Hamza hakimzoda niyoziy hayoti va ijodining


Oriental Renaissance: innovative


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana06.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1277637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hamza-hakimzoda-niyoziy-hayoti-va-ijodining-mustaqillikkacha-o-rganilishi

Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784
 
172 
w
www.oriens.uz
2021
 February 
 
Hamza Hakimzodaning o‘limi bilan bog‘liq ma’lumotlarda bir qator 
mavhumliklar uchraydi. Jumladan, uning suiqasd asosida o‘ldirilishi va tasodifiy 
qurbonga aylanishi o‘rtasida nomutanosiblik bor. Biz oldingi boblarda Nabijon Boqiy 
hamda Q.Rajabovlarning fikrlariga tayanib, Hamzaning o‘limi chuqur o‘ylangan 
hodisa bo‘lsa-da, tasodifan amalga oshib qolgani haqida mulohaza yuritgandik. Shu 
naqtayi nazardan, Hamzaning toshbo‘ron qilib o‘ldirilishi masalasi yuzasidan hali 
ham olimlar turli-tuman fikrlarga borishmoqda. Bir til, bir yurt, bir din va millatga 
mansub kimsalarning shoirni o‘ldirishi izohlab bo‘lmas bir vahshiylik va qabohatdir. 
Lekin o‘lmas shoirning qotillari kimlar ekanligi to hanuz to‘liq ma’lum emas. Bu 
qonli tarixning yashirin “qatlam” va sirlarini ochish o‘z-o‘zidan qator jumboqlarga 
aniqlik kiritadi. 
Bizningcha, din arboblari – mulla-yu eshonlarni Hamzaga qarshi qayragan 
g‘ayridin kommunistlar bo‘lib (chunki Hamzaning vujudidan qaynab-toshib chiqqan 
milliy ruh va shuur ularga umuman yoqmagan), uning ijodiyotini soxtalashtirib, 
g‘ayriilmiy tamoyilda talqin va targ‘ib qilishda ham ularning ishonchli olimu 
shoirlari bosh-qosh bo‘lishgan. 
Hamza martaba, mavqe, unvon, mukofot, boylik, shon-shuhrat, nomini 
abadiylashtirish qayg‘usida qalam tebratmagan. Qalamni u qilichdan-da o‘tkirroq 
ekaniga ishongani bois, xavf-xatarlarni nazarga ilmay, o‘lim tahlikasini ham go‘yo 
qo‘shiqqa aylantirgan: 
Haq yo‘lida jon bersak, bo‘lsak millat qurboni, 
Din xizmatina kirsak, bo‘lsak millat qurboni. 
Mana shunday she’rlarni yozish uchun insonda qanchalar jasorat va yurak 
bo‘lishi kerak?! Balki, shuning uchun ham adabiyotshunos va adib Ulug‘bek 
Hamdam o‘zining “Hamza – o‘zbek adabiyoti asoschilaridan birimi?” deb nomlangan 
maqolasida ko‘plab jadid shoirlari kabi Hamzani ham baxtli ijodkorlar safida qo‘yadi: 
“Akademik Naim Karimov yozadi: “XX asr boshlarida tug‘ilgan va shakllangan jadid 
adabiyoti o‘z oldiga yangi adabiy badiiy vazifa qo‘ydi va vazifani o‘tash jarayonida 
shu vaqtga qadar adabiyotimiz xazinasida bo‘lmagan yangi adabiy tur va janrlar
tasvir vositalari va usullarining yuzaga kelishini taqozo etdi”. Binobarin, bugungi, 
zamonaviy o‘zbek adabiyoti aynan keyingi yangilanish yo‘lidan, jadidlar boshlab 
bergan qutlug‘ yo‘ldan rivojlanib borayotganligining o‘ziyoq adabiyotimizda yuz 
bergan so‘nggi tub burilishning naqadar ahamiyatli ekanini ko‘rsatadi. XX va XXI 
asr mobaynida adabiyotimizning deyarli barcha sohalarida yuz bergan asosiy 
o‘zgarishlar, yangilanishlar ana shu ikkinchi tub burilish maydonida sodir bo‘ldi va 
bo‘lmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Chunki tub burilish bo‘lishi uchun 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling