Hamza hakimzoda niyoziy hayoti va ijodining


Oriental Renaissance: innovative


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana06.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1277637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hamza-hakimzoda-niyoziy-hayoti-va-ijodining-mustaqillikkacha-o-rganilishi

Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784
 
169 
w
www.oriens.uz
2021
 February 
 
Hamzaning darslik tuzish borasidagi ishlari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan: 
“O’quvchi bolalar uchun o‘z ona tilida darslik va qo‘llanmalar yo‘q edi. Shuning 
uchun Hamza Hakimzoda ana shunday darslik va qo‘llanmalar tuzishga kirishadi. 
1914-1915 yillarda yozgan “Yengil adabiyot”, “Boshlang‘ich maktablar uchun o‘qish 
kitobi” kabi asarlari uning bu sohadagi birinchi tajribalari edi. Bu kitoblariga kiritgan 
she’r, hikoya va masallarida (“Ilm ista”, “To‘g‘ri so‘z bola”, “Toshbaqa bilan 
chayon”) yozuvchi yosh avlodni ilm-ma’rifatga havaslantiradi, rostgo‘y, g‘ayratli va 
hushyor bo‘lishga chaqiradi. 
Bu asarlaridan yana shu narsa ko‘zga tashlanib turadiki, Hamza Hakimzoda 
bolalarga yaxshi tarbiya berish uchun xalq og‘zaki adabiyotidan ijodiy foydalangan. 
U o‘zbek xalq ertaklari va masallarini yangi mazmun bilan boyitib, yana xalqqa 
taqdim etgan. Bu ishda u rus va o‘zberk klassik yozuvchilaridan o‘rnak olgan”.
1
Ushbu parchadan bilishimiz mumkinki, Hamzaning ma’rifat borasida amalga 
oshirgan ishlari tahsinga sazovor. U maktablar ochibgina qolmay, bu maktablarda 
o‘qiydigan o‘quvchilar uchun dars;liklar ham yaratdi. Bu ishlarning ma’rifiy ko‘lami 
nihoyatda keng hisoblanadi. O’sha davr kitoblarida bo‘lgani kabi bu kitobda ham 
Chor Rossiyasining siyosati qattiq qoralangan. Hamzaning faoliyatiga eng katta 
to‘siq sifatida yuqorida nomi zikr etilgan hukumat ko‘rsatilgan. Ushbu kitobni o‘qish 
davomida qiziq bir paradoksli holatga duch keldik. Biz bilamizki, Hamza Hakimzoda 
Niyoziy Avloniy, Behbudiy, Fitrat kabi jadidchilik faoliyatini yuritgan vakillardan 
hisoblangan. Ammo Sho‘ro davri darsliklarida Hamza jadid sifatida ta’kidlanmagan, 
aksincha, u jadidchilar bilan murosaga kela olmaydigan, ularga teskari 
munosabatdagi inson sifatida tasvirlangan. Quyidagi parchaga e’tiboringizni qarating: 
“Burjua millatchi yozuvchilari, jadid yozuvchilari o‘zbek adabiy tili 
taraqqiyotini bo‘g‘ishga uringanlar. Ular o‘zbek xalqi singdira olmaydigan arxaik 
so‘zlardan ko‘plab ishlatib, o‘zbek tilini qiyinlashtirishga harakat qilganlar”.
2
Bu ma’lumotlar haqiqatdan uzoq. Chunki jadidlar adabiyotni xalqdan 
uzoqlashtirish emas, balki xalqqa yaqinlashtirishga harakat qilishgan. Ular adabiyotni 
xalqqa yaqinlashtirish maqsadida turli shakllar, janrlarni sinab ko‘rganlar.
Endi 1979-yilda chop etilgan “O’zbek sovet adabiyoti” maktab darsligi haqida 
mulohaza yuritamiz. Sarvar Azimovning ushbu kitobida Hamza haqidagi 
ma’lumotlar inqilobga hamd-u sano o‘qish bilan boshlanadi. Birgina abzasda 3 marta 
revolutsiya degan so‘zga duch kelish ham uchraydi, bu ham o‘sha davr uchun xos 
xususiyatlardan biridir. Mazkur kitobda Hamza tug‘ilganidayoq inqilobchi, ateist 
1
Азимов С. Султонов Ю. Ўзбек совет адабиёти. Ўрта мактаб учун дарслик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1975. 96 б. 
2
Азимов С. Султонов Ю. Ўзбек совет адабиёти. Ўрта мактаб учун дарслик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1975. 99 б. 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling