Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Download 181.76 Kb.
bet103/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Tor ma`noda qonuniy huquq

Muvofiq majburiyatdan ko`ra huquqning kengligi

Agar huquq biror bir shaxsni tegishli tarzda harakat qilishiga majbur qilsa, u shu vaqtning o`zida tegishli tartibda boshqa bir shaxsning mutanosib huquqi mavjudligini ham anglatadi. Shu ma`noda, har bir majburiyat huquqqa bog`liq bo`ladi. “huquq”ning shu jihatdan ma`nosi majburiyat bilan bog`liqligidir. Shaxsning ma`lum harakatlarni bajarishiga bo`lgan huquqi boshqa shaxsning unga nisbatan mutanosib harakat qilishiga majbur qiladi. Austinning aytishicha bu “tegishli majburiyat”dir. U fikriga ko`ra, ““huquq” va “tegishli majburiyat” o`zaro bog`liq ifodalardir. Ular bir xil ma`noni anglatadi, ammo turli xil sohalar hisoblanadi”. Austinning nazariyasiga ko`ra huquq tushunchasi majburiyat tushunchasi bilan ifoda etiladi. Bunday tushuncha, yurisdiksiyada, hattoki qaror qiluvchi va muhim ro`l o`ynaydi. Qachonki kimdir qonuniy huquq haqida gapiradigan bo`lsa, boshqa bir shaxsning majburiyatlarini ham tor ma`noda tushunishni talab qiladi. Mazkur atama tor texnik ma`nosida, bir shaxs uchun har qanday majburiyat qonuniy huquqni yetaklab kelishini angatadi. Tor ma`nodagi qonuniy huquqning mavjudlik belgisi nimada? Qanday sharoitda qaysidir shaxs bunday huquqqa ega bo`ladi?



Huquqiy normaning o`zi yuqorida berilgan savollarga va qanday sharoitda biror shaxs bunday majburiyatga ega bo`lishiga javob bo`lishi mumkin. Qonuniy huquq xuddi huquqiy majburiyatdek, bu huquqiy norma bo`lib, aniq bir shaxsning mazkur norma bilan ishlab chiqilganligidir. Asos shundan iboratki, huquqiy norma biror shaxsni aniq tarzda harakat qilishiga majbur qiladi va oqibatda qonuniy huquq mazkur shaxsdan o`z majburiyatlarini to`la ado etishni talab qiladi. Huquqiy norma texnik ma`nodagi qonuniy huquqni o`rnatishi uchun biroz aniq hajmga ega bo`lishi shart. Huquqiy majburiyat huquqbuzarliklarni namoyon etgan shaxsga nisbatan huquqiy normani ifoda etadi. Bunda sanksiya kimga qarshi ishlatilishi yoki huquqqa ega bo`lgan shaxsga nisbatan munosabatga ega bo`lgan shaxs hisoblanadi. Hozir, biz qonuniy huquqni anologik yo`l bilan aniqlashimiz kerak.
Qonun va huquq
Qonuniy huquqning odatdagi ta`rifi uning metodolik yoki sof qonun nazariyasi yoki tahliliy yurisdiksiyasini qoniqtirmaydi. Bu umumiy atamaga tegishlilikdagi ikki turli xil fenomenni nazarda tutadi. Ingliz tilida “qonun” va “huquq” mazkur so`zning butunlay farq qiluvchi ikki tushuncha ekanligini bildiradi, ammo nemis va fransuz tillarida birgina so`z mavjud, ya`ni “Recht” va “droit”, va qonun huquqdan farq qilishini ifoda etuvchi “objectives Recht” va “subjectives Recht”, “droit objectif” va “droit subjectif” atamalar mavjud. Shunga qaramasdan, dualistic qarash nemis va fransuz tillarida ham yo`q emas. “Objectives Recht”, “droit objectif”, va “subjectives Recht”, “droit subjectif” butunlay boshqacha tabiat hisoblanadi. “Objectives Recht”, “droit objectif”, (qonun) yolg`iz qonun normasi sifatida tan olinadi, ammo “subjectives Recht”, “droit subjectif” (huquq) “manfaat” yoki “meros” sifatida belgilanadi. Qonuniy huquqning manfaat yoki meros sifatida talqin etilishi haqiqatga to`g`ri kelmaydi, lekin huquqiy tartibot bilan qo`riqlanadigan yoki huquqiy tartib bilan samarali deb e`tirof etiladigan meros bo`lishi mumkin. Shu nuqatai nazardan, huquq va qonun boshqa bir shaxsga nisbatan aniq bir munosabatni keltirib chiqaradi. Lekin dualism hali ham mavjud, chunki qonuniy huquq huquqdan oldin mantiqiy va vaqtinchalik jihatlari bilan qonundan ustunroq turadi. Dastlab, barcha huquqlar huquqlarning protatipi bo`lgan, masalan mulk huquqi (egalllangan) keyinchalik qonun davlatning tartibi sifatida sanksiyalar qo`llash tahdidi va huquqlarni mustaqil ravishda qo`riqlash orqali yuzaga kelgan. Bu fikr o`tgan asrda nafaqat pozitivizm balki zamonaviy ingliz tilida so`zlashuvchi davlatlarning yurisprudensiyasiga ham qat`iy tasir o`tkazgan tarixiy maktab nazariyasi asosida rivojlandi.

Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling