Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Download 181.76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
Normalar iyerarxiyasi
Faqat Nevada qonunni qo`llash sud aktini xuddi Nevada sud tizimidek qila oladi. Sud doimo avvaldan belgilangan qonunlarni qo`llaydi, lekin bu qo`llaydigan qonun moddiy-iqtisodiy emas, balki protsessual qonun bo`lishi mumkin. Sud faqat o`zining mavjudligi va tartibi jarayonini belgilaydigan, aniqlaydigan umumiy normalarni ma`lum bir davlatning sud tizimi sifatida ijro etilishi uchun muayyan shaxslarning yuridik mavqeyiga bag`ishlangan umumiy normalarni qo`llaydi. Faqat, Anderhill Pitt bilan bog`liq mojaroni tartibga solishni so`rab murojaat qilgan shaxslar shu kabi protsessual huquqning avvaldan belgilangan normalarini qo`llaydi.O`zlarining vazifalarini suddagidek amalga oshirishadi va majburiy qonun kuchiga ko`ra qaror qabul qilishadi. Grayning o`zi aytadi: "Sudyalarning qonun kuchi mutlaqmi? Yo`q, unday emas; sudyalar davlat organining a`zosi xolos; davlat tashkilotiga qanday vakolat berilsa, ular ham xuddi shunday kuchga ega bo`ladi". Davlat tashkiloti faqatgina yuridik buyruqni, konstitutsiyani hamda konstitutsiya asoslariga ko`ra yaratilgan yuridik normalarni belgilashi mumkin. Hozirda mavjud bo`lgan qonunga binoan sudya aniq qaror qabul qilishi kerak. Grayning fikricha, tashkilotning qandayligi davlat asl idora qiluvchilarining qarorlari bilan belgilanadi, lekin boshqa bir vaziyatda u shunday deydi; " Siyosiy jamiyatning haqiqiy boshqaruvchilarini aniqlash deyarli eng muhim vazifa. Yurisprudensiya sohasi uchun, ayniqsa, mushkul, hal qilib bo`lmaydigan topshiriq. Siyosiy jamiyatning asl boshqaruvchilari noma`lum hamda topilmasdir". Agar davlat tashkilotlari haqiqatda notanish va noma`lum shaxslarning qarorlariga asoslanganida davlat tashkilotining o`zi ham noma`lum va notanish bo`lar edi. Lekin, davlat tashkiloti haqiqatan ham ma`lum. U qonunan amaliy kuchga ega, ayni paytda samarali konstitutsiya ma`nosini ham bildiradi. U konstitutsiya asoslariga ko`ra yaratilgan, qonun kuchiga ega bo`lgan normalarni o`zida aks ettiradi, ya`ni u to`laligicha samarali, natijali bo`lgan normalar tizimidir. "Asl boshqaruvchilar o`zlarining samarali, natijali normalari, aktlari orqali yaratiladigan organlarning vakillari hamda a`zolari yuridik buyruq yoki farmonning samaradorligi uning normalarining kuchga egalik qilish, amal qilish darajasi bilan belgilangan uchun davlatning haqiqiy va yuridik boshqaruvchisi o`rtasida biron bir muhim, zaruriy farq bo`lishi ehtimoldan holi. Yuridik buyruqlar yuzaga kelishiga doir qonun kuchiga ega bo`lgan normalarni yaratuvchilarga qaysi shaxslar ta`sir qila olishi noma`lum va mavhum. Lekin, bu narsaga yuridik qiziqish ham yo`q. Download 181.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling