Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Download 181.76 Kb.
bet108/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Mutloq va nisbiy huquqlar
Inson huquqi boshqa bir insonning majburiyati bilan qanchalik bog`liq bo`lsa, barcha huquqlar huquqqa aloqador bo`ladi. Barcha huquqlar nisbiy, biroq, inson boshqa bir huquq egasi bo`lishi mumkin, biroq shart bo`lmagan insonga nisbatan o`zini belgilangan tartibda tutishga majbur.

“Mutloq” va “nisbiy” atamalari mutloq va nisbiy huquq va majburiyatlar farqlanganda boshqa ma`noda tushunilishi mumkin. Inson aniq belgilangan shaxsga nisbatan nisbiy majburiyatga ega bo`lsa, mutloq majburiyat bir necha odamlar yoki barchagaga nisbatan yuzaga keladi.O`ldirmaslik, o`g`irlik qilmaslik, boshqalar mol-mulkiga daxl qilmaslik kabilar mutloq majburiyatlardir. Qarzdorning kreditor oldidag qarzni qaytarish majburiyati esa nisbiydir.

Nisbiy huquq aniq belgilangan shaxsning majburiyati bilan muvofiq bo`lsa, mutloq huquq belgilanmagan shaxslar doirasiga ya`ni huquq egasidan boshqa barchaga majburiyat olib keladi. Nisbiy huquqning odatdagi ko`rinishida kreditorning debtorga qarshi huquqi bo`lib, bunda kreditor faqat qarzdordan berilgan qarzni qaytarishni talab qilish huquqiga ega. Mulk huquqi – absolyut huquq bo`lib, mulkdor o`z mulkin boshqa shaxslarning aralashuvidan himoya qilish huquqiga ega.

Mutloq huquqlar mutloq majburiyatlarga, nisbiy huquqlar esa nisbiy majburiyatlarga muvofiq keladi. Jus in personam va jus in rem o`rtasidagi farq absolyut va nisbiy huquqlar orasidagi farqga borib taqaladi. Biroq, jus in rem chalkashtiruvchi tushuncha.

Jus in rem, qat`iy aytganda, Jus in personam termin taklif qilganidek narsalar bo`yicha emas, kishilarga qarshi huquqdir. Mulk egasining ustuvor huquqini belgilaydigan ta`rifida mulk egasidan tashqari hech kim uni ko`chirishi mumkin emasligi fakti e`tiborga olinmaydi. Mulk huquqida inson boshqa barchaga qarama-qarshi turadi, bu esa ularning mulkka ko`chirish bilan bog`liq har qanday aralashishdan saqlanishga majbur ekanligini anglatadi. Mulkdordan boshqa barcha mulkni ko`chirish huquqidan mustasno qilinadi va ular mulkdor bo`lishi mumkin bo`lgan har qanday shaxsga tegishli mulkni ko`chirishdan saqlanishga majbur. Huquq singari, tegishli majburiyat belgilanmagan shaxslar doirasiga mo`ljallangan. А ning huquqlari yo`ldan foydalanish bilan bog`liq a ko`chmas mulkning egasi sifatida b mulkka ega bo`lgan B bilan kesishmoqda. Mazkur holatda nafaqat B balki b ning mulkdori bo`lishi mumkin bo`lgan boshqa har qanday shaxs А ning a mulkdori sifatida yo`ldan foydalanishga bo`lgan servitut huquqini amalga oshirishdan to`xtatmaslikka majburligi jus rem tomonidan ta`minlanadi. А ga ega bo`lgan har qanday shaxs huquqqa, b ko`chmas mulkka ega har qanday shaxs tegishli majburiyatga ega. А mulk dominant b mulk esa serviant deb ataladi, go`yoki huquq bir ko`chmas mulkka, majburiyat esa boshqasiga biriktirilgandir. Bu majoziy va namoyon etuvchi, biroq noto`g`ri fikrga olib keluvchi huquqiy holatning tasviriy ifodasidir. Huquq va majburiyatlar narsalar bilan bog`lanmaydi. Huquq va majburiyat bir shaxsning boshqalar bilan maxsus munosabatidir. Jus rem narsalarga bilan bog`liq huquqlar emas, ma`lum ob`ektga nisbatan muayyan tarzda xatti-harakat qiladigan belgilanmagan shaxslar qarama-qarshi huquqdir. Аbsolyut huquq bilan absolyut majburiyat o`zaro bog`liqlikka ega.


Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling