Hamza hakimzoda niyoziy hayoti va ijodining
Oriental Renaissance: innovative
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
hamza-hakimzoda-niyoziy-hayoti-va-ijodining-mustaqillikkacha-o-rganilishi
Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 168 w www.oriens.uz 2021 February xush ko‘radi. Bunday shoirlarda xato, nuqson, adashuv, ikkilanish, hatto nimalardandir kechish ham bo‘ladi. Chunki ular belgili “ijodiy” niyat, so‘nik qalb bilan qalam tebratolmaydi. Dolzarb mavzularda qatorlashtirib she’riy “haykalcha”lar yasash ham qo‘lidan kelmaydi. Chin shoir g‘oyaviy xato va chalg‘ishlarining tamaliga yetib borib so‘zlash esa tiriklik va adabiyot manfaatiga xizmat qiladi. Aytaylik, Hamzanikiday zidiyatli, qaltis yo‘lni bosib o‘tishga andak-mundak shoirning mardligi, jur’ati, shiddati urvoq ham bo‘lolmaydi. Ana shu haqiqat mushohada etilganda ehtimolki, adabiy tanqid “chumchuq”ni “qarchig‘ay”, “qarg‘a”ni “bulbul”, “tulki”ni “arslon” deb ta’riflashlardan bir muncha tiyilardi. O’zbek adabiyoti Hamza Hakimzoda kabi ijodiy taqdiri chigal boshqa bir ijodkorni topish qiyin masala hisoblanadi. Adibning makatab darsliklariga kiritilishi, undagi ma’lumotlar masalasi ham bir qadar bahsli muammolardan hisoblanadi. Dastlab Sarvar Azimov hamda Yusuf Sultonovlarning 1975 yilda chiqqan “O’zbek sovet adabiyoti” darsligi haqida. Bu kitobda Hamza Hakimzoda Niyoziy hayoti va ijodi haqida alohida bob keltirilgan. Bu kitobning nechanchi sinfga mo‘ljallangani haqida yozilmagan, faqat “O’rta maktab uchun darslik” degan izoh berilgan, xolos. Hamza Hakimzoda Niyoziy ijodi quyidagi bo‘limlarga bo‘lingan holatda bayon etilgan: “Yoshlik yillari”, “Ijodining boshlanishi”, “Hamza Hakimzoda – ma’rifatparvar”, “Hamza Hakimzoda – revolutsiya kuychisi”, “Sotsializm qurish yillaridagi ijodi”, “She’rlarining badiiy xususiyati”, “Hamza Hakimzoda – birinchi o‘zbek sovet dramaturgi”, “Boy ila xizmatchi”, “Jamila obrazi”, “Solihboy obrazi”, “Qodirqul obrazi”, “Dramaning kompozitsiyasi”, “Boy ila xizmatchi” dramasining ahamiyati”, “Hamza Hakimzoda traditsiyalarining davom ettirilishi”, “Hayotining so‘nggi yillari”. Yuqoridagi bo‘limlardan Hamzaning hayot yo‘liga doir ma’lumotlarni ko‘rib chiqamiz. Bu ma’lumotlar o‘zbek sovet peziyasi Hamzaning “Yasha, Sho‘ro!”, “Uyg‘on!”, “Biz ishchimiz”, “Berma erkingni qo‘ldan!” kabi she’rlari bilan boshlanishi, o‘zbek sovet dramaturgiyasining dastlabki namunlari ham uning dramalaridan ekanligi uqtirilgan. Hamzaning fikri-tafakkurining o‘zgarishida 1905 yilgi va undan keyingi inqilobiy voqealarning o‘rni kattaligi haqida ma’lumotlar beriladi. Bolaligi, otasining kasbi tabibligi, otasi ham ilm- ma’rifatga yaqin odam bo‘lganligi borasida ham fikrlar bayon etilgan. “Hamza Hakimzoda – ma’rifatparvar” deb nomlangan bobda uning ma’rifatchilik borasida amalga oshirgan ishlari sanab o‘tilgan. Bu ishlarni, bilamizki, Hamza o‘sha davrda xalqning ma’rifatli bo‘lishini o‘ylab amalga oshirgan. Ammo mazkur kitobda bu inqilobchi Hamzaning inqilobiy ruhdagi ishlari sifatida baholanganini ko‘rishimzi mumkin. Shu bilan birga, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling