Hamza hakimzoda niyoziy hayoti va ijodining
Oriental Renaissance: innovative
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
hamza-hakimzoda-niyoziy-hayoti-va-ijodining-mustaqillikkacha-o-rganilishi
Oriental Renaissance: innovative,
educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 170 w www.oriens.uz 2021 February bo‘lib tug‘ilganday taassurot qoldiradigan ma’lumotlar keltirilgan. Hamzaning tarjimayi holidan parcha keltiriladi: “Otam o‘qimishli bo‘lgani uchun, - deb yozadi u avtobiografiyasida, - 1898 yilda o‘zbekcha, forschaga tom savodli bo‘lib, 1899 yildan 1906 yilgacha madrasada eski usul bilan dars o‘tishda davom etdim”. Madrasada, asosan, diniy darslar o‘qitilar edi. Bu Narsa Hamzaga yoqmaydi. U madrasadan chiqib, o‘zicha bilim olishga kirishadi. Rus tilini sevib o‘rganadi, badiiy adabiyotga qiziqadi. O’zbek va fors-tojik adabiyotlari hamda ulug‘ rus adabiyoti klassiklari asarlarini qunt bilan o‘qiy boshlaydi, xalq ertaklari, dostonlari va ashulalarini zehn qo‘yib tinglaydi”. 3 Ushbu parchadan Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida qauyidagi ma’lumotlarni bilib olishimiz mumkin: -Hamzaning otasi o‘qimishli bo‘lgani; -yetti yil davomida madrasa ko‘rgani; -o‘zbekcha va forschaga tom savodli bo‘lgani; -madrasa ta’limidan so‘ng rus tilini mustaqil o‘rgangani va bu til orqali rus adabiyotiga muhabbat qo‘ygani. Ammo yuqorida ta’kidlaganimizdek, tug‘ilganidayoq dinga narat va inqilobga muhabbat bilan dunyoga kelganday taassurot qoldiradigan fikrlar berilishi kishida haqli e’tiroz uyg‘otadi. Ammo o‘sha davrda zamon shunday fikrlarni talab qilgan. Shu bois darslik mualliflari ham hukmron mafkura talablaridan kelib chiqqan holda ma’lumotlarni taqdim etgan. Keyingi tahlillarda ham ushbu pozitsiyadan yondashamiz. Ushbu darslikda Hamzaning mumtoz an’analar ruhida ulg‘aygani haqida ham ma’lumotlar beriladi. Jumladan, uning Lutfiy, Alisher Navoiy, Fuzuliy ijodini sevib o;’qigani, Muqimiy va Furqat kabi shoirlariga ergashgani haqidagi ma’lumotlar ham keltiriladi. Uning “Nihoniy” taxallusini qo‘llagani haiqda aytilsa-da, bu taxallus bilan g‘azallar bitganiga negadir to‘xtalinmagan. Bu darslikda Hamza Hakimzoda Niyoziyning ma’rifatchilik faoliyati haqida ham ma’lumotlar berilgan. Chunonchi, “1914-1915 yillar mobaynida Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida maktab ochib, o‘qituvchilik qiladi. U keng xalq ommasiga ma’rifat tarqatishni nazarda tutadi va maktabiga bolalarni jalb qilishga intiladi. Shuning uchun ham, uning o‘zi aytganidek, “oylik vazifa to‘lab, o‘quvdan ojiz qolgan faqir va bechora bolalar”ning o‘qiy olishlari uchun “Yordam jamiyati” tashlik etadi. 3 Азимов С. Аҳмедов Қ. Султонов Ю. Ўзбек совет адабиёти. 9- синф учун дарслик. Бешинчи нашри. – Тошкент:“Ўқитувчи”, 1979. 70 б. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling