashkilotlari). Xalqaro tartibga solishda valyuta, kredit va moliya siyosati quyidagi sabablar bilan shakllangan: 1. Milliy iqtisodiyotda valyuta, kredit va moliya munosabatlarining bir-biriga o`zaro bog‘liqligi. 2. Xo‘jalik munosabatlarini erkinlashtirish sharoiti-da bozor va davlat boshqaruvining bozor tomon yuz tutishi. 3. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, jahon siyosiy va iqtisodiy maydonida asosiy kuch hisoblangan AQSH o‘rnida uchta asosiy hamkorlik va 35 qarama-qarshi markazlarning tashkil topishi: AQSH, G‘arbiy Yevropa va Yaponiya. 4. Jahondagi yetakchi valyutalar, kredit va moliya bozorlari, ya ‘ni suzib yuruvchi kurslar, foiz stavkalari, birja inqirozlari va boshqalar o ‘zgarishining barqaror emasligi. 5. Ichki milliy iqtisodiy siyosatning, shuningdek, valyuta, kredit, moliya, bir- biriga o`zaro bog‘liq bo‘lmagan va ularning xalqaro xo‘jalikdagi integratsiyalashuvi. Mamlakatlararo valyutani boshqarish tashkiloti bo‘lib XVF hisoblanadi. O‘tgan asrning 70-yillaridan boshlab valyuta siyosatini muvofiqlashtirish bo‘yicha yig‘ilishlar bo‘lib utdi. Jumladan, 1975 yil Rambuyeda (Frantsiya) oltita yetakchi mamlakatlar ishtirokida; 1975 yil Parijda Xalqaro iqtisodiy hamkorlik to ‘g‘risida; 1976 yildan «Katta ettilik»ni (AQSH, Yaponiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada) yillik amaliy yig‘ilishlarini sanab o‘tish mumkin. 16 Valyuta siyosati maqsad va shakliga ko‘ra tarkibiy va joriyga bo‘linadi. Tarkibiy valyuta siyosati - jahon valyuta tizimi tarkibini o‘zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli tadbirlar majmuidir. Ular barcha mamlakatlarning maqsadlariga to‘g‘ri keladigan, alohida valyutalarni shakllantirishga qarshi qaratilgan valyuta tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Tarkibiy valyuta siyosati, joriy valyuta tizimiga o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi. Joriy valyuta siyosati - valyuta kursi, valyuta operatsiyasi, valyuta bozorining faoliyati va oltin bozorini qisqa vaqtda tezkorlik bilan boshqarishdir. Valyuta siyosatining quyidagi shakllari mavjud: diskont, deviz siyosati va uning ko‘rinishlari - valyuta interventsiyasi, valyuta zahiralarini diversifikatsiya qilish, valyutaviy cheklashlar, valyutaning almashuv darajasini boshqarish, valyuta kursining tartibi, devalvatsiya, revolvatsiya. Diskont (foiz stavkasi) siyosati. Foiz stavkasi - ssuda kapitalining yillik daromadini uning mutlok kattaligiga nisbatidan kelib chiqadi. Foiz o‘zining iqtisodiy ma‘nosi bo‘yicha, ssuda kapitalidan foydalanganlik 16 Nazarova G.G., Haydarov N.X Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T.: 2005. 36 uchun to‘lanadigan qo‘shimcha qiymatdir. Foiz stavkalari odatda foyda me‘yori orqali aniqlanadi, lekin amaliyotda foiz stavkasi darajasi ssuda kapitallariga bo‘ladigan talab va taklifdan kelib chiqadi. Bu talab va taklif bir qancha fundamental iqtisodiy hamda boshqa omillarga bog‘liq, ya‘ni: davr bosqichidan, inflyatsiya darajasidan, iqtisodni davlat tomonidan monopol boshqaruvidan, Markaziy bank siyosati va boshqalardan. Ichki omillar ham muhim o‘rin tutadi. Bular jumlasiga xorijiy, milliy va xalqaro bozordagi stavkalar darajasi, kapitallar harakatini cheklashlar, to‘lov balansini ahvoli kabilarni ko‘rsatish mumkin. Va nixoyat, bir qancha omillar borki, ular stavkalarning o‘sishiga tezrok ta‘sir etadi. Ammo, ular talab va taklifga, kutilayotgan inflyatsiyaning oldini olishga, xavf-xatarlar, soliqlar, valyuta kursi tushishi an‘anasiga va shu kabilarga ta‘sir etmaydi. Foiz stavkalarining joylashish jarayoni shu qadar murakkablashdiki, ssuda kapitallari bozoridagi holatlarni yoki foiz stavkalarini to‘g‘ri prognozlashni tushuntirib berish murakkabdir. Shu bilan birgalikda, foiz stavkalarining tarkibi yetarli darajada egiluvchandir. Foiz stavkalari tarkibi asosida ob‘ektiv tarzda pul bozori stavkasi yotadi. Ya‘ni, juda keng tarqalgan va likvidli qisqa muddatli operatsiyalar stavkalari tijorat banklari o‘z kredit faoliyatini qayta moliyalashtirishda qo‘llaniladi. Stavkalar tarkibi asosida pul bozorining rasmiy hisob stavkasi (qayd qilingan) yoki Markaziy bankning operatsiyalari bo‘yicha joriy stavkalari yotadi. Bu stavkalar har doim pul bozori stavkalaridan past bo‘ladi, chunki Markaziy bank tomonidan qayta hisobga olingan tijorat veksellari, valyuta kursi xavf-xatarlaridan xolirok bo‘ladilar. Shunday qilib, banklar Markaziy bank tomonidan odatiy holda qayta moliyalashtirilishlari mumkin. Davlat uchun rasmiy hisob stavka kursi valyuta-pul bozorini tartibga solishning asosiy yo‘llaridan biridir. Shuning uchun, veksellarning barchasini qayta hisobga olishda foydalanilmaydi (aktseptlovchi banklar soni chegaralangan). 37 Pul-valyuta bozorining stavkalar tarkibini ikkinchi asosiy elementlariga xazina veksellari stavkalari kiradi. Ba‘zan bu alohida mamlakatlar (Kanada, Italiya, Shvetsiya, Yaponiya) da rasmiy foiz stavkasidan past bo‘ladi. Chunki, xazina veksellariga kafolatlovchi sifatida hukumatning o‘zi turganligidir. Shuningdek, hukumatning o‘zi kafolat beruvchi sifatida turganligi uchun bu veksellar eng likvidli aktivlar toifasiga kiradi. Pul-valyuta bozorining uchinchi asosiy elementlariga banklararo depozitlar va unga yaqin depozit sertifikatlari stavkalari kiradi. Bu stavkalar rasmiy kurs stavkasidan kam, xazina veksellari stavkasidan esa, hamisha yuqori turadi. Hududiy valyuta bozorlarning rivojlanishi bilan foiz stavkalarining muayyan turlari ko‘paymoqda. Masalan, LIBOR (London Interbank Offered Rete - LIBOR) - London banklararo mablag‘larga taklif stavkasi yuzaga keldi va juda keng kuUanilmoqda. LIBOR o‘zida London banklarining bir-biriga ta‘minlanmagan ssudalar (1 oydan 1 yilgacha) berishning o‘rtacha foiz stavkasidir. LIBOR AQSH dollarida qo‘llanilishi keng tarqalgan, lekin bu LIBORni boshqa evrovalyutalarda qo‘llanilmasligini anglatmaydi. 17 Xalqaro ssuda kapitallari bozorining rivojlanishi bilan LIBOR stavkasiga o‘xshash boshqa stavkalar paydo bo‘ldi: PIBOR (Parij), SIBOR (Singapur), NIBOR (Nyu-York, Norvegiya), KUBOR (Kuvayt), LYuKSIBOR (Lyuksem-burg) va shu kabilar. Bularning barchasida valyutadagi foiz stavkalari «tenglashish» an‘anasiga ega, chunki ular Evrobozorda hududiy markaziy yaqinlikdadirlar. 1985 yildan Frankfurt-Maynda FIBOR (Germaniya markasi uchun), Amsterdamda AIBOR (gulden uchun) stavkalari qo‘llanila boshlangan. Deviz siyosati. Valyuta interventsiyasi. Markaziy bankning deviz siyosatining eng keng tarqalgan shakli, valyuta interventsiyasi hisoblanadi. 17 Mejdunarodnie ekonomicheskiye otnosheniya. Pod red. A.I. Yevdokimova. M., 2003. 38 2.1-jadval O’zbekiston banklarida mavjud xorijiy kreditlar yo’nalishlari 18 Moliya tashkilotining nomi Korеya eksimbanki (Koreaeximbank) Turkiya Eksimbanki Xitoy davlat tarqqiyot banki Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki Krеdit yo‗nalishidan foydalanish maqsadi Korеyadan tovarlar, asbob-uskuna va xizmatlarni sotib olish kontarktining 85%gacha qiymatini moliyalashtirish Turkiyadan tovarlar, asbob- uskuna va xizmatlarni sotib olish kontarktining 85%gacha qiymatini moliyalashtirish Xitoydan tovarlar, asbob-uskuna va xizmatlarni sotib olish kontarktining 100 %gacha qiymatini moliyalashtirish (kamida 50%) Mеva-sabzavot va boshqa qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‗yicha kontraktning 100 %gacha Krеditning minimal va maksimal summasi - Minimal va maksimal summa ko‗zda tutilmagan Maksimal summa - ko‗zda tutilmagan; Minimal summa - 100,0 ming AQSh dollaridan boshlab. Maksimal summa - 2,0 mln.AQSH dollarigacha (4 mln AQSh dollari klastеr ko‗rinishida ajratilganda); Minimal summa - ko‗zda tutilmagan. Krеdit yo‗nalishining maksimal muddati 5-7 yil 10 yilgacha 9 yilgacha 7 yilgacha Yillik foiz stavkasi Libor + KЕKSIM banki marjasi (har bir loyiha bo‗yicha aloxida) + O‗zmilliybank marjasi (har bir loyiha bo‗yicha alohida) Jami 10-11 % atrofida Libor + chеt el banki marjasi + O‗zmilliybank marjasi Jami 9- 10 % atrofida 6 oylik Libor + yillik 3,2% XDTB marjasi + O‗zmilliybank marjasi Jami 9-10 % atrofida 6 oylik Libor + chеt el bankining o‗zgaruvchan sprеdi + 0.2% MF marjasi + O‗zmilliybank marjasi Jami 6-7 % atrofida Loyiha bo‗yicha imtiyozli davr 1 yilgacha Asbob-uskuna o‗rnatilganidan so‗ng 6 oy 3 yilgacha, biroq 2021 yilning 5 iyunidan kеchiktirilmagan holda 2 yilgacha Boshqaruv komiisiyasi Krеdit summasining 0,2% Krеdit summasining 0,2% Krеdit bo‗yicha qoldiqning 0,3% to krеdit to‗liq qoplanmaguniga qadar Krеdit summasining 0,5% 18 https://nbu.uz/uz/small-business/xorijiy-kredit-yo-nalishlari/ 39 Markaziy bankning milliy valyuta kursiga ta‘sir etish maqsadida valyuta bozorida chet el valyutalarini sotib olish yoki sotishiga valyuta interventsiyasi deyiladi. Hozirgi davrda valyuta interventsiyasidan ko‘zlangan maqsad - valyuta kursining qisqa vaqt oralig‘ida, kutil-maganda yuzaga keladigan keskin tebranishlarga barham berish hisoblanadi. Markaziy banklar valyuta kursini istalgan darajada o‘zgartirish imkoniyatiga ega emas, chunki ular valyuta bozorlarida tijorat banklari bilan raqobat kila olmaydilar. Shu sababli, valyuta interventsiyasidan maqsad valyuta kursining keskin tebranishlari oqibatlarini yumshatish hisoblanadi. 19 Valyuta interventsiyasi rasmiy oltin-valyuta zahiralari yoki Markaziy banklarning banklararo «SVOP» bitimlari hisobiga amalga oshiriladi. Valyuta interventsiyasi XLX asrdan boshlab qo‘llanila boshladi. Masalan, Gollandiya Markaziy banki, Avstriya-Venger banki milliy valyuta kursini barqaror tarzda ushlash uchun undan foydalanishgan. Oltin monometallizmi bekor qilingandan so‘ng, valyuta interventsiyasidan foydalanish keng tarqaldi. 1929- 1933 yilgi jahon iqtisodiy inqirozi yuzaga kelgan sharoitda, Markaziy banklar valyuta dempingiga ko‘mak berish uchun o‘z valyutalari kursini tushirish maqsadida valyuta interventsiyasidan foydalandilar. Valyuta interventsiyasi o‘tkazishning moddiy bazasi vazifasini, 1930- yillarda AQSH, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Kanada va boshqa mamlakatlarda tashkil qilingan, maqsadli valyuta fondlari - oltin, chet el va milliy valyutalarda tashkil etilgan davlat fondlari o‘tadi. Hozirgi sharoitda bu fondlarning roli va yo‘nalishi ayrim davlatlarda alohida xususiyatga egadir. Masalan, Frantsiyada bu maqsadli valyuta fondi mamlakat rasmiy oltin-valyuta zahiralarining summasi miqdorida ajratilgan fonddir. Frantsiya Markaziy banki o‘zining interventsiya operatsiyalari hajmini va xarakterini oshkor kilmaslik uchun uning ulchov 19 https://www.academia.edu/34974145/Xalqaro_moliya_munosabatlarida_mamlakat_valyuta_siyosatining_orni_va_ah amiyati_Reja 40 ko‘rsatkichlarini matbuotda e‘lon kilmaydi. AQSHda maqsadli valyuta fondi haqiqiy ahamiyati va zaruratini yo‘qotdi (uning hajmi 2 mlrd. AQSH dollari bo‘lib, u 1934 yil tashkil topgan vaqtdan beri o‘zgarmasdan qolmoqda). Chunki, Federal Zaxira banklari valyuta interventsiyasini, asosan, chet el Markaziy banklarining «SVOP» bitimlari asosidagi kreditlari hisobiga amalga oshirilmoqda. Buyuk Britaniyada maqsadli valyuta fondi, mamlakatdagi oltin - valyuta zahiralarini o‘zida mujassamlashtirgandir. Brettonvud tizimi doirasida valyuta interventsiyasi, asosan, qat‘iy belgilangan kurslar qadrini ushlab turish maqsadida o‘tkazilardi. Interventsiyani o‘tkazishda asosiy valyuta AQSH dollari bo‘lgani uchun, AQSH boshqa davlatlarga uning kursini ma‘lum darajada ushlash yuzasidan majburiyat qo‘ydi. Yamayka tizimida suzib yuruvchi valyuta kurslariga o‘tilgandan so‘ng, valyuta interventsiyasi, asosan, kurslar tez tebranishining oldini olish maqsadida o‘tkazilardi. AQSH dollarini zahira valyuta sifatidagi roli pasayishi oqibatida, valyuta interventsiyasida AQSH dollari bilan bir qatorda nemis markasi hamda bir qator G‘arbiy Yevropa va Yaponiya davlatlari valyutalari qo‘llanila boshlandi. Hozirgi vaqtda, har qanday interventsiyaning oxirgi maqsadi, valyuta bozoridagi vaziyatni barqaror ushlash hamda valyuta kurslari tez tebranishining oldini olishdan iborat. Valyuta bozoridagi barqaror holat, birinchi navbatda, tashqi iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, butun iqtisodiyotni rivojlanishini ta‘minlaydi. Valyuta interventsiyasining uzoq muddatli maqsadlari sifatida, hukumat tomonidan bozordagi holatni, mamlakatning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan moslash, xususan, milliy valyuta kursining oshib yoki tushib ketishining oldini olish, iqtisodiyotni xalqaro valyuta-kredit kon‘yunkturasining salbiy ta‘siridan saqlash-larini ko‘rsatish mumkin. Ba‘zan, davlat o‘z valyuta kursini real bo‘lmagan kurs darajasida saqlashga harakat qiladi. Ko‘pgina Markaziy banklar mamlakatning oltin-valyuta zahiralari bilan o‘tkaziladigan operatsiyalarga extiyotkorlik bilan yondoshmoqdalar va kamroq xarajat talab qiladigan usullardan foydalanishga intilmoqdalar. 41 Oxirgi yillar davomida, yetakchi mamlakatlar bir necha marta muvofiqlashgan valyuta interventsiyasini o‘tkazdilar. Ularning asosiy maqsadi bo‘lib, AQSH dollari kursini tushirish yoki hech bo‘lmaganda uning kursi o‘sishining oldini olish edi. Biroq, o‘tkazilayotgan operatsiyalar summasi nisbatan kam bo‘lganligi sababli, sezilarli yutuqlarga erishilmadi. Shunday bo‘lsada, shu narsa aniq bo‘ldiki, alohida mamlakatlarning shartli interventsiyasiga nisbatan muvofiqlashgan interventsiyaning natijasi ta‘sirchanroqdir. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling