Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Ijro hokimiyati rahbarining qonun ijodkorligi funksiyasi
Download 181.76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sud nazoratidagi ma`muriyat
Ijro hokimiyati rahbarining qonun ijodkorligi funksiyasi
Ko’plab Konstitutsiyalarda ijtimoiy so’rovlarsiz, urush, qozg’olonlar va krizis ka’bilar bo’magan paytda hokimiyat bo’linish prinsipiga ko’ra ijro hokimiyati rahbariga qonun ijodkorligi vakolatini “buyruqlar berish” shaklida berishni nazarda tutadi. Oddiy qonun chiqaruvchi organdan tashqari, shimoliy davlatlar konstitutsiyasida boshqa qonunchilik organlarini ikkilamchi qonun chiqaruvchi organlar deb ataladi. G`arb davlatlaridagi ijro hokimiyati rahbarining vakolatlari juda keng bo’lgan. Ijro hokimiyati rahbari ilgari bu qonun yoki qoida tartibga so’lingan edi degan savollarga javob bera olgan. Bu formula garb davlatlarining rahbarini qonunchilik vakolatlarini belgilab bergan, lekin bu unchalik to’g’ri emas. Agar huquqiy tartibga so’lish mavjud bo’lsa, qonun bilan tartibga solinmagan munosabatlarga nisbatan savolga o’rin yo’q. Lekin bu narsan huquq tizimida amalga oshirishni iloji yo’q. Agar huquq insonlarni ma’lum bir ko’rinishdagi tartibga chaqirish majburiyatini olmasa, insonlar qonuniy ozod bo’ladilar: va o’zlarini qonuniy bo’lishlarini ta’minlay olmaydilar. Kimki ushbu ishga harakat qilmasin, bu qonun buzilishiga olib keladi va o’z ma’nosidan amaldagi qonunni buzilganligini anglatadi. Qonuniy tartib shaxsiy daxlsizlik huquqini anglatadi. Ushbu soha himoyalangan va nazorat qilinadi, majburlov kuchiga ega bo’lgan davlat organlari bu sohaga aralashishmaydi. Ayrim bir davlat organlari daxlsizlik huquqiga aralashishi mumkin, chunki bu ularning vazifasi hisoblanadi, insonlar huquqiy tartibga rioya qilishlari kerak chunki ularning faoliyat chegarasi belgilab qo’yilgan. Agar davlat rahbari Konstitutsiyaga ko’ra avval tartibga solinmagan munosabatni tartibga solish vakolatiga ega bo’lsa, mavzu shuni anglatadiki ushbu mavzu haligacha ijobiy hal etilmaganligini bildiradi. Chunki no’to’g’ri talqin etish shuni maqsad qiladiki, ijro hokimiyati rahbari barcha masalalarni tartibga solish vakolatiga ega bo’lishi mumkin. G'arbda qoida tariqasida ijro hokimiyati rahbarini bunday tartibga solish vazifasni, boshqa davlat organlari ijobiy bajara olmaydi yoki vakolati cheklangan degan ma’noni anglatmaydi. Qoidaga ko’ra, ijro hokimiyati rahbari qonunchilik funksiyasini tartibga so’lishi mumkin qachonki, qonun chiqaruvchi organ bu ishni amalga oshirishga qodir bo’lmaganda. Ijro hokimiyati organi rahbari bu vakolatni qonun chiqaruvchi hokimiyat bir tizimga tushgandan so’ng yo’qatishni boshlaydi va hammasi joy-joyiga tusha bo’shlaydi. Ijro hokimiyati boshlig’i qochon u qonun chiqarish vakolatiga ega bo’lgandagina, ushbu vazifani bajaradi, qoidalari qonun tomonidan qaror deb oldini olish uchun qonun bo'lib, yoki bunday qoidalari, uni olish oldindan tasdiqlash holda qonun bo'lib mumkin emas. Bu mutlaq yoki veto bo'lishi mumkin. Oxirgi vaziyatda qonun chiqaruvchi organ qonunlarga cho`qqi kabi kuch berishi kerak. Ijro hokimiyati rahbari , haqiqatdan ham qonun chiqarish funksiyasini bajarishini oddiy faktlar orqali ko’rishimiz mumkin, u o’zini qo’liga qonun chiqarish protsedurasini olish kuchiga ega. Bu huquq ijro tizimiga ayrim holatlarda ijro organi a’zolariga tegishli bo’ladi. Ijro hokimiyati rahbarini qonunchilik jarayonida qatnashishi hattoki birinchi bo’lib Konstitutsiyada hokimiyatlar bo’linish prinsipida namoyon bo’lgan. Tashkilotlar hokimiyat oldida jinoiy sud kabi bir xil funksiyani amalga oshiradi. Bu kabi tartiblar, lizenziya berish yoki lizenziya berishni rad etish ma’muriy organlar tomonidan chiqariladi va ular muayyan yuridik sudlovdan butunlay farq qiladi. Ular fuqarolik huquqidagi huquqiy bitimlar bilan muvofiq keladi. Maxsus ma’muriy hujjatlar, ma’muriy tartib yoki litsenziyalash, huquqiy bitimlardan farq qiladi. Ma’muriy huquqda bundan tashkari ma’muriy shartnomalari bo`lib, odatda bir tomonda davlat organli ikkinchi tomonda xususiy shaxslar ishtirok etishadi. Ushbu shartnoma shartlari bajarilmaganda ma’muriy protsedura tartibida ma’muriy sudlar oldida javobgarlik yuzaga keladi. Tayinlash shartnomasi ushbu kategoriyaga kiradi. Ma’muriy huquq shartnomalari va fukarolik huquq manfaatlari o`rtasidagi farq uncha katta ahamiyatga ega emas. Shuni ham ta`kidlash lozimki, ma’muriy shartnomalardan kelib chiqadigan ixtiloflar sudlar tominidan emas, balki ma’muriy sud tomonidan hal etiladi. Аgar davlat mansabdor shaxslari yuqorida keltirgan ma’muriy harakatlari cheklanib davlatning anik sudlov funksiyasi huquqbuzarlik va tartibga soluvchi sanksiyalarni o`rnatish faqatgina sudlarga berilsa hokimiyatlar bo`linishi prinsipi muvofiq. ( mazkur tushunchada “sudlar” fuqarolik va jinoyat qonuni qoluvchi). Bunday tashkilot doirasida, ma’muriy organlar va sudlar o`rtasidagi munosabatlar quyidagi xarakterga ega bo`ladi: masalan, soliq organlari qonun hujjatlariga muvofiq soliq buyurtma beradi. Аgarda jismoniy shaxs buyruqni bajara olmaydigan holatda bo`lsa, ma’muriy organ bu shaxsni sud oldida javobgarlikka tortadi. Bu esa, sud tomonidan bu shaxsga soliq to`lamaganligi sababli sanksiya qo`llaniladi. Ma’muriy organ spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish va uni sotish uchun shaxslarga litsenziya beradi. Аgarda, shaxslar bu kabi zarur litsenziyaga ega bo`lmasa, hokimiyat uning noqonuniy faoliyatini to`xtatishni talab qilishi mumkin. Lekin, ma’muriy organ sanksiya qo`llashi uchun u sud organlariga murojaat qilishi lozim. Faqat sudgina bu kabi mojaro hal qilish vakolatiga ega. Davlatning liberal konsepsiyasi bir qismi bo`lib bu ideal amerikalik va ingliz qonun doirasida g’alabaga erishdi. Lekin bu ideal hech qachon to`liq amalga oshirilmagan. Har bir huquqiy tizimda har bir organlar o`z vazifasini bajarishi lozim. Sud nazoratidagi ma`muriyat Agar ma`muriy organlar faoliyati ma`lum ma`muriy harakatlar bilan cheklansa, hokimiyatlarning bo`linish nazariyasi o`zini to`liq namoyon bo`ladi. Huquqbuzarlikni begilash va jazo tayinlash sifatida sudlar funksiyasi sudlarni himoya qilish uchun belgilangan. Sudlar deganda bu yerda tarixiy byurokratik qurol sifatida fuqarolik va jinoiy ishlarni ko`ruvchi sud hokimiyatini tushunamiz. Sudlar va ma`muriy organlar o`rtasidagi munosabatlarda shunday ko`rinishda bo`linishini ko`ramiz. Misol uchun, soliq solish hokimiyati qonunga ko`ra soliq farmoyishlarini chiqarishi mumkin. Agarda shaxs joriy etilgan farmoyishni bajarmasa, ma`muriy organ xuddi xususiy kreditor sifatida ushbu shaxsni sud orqali ta`qib qiladi.Ushbu holatda sud javobgar shaxs tomonidan soliqqa doir munosabatlar buzilganligi va qonunga ko`ra sanksiya qo`llanilishini belgilaydi. Ma`muriy organ alkogol ichimliklarni sotish va ishlab chiqarish uchun litsenziya berishi lozim, agar shaxs ushbu mahsulotlarni litsenziyasiz ishlab chiqarsa yoki sotsa unday holda ma`muriy organ ushbu noqonuniy faoliyatni to`xtatishni talab etadi. Huquqbuzarlikni hamda sanksiyani belgilash uchun ma`muriy organ sudga murojaat etishiga to`g`ri keladi. Analogik tarzda, ma`muriy organ va xususiy shaxslar o`rtasida vujudga keluvchi nizolarni hal qilishga faqatgina sud vakolatli hisoblanadi. Ushbu holatda hukumatning butun bir jarayoni sifatida davlat organlari qaram agentlikka aylanib qolishi mumkin edi. Davlat organlari orqali ifodalanuvchi davlat xususiy shaxslar oldida shunday pozitsiyada qoladi. Ushbu ideya davlatning liberal konsepsiyasining qismi bo`lib, amerika va ingliz qonunlari doirasida yevropa kontinentining qonunlari doirasidan ko`ra (ayniqsa fransuz va nemis qonunlarida) ko`proq mavjud bo`lgan. ammo ushbu idea to`liq tushunilmagan.Har bir huquq tizimida shunday holatlar mavjud bo`ladiki, sud organlaridan ko`ra boshqa organlarga huquqbuzarlik va sanksiyani belgilash huquqi qonun bilan belgilangan. Soliqqa tortish va Politsiya boshqarmasi deyarli hamma yerda sud va kvazisud funksiyasini bajarish uchun chaqirilgan.Huquq tizimi davlat organlariga o`zlarining ma`lum harakatlari bilan ko`proq ekonomik va madaniy hayotga aralashishga vakolat berar ekan, shunday tendensiya kelib chiqadiki qonunchilik sud funksiyalarini davlat organlariga yuklaydi. Download 181.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling