Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Faqat qonungina qonunning manbasi bo`la oladi


Download 181.76 Kb.
bet79/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Faqat qonungina qonunning manbasi bo`la oladi

Anderhill - Pitt o`rtasidagi holat (ish) sudlar ba`zi paytlarda faqatgina protsessual qonunni qo`llashlariga to`g`ri k elishini ko`rsatadi. Lekin, ko`pincha, bir qancha avvaldan belgilangan moddiy-iqtisodiy qonunlardan ham foydalaniladi. Gray “Yuridik qarorga nisbatan dastlabki, avval belgilangan qonun mavjud emas” deya shubhasiz fikr bildiradi. U qonunni manbasi deb qaraladigan, aslida esa qonun kabi yuridik qarorlarni belgilaydigan moddiy-iqtisodiy yoki protsessual qonunlarning umumiy normalariga e`tibor bermasligi tufayligina shunday qila oladi. U savol beradi: “Davlat yoki boshqa bir jamiyat (uyushma) sudyalarining qonunga ega bo`lishlari uchun ularni qaysi manbalarga yo`naltiradi?”. Grayning fikriga ko`ra, ushbu qonun manbalari quyidagilar: qoidalar, yuridik pretsident, ekspertlarning fikr-mulohazalari,odatlar hamda axloq qoidalari. U yuridik kuchga ega bo`lgan manbalar bilan bunday kuchga ega bo`lmagan manbalarni ajrata olmaydi. Qoidalarda u shunday deydi: “Davlat qonun chiqaruvchi organning ijrolari sudlarga majburiyat yuklashini, ular bilan bog`liq bo`lishini talab qiladi. Bundan tashqari ularning uzoq muddat davom etishi boshqa barcha manbalarga ahamiyatli bo`lishi kerak”. U shunga urg`u beradiki, qonun chiqaruvchi aktlar, qoidalar qonunning birinchi qismi sifatida emas, balki qonunning manbalari sifatida taqsimlanishi zarur. U qonun manbasi sifatida ajratib ko`rsatadigan barcha boshqa voqea-hodisalarga nisbatan ham xuddi shu tafovutni qo`llaydi. Bir tomondan qonun ishlab chiqarish (qonunlar majmui), yuridik pretsedent va yuridik odatlar o`rtasidagi farqlarni, boshqa tomondan ekspertlarning fikrlari va axloq tamoyillari o`rtasidagi tafovutlarni inkor qilish bilan sobiq manbalarni yuridik jihatdan majburiy, keyingilarini esa majburiy emasligini rad etishi tufayli Gray bu qonun manbalari yuridik jihatdan majburiy qonun manbalari aslida yuridik normalar haqiqiy qonun ekanligini ko`ra bilmaydi.



Gray sudlarning qonunlarni yaratishiga qarshi qaratilgan an`anaviy doktrinani saqlash, davom ettirish borasida haq. Ammo, u qonun faqatgina sud tomonidan yaratiladi degan fikrga ishonib xato qiladi. Ayniqsa, agarda kimdir yuridik qaror hamda qonunlar majmui o`rtasidagi dinamik bog`liqlikni tushunib yetsa nega boshqa birov emas, aynan yuqoridagi kimdir qonunni aks ettirishi, namoyish qilishi lozimligini tushuntirish imkonsiz bo`lib qoladi. Grayning tezisi huquq tizimining chuqurroq tushunilishi, anglanishi tomon birinchi qadam hisoblanadi. Keyingi qadam (pog`ona, ish) yuridik buyruqning iyerarxik tuzilishiga nazar tashlash, uning mohiyatini tushunishga olib boradi, ko`rsatma beradi.

Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling