Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Tan olingan meros yoki himoya qilingan manfaat sifatida


Download 181.76 Kb.
bet105/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Tan olingan meros yoki himoya qilingan manfaat sifatida
Bu nazariya psixologik va mantiqiy nuqtai nazardan himoya qilinishi mushkuldir. Mazkur fenomenning huquqiy xarakteri ma`noviy jihatdan sezilarli emas. Asosi shundaki, shaxsning ma`lum narsani tasarruf etish huquqini ko`rib, eshitib yoki tegib bo`lmaydi. Shaxsning biror narsani tasarruf etishini psixologik anglash mumkin, masalan shaxs mazkur gaplarni mavjudligini ifoda etsa, bu haqiqiylikni va tasarruf etishning umumiyligini anglatadi. Mazkur norma na psixologik, na mantiqiy bo`lib, bir necha o`xshash huquq ma`nolari mavhumligining natijasi hisoblanadi, masalan, daraxtning umumiy tushunchasi bir necha o`xshash ko`rinarli narsalarning natijasidir; ammo huquqning ma`noviy farazlari xuddi daraxtnikidek ko`zga ko`rinarli emas. Qanday qilib umumiy qoidaning g`oyasi javobi yo`qlikdan mavjudlikka chiqib keldi? Bu yerda ta`kidlashimiz kerakki, inson harakatlarini tartibga soluvchi normaning umumiy farazisiz huquqning mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida so`z yurita olmaymiz. Agar qonuniy huquq bo`lsa, qonuniy qoida faraz qilinishi shart. Qonunsiz hech qanday qonuniy huquq bo`lmaydi. Qonuniy huquqning ta`rifi – xuddi qonun bilan himoya qilinadigan manfaatdir, yoki qonun tomonidan tan olingan merosdir.

Dernburgning fikri bilan aytganda, qonuniy tartibot bilan kafolatlanmas ekan, huquq qonuniy huquq bo`la olmaydi. Dastlab qonun bilan kafolatlangan huquq keyin qonuniy huquq bo`la oladi. Bu shuni anglatadiki, qonun huquqni qonuniylashuviga hamrohlikda xizmat qiladi.

Mantiqiy jihatdan himoya qilib bo`lmasligiga qaramasdan, huquqlarning ustuvorligi siyosiy muhimlikning chegarasidir. Uning maqsadi pozitiv huquqni tabiatini tahlil qilishdan ko`ra, huquqni shakllantirishga ta`sir ko`rsatishda ochiq namoyon bo`ladi. Agar qonuniy tartib huquqlarni kafolatlashni yarata olmasa, bu mavjud huquqlarni ham bekor qilmasligi shart. Xususiy mulk institutini, ovoz berish huquqini yoki kimningdir aniq shaxsiy huquqlaridan mahrum qilishga qonunchilikning imkoniyati mavjud emas va ularni bekor qilish huquqiy jihatdan bo`lishining imkoni yo`q. Huquqlar ustuvorligi doktarinasining hamma oqibatlari huquqiy reallikka qarama-qarshi keladi. Huquqlar ustivorligi doktarinasi pozitiv huquqning ilmiy tavsifi emas, balki siyosiy mafkura hamdir.

Qonuniy huquqni qonun bilan himoya qilinadigan manfaat va qonun bilan tan olingan meros sifatida izohlash xuddi yuqoridagidek noto`g`ridir. Mazkur nazariyalarni eng ravshan umumiy xato sifatida tanqid qilishga ruxsat bersangiz. Biror shaxs bir aniq harakatni qilishga qiziqadi, chunki bu u uchun foydali deb o`ylaydi. “Manfaat” so`zi aniq ruhiy munosabat ma`nosini anglatadi. Qachonki biror shaxsning harakat qilishga aniq manfaati bo`lsa, boshqa shaxsdan shunday harakatlarni qilishni talab qilishi ochiq oydin ravshanki, bu noto`g`ridir. Hattoki agar siz qarzdordan qarzingizni qaytarib olishingiz yoki undan buni to`lamasligini so`rashingiz mumkin bo`lishiga qaramasdan sizda baribir pulingzini qaytarib olishga qonuniy huquqingiz mavjudligicha qolaveradi. Qachonki qonun chiqaruvchi bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan ma`lum harakatlarni bajarishni talab qilishini belgilaydigan bo`lsa, keyingi shaxsning huquqlarini himoya qilish maqsadida, keying shaxs o`z huquqlarini ma`lum harakatlarni bajarish orqali manfaat ifoda etiladi.

Lekin, meros masalasida shaxs boshqa bir shaxsning huquqlaridan foydalana olmaydi. Shaxs o`z huquqlaridan foydalanmasa ham uning huquqlari mavjud bo`ladi. Hattoki shaxs o`z huquqlarini bilmasligiga qaramasdan qonuniy huquqlarga ega bo`laveradi. Bunday holatda, hech qanday manfaat mavjud bo`la olmaydi. Boshqa tarafdan, shaxs boshqa shaxsga nisbatan qonuniy huquqlarga ega bo`lmasdan turib(atamaning texnik tor ma`nosida) u tomonidan o`z majburiyatlarini bajarishga o`ta manfaatdor bo`lishi ham mumkin. Shunday qilib, shaxs boshqa shaxsning biror harakatalar sodir etishidan manfaatdor bo`lmasligiga qaramasdan, shu bilan birga hattoki bunday huquqqa ega bo`lmasligiga qaramasdan, boshqa shaxsdan ma`lum harakatlarni amalga oshirishini talab qilishga huquqi mavjud.

Shubhasiz, qonun chiqaruvchi kreditorga pulini qaytarib olish va mulkni undirib olish huquqini beradi, chunki mulkka bo`lgan huquq uning tasarruf etish bilan birga boshqalar tomonidan aralashishiga to`sqinlik qiladi.

Qonun chiqaruvchi shaxslarda ma`lum manfaatlar mavjudigini va ular ma`lum shart-sharoitlardagina qo`llanilishini anglagan holda ularning ba`zilarini himoya qiladi. Ammo, hattoki agar haqiqiy manfaat bo`lmasa ham va qonun chiqaruvchining faraziga qaramasdan ba`zan huquqlar mavjud bo`laveradi. Shuning uchun ham huquq faraziy manfaatlar bilan emas, balki qonuniy himoyada tashkil topishi shart. Qonun chiqaruvchining himoyasi ma`lum manfaatlar turlarini va ma`lum sharoitdagi qonuniy qoidalar asosida beriladi. Shuning uchun ham kreditorning huquqi shunday qonuniy normaki, unga ko`ra qarzdor qarzni qaytarib berishga majbur, shu bilan birga kreditorning mulkiga bo`lgan huquqi boshqa shaxslarni bunday munosabatlarga aralashmasligini talab qiladi. Qisqasi, qonuniy huquq bu qonundir.



Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling