Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Download 181.76 Kb.
bet58/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Kuch ishlatish monopoliyasi
Ijtimoiy struktura borasidagi ko`plab paradokslar shuni aytadiki, majburiy tartib bu maxsus uskuna bo`lib, u majburiy jazoni amalga oshirilishini bildiribgina qolmay insonlarni aynan shunday qonunbuzarlik qilishlarini oldini oladi. Shu tufayli, insonlar jinoyatga qo`l ursalar hayotdan, sog`liqlaridan, ozodlikdan va mol-mulkidan mahrum bo`lishlari mumkinligi bilan tayziqqa olinadilar va ular aynan yuqorida sanab o`tilgan narsalarni saqlab qolishlari kerakligi uqtiriladi. Kuch jamiyatda kuch ishlatilmasligi uchun ishlatiladi. Bir qarashda bu bir-biriga o`xshash ikki narsa orasidagi farq (antinomiya)ga o`xshaydi; o`z navbatida bu holatni oldini olishga qilingan harakat kuch ishlatmaslikni (hatto jazo sifatida) targ`ib qiluvchi mutloq anarxizm ta`limotiga olib keladi. Anarxizm deganda jamiyatdagi tartibni faqatgina shaxslarning ixtiyoriy bo`ysunishi orqali boshqarish tushuniladi. U nafaqat majburiy tartib, balki qonun-qoidalarni ham rad etadi.

Antinomiya bor - yo`g`i zohiriy tushuncha. Qonun esa aniq va u tinchlikni targ`ib qiladi va jamiyat a`zolari orasidagi mutassil xatti-harakatlar mobaynida bo`lib o`tadigan har qanday zo`ravonliklarni taqiqlaydi. Shunday ekan, qonun kuch ishlatishni butkul yo`q qilmaydi. Qonun va kuch bir-biriga mutloq zid deb tushunilmasligi kerak. Qonun bu kuchning to`g`ri tashkil etilishi. Qonun faqat ba`zi vaziyatlarda va albatta ba`zi shaxslarga nisbatangina kuch ishlatadi. Qonun har qanday holatda ham “taqiqlanganlik” borasidagi xulqni bildiradi; qonuniy taqiqlanganlikni buzish bu majburiy jazoga tortilish demakdir. Bu qonunni amalga oshiruvchi shaxs esa (qonuniy yo`l bilan belgilangan) o`z navbatida qanday chora ko`rilishi kerakligi haqida fikr yuritadi - jamoaning saylangan organi bo`lgani sababli. Faqatgina aynan shu inson, jamoaning tayinlangan bo`lagigina kuch ishlata oladi. Shu sababli kuchdan foydalanish bu monopoliya ekan degan xulosaga kelish mumkin. Ya`ni, shu yo`sinda qonun jamiyatni tinchlantiradi.



Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling