Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Download 181.76 Kb.
bet80/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Normalar ierarxiyasi

Oliy va quyi normalar
Ushbu normativ tizimning va asosiy normalar funksiyasinining dinamik xarakterini ko`rsatuvchi huquq tahlili, shuningdek, huquqning quyidagi xususiyatini ham yoritib beradi: qonun o`zining yaratilishini tartibga soladi, sababi bir huquqiy norma boshqa huquqiy norma yaratilish yo`lini hamda ma`lum darajada ushbu normaning mazmunini ham aniqlab beradi. Huquqiy norma boshqa huquqiy norma belgilab bergan tartibda yaratilganligi sababli amalda, ya`ni keyingisi oldingi huquqiy normaning qonuniyligi natijasidir. Normalarni yaratishni tartibga soluvchi va boshqa normalar o`rtasidagi aloqani yuqori va quyi bo`ysinuvdagi aloqalar deb ko`rsatish mumkin. Boshqa normaning yaratilishini belgilovchi norma oliy norma, shu asosda yaratilgan norma esa, quyi norma hisoblanadi. Huquqiy tartibot, ayniqsa davlat tomonidan ifodalanadigan huquqiy tartibot o`zaro muvofiq doimiy normalar tizimi emas, aytish mumkin bo`lsa, bir darajadagi normalar tizimi emas, balki turli darajadagi normalar ierarxiyasidir. Ushbu normalar birligi shundan iboratki, quyi normaning yaratilishi yuqoriroq norma bilan, o`z navbatida bu normaning yaratilishi esa, undan-da yuqori norma bilan belgilanadi hamda ushbu normalar uning yaxlitligini taminlovchi, butun huquqiy tartibotni belgilovchi eng asosiy norma bilan yakunlanadi.

Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling