Hamza hakimzoda niyoziy hayoti va ijodining


Oriental Renaissance: innovative


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana06.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1277637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hamza-hakimzoda-niyoziy-hayoti-va-ijodining-mustaqillikkacha-o-rganilishi

Oriental Renaissance: innovative, 
educational, natural and social sciences
 
 
VOLUME 1 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784
 
171 
w
www.oriens.uz
2021
 February 
 
O’sha vaqtlarda o‘lkada muntazam maktablar juda oz bo‘lib, ularning eshigi 
faqat bir guruh boy bolalarigagina ochiq edi. Mehnatkashlar bolalarining o‘qishi 
uchun imkoniyat yo‘q edi. Savodlilarning umumiy soni 1,6 foizdan oshmas edi. 
Bunday og‘ir sharoitda, zulmat hukmronligida, Hamza Hakimzodaning xalqni 
ma’rifatli qilish yo‘lidagi olijanob tashabbusi uchqunday chaqnab ko‘rindi”.
4
Yuqoridagi ma’lumotlardan bilishimiz mumkinki, Hamza Hakimzoda 
Niyoziyning tashabbuslari, ilg‘or tajribalari sovet hukumati tomonidan ham ham tan 
olingan. Uning maktab ochish, umuman, maorif sohasidagi fidoyiligi masalasi doimo 
e’tirof etilgan. Ayniqsa, yo‘qsillarning farzandlarini tekinga o‘qitish g‘oyasi 
mafkuraviy qoliplarga juda ham mos tushganligi sababli darsliklarda ayni shu 
jihatlarga asosiy e’tibor qaratilgan. Uning darsliklar yaratgani haqida ham fikrlar 
bildirilgan. E’tiborli jihati shundaki, sovet davrida yaratilgan darsliklarning deyarli 
barchasida Hamza ijodini o‘rganishda “Ulug‘ Oktyabrning otashin kuychisi” 
mazmunidagi boblar mavjud bo‘lgan. Bu bobda shoirning tug‘ma revolutsioner 
bo‘lgani, inqilob uchun qanday fidoyiliklar ko‘rsatgani kuchli pafosda tahlil qilingan. 
Va bu bobda, albatta, Leninning fikrlaridan iqtiboslar keltirilgan. 
“Hayotining so‘nggi yillari” deb nomlangan bobda Hamzaning umri oxiri 
hikoya qilinadi. Uning Shohimardonga borishi, u yerda faoliyat yuritishi, xalq 
hayotini yengillashtirishga harakat qilishi, xurofotga berilgan aholini uyg‘otishga 
uringani haqida ma’lumotlar uchraydi: “Hamza qishloq aholisi o‘rtasida eski urf-
odatlar, diniy xurofotlarga qarshi otashin agitatsiya olib bordi. Shu bilan birga
yangilikning, sovet tuzumining fazilatlarini ko‘rsatib berishga zo‘r e’tibor berdi. 
Hamza Hakimzoda Respublika miqyosida ham aktiv jamoat arbobi sifatida 
ko‘zga ko‘rinadi. U 1929 yil fevralda chaqirilgan Farg‘ona okrug sovetlar syezdiga 
vakil qilib saylanadi. 
Hamza Hakimzoda sotsialistik qurilishimizning barcha sohalarida aktiv 
qatnashadi. U eski turmush qoldiqlariga, diniy xurofotlarga, sinfiy dushmanlarga 
qarshi keskin va mardona kurash olib boradi. O’zbek sovet adabiyoti va san’atining 
yuksak g‘oyaviyligi uchun, burjua millatchiligiga qarshi va har qanday yot ta’sirlarga 
qarshi murosasiz kurashadi. Unga xalq muhabbati va ishonchi yanada ortadi. Bir 
to‘da qora kuchlar esa Hamzaga suiqasd uyushtiradilar va 1929 yil 18 mart kuni uni 
fojiona o‘ldiradilar”.
5
4
Азимов С. Аҳмедов Қ. Султонов Ю. Ўзбек совет адабиёти. 9- синф учун дарслик. Бешинчи нашри. – 
Тошкент:“Ўқитувчи”, 1979. 72 б. 
5
Азимов С. Аҳмедов Қ. Султонов Ю. Ўзбек совет адабиёти. 9- синф учун дарслик. Бешинчи нашри. – 
Тошкент:“Ўқитувчи”, 1979. 99 б. 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling