Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Download 181.76 Kb.
bet111/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Jimsoniy shaxs va inson
Mazkur birlikni nima tashkil etadi? Qachon huquq va majburiyatlar, huquqiy normalar majmui ushbu birlikka ega bo`ladi. Yuridik shaxslarning ikki farqli turi yuridik va jismoniy shaxslarni tahlil qilishdan yuzaga keladigan ikki mezon mavjud. Jismoniy shaxsni aniqlash va uni yuridik shaxsdan farqlashning keng tarqalgan usuli shundan iboratki jismoniy shaxs - inson, yuridik shaxs esa yo`q. Ostinning bergan talqininga ko`ra inson huquqlar bilan ta`minlangan, majburiyatlar subyekti, boshqacharoq qilib aytganda inson huquq va majburiyatlar subyekti. Misol sifatida aytadigan bo`lsak, А ismli shaxs muayyan huquq va majburiyat subyekti yoki muayyan huquq va majburiyatga ega, insonning belgilangan xulq-atvori qonuniy huquqning obyekti. Har ikki mulohazada А ning muayyan xulq-atvori huquqiy normaning mazmunini tashkil qiladi. Ushbu huquqiy norma А.ning uning butun borlig`ini emas, muayyan individual harakat yoki harakatsizligini aniqlab beradi. Hattoki butun huquqiy tartibga solish tizimi hech qachon insonning to`liq mavjudligini,uning aqliy va jismoniy funksiyalarini belgilamaydi. Inson faqatgina muayyan maxsus harakat va harakatsizlik, boshqa shaxslar bilan bog`liqlik nuqtai nazaridan huquqiy tartibotning subyekti hisoblanadi, uning o`zi to`g`ridan-to`g`ri huquqiy tartibot bilan aloqada bo`lmaydi. Yuridik nuqtai nazardan biz inson bilan uning xulq-atvori huquqiy tartibot bilan kesishganda munosabatga kirishishimiz mumkin. Faqatgina insonning huquqiy tartibotda huquq va majburiyatlari sifatida baholanadigan huquqiy tartibot bilan bog`liq harakat yoki harakatsizligi yuridik shaxs tushunchasiiga aloqador bo`lishi mumkin. Inson muayyan huquq va majburiyatlarga ega ekanligi uchungina mavjud. Ulardan tashqari insonda hech qanday borliq mavjud emas.

Jismoniy shaxsni inson sifatida ta`riflash noto`g`ri, chunki inson va shaxs faqatgina farqli tushunchalar bo`lib qolmasdan, balki butkul bir-biridan farq qiladigan ikki xil nuqtai nazar mahsulidir. Inson biologiya va fiziologiya, qisqa qilib aytganda, tabiiy fanlar tushunchasi. Shaxs esa yurisprudensiya, huquqiy normalar tahlili tushunchasidir. Inson va shaxs ikki tamoman farqli tushunchalar yurisprudensiya tahlilining umum qabul qilingan tushunchasi sifatida tilga olinishi mumkin. Jismoniy shaxs huquq va majburiyatlar subyekti sifatida xulq-atvori huquq va majburiyatlar mazmunini tashkil qiladigan inson emas, balki shu huquq va majburiyatlarning shaxslantirilgan, gavdalantirilgan ifodasi. Yanada aniqroq shakllantirilgan: Jismoniy shaxs – huquq va majburiyatlarni o`zida jamlagan bir insonning xulq-atvorini tartibga soladigan huquqiy normalar majmuining obrazli nomlanishidir. Jus in rem, ko`rib o`tganimizdek, shunchaki berilgan huquq emas, balki shaxslarning muayyan holatga nisbatan belgilangan xulq-atvor qoidasiga rioya qilishni talab qilish huquqidir. Holat jus in rem obyekti emas, Ostin ta`kidlaganidek, huquqning kompasi. Shunday ekan inson jismoniy shaxs emas, balki, aytish mumkinki uning kompasi ya`ni yo`naltiruvchisi. Tez-tez noto`g`ri aynanlashtiriladigan jismoniy shaxs va inson o`rtasida aloqadorlik shundan iboratki, jismoniy shaxsning huquq va majburiyatlarini yuzaga keltiradigan fakt bu insonning xatti-harakati va xulq-atvori hisoblanadi. Qul huquq bo`yicha shaxs emas yoki hech qanday yuridik shaxs emas ekanligi bu insonning huquq va majburiyatlar sifatidagi xulq-atvorini baholaydigan hech qanday norma mavjud emasligini anglatadi. А ning inson ekanligi uning huquqiy shaxs sifatida huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi normalar mavjudligini bildiradi. Inson uning harakatlarini huquq va majburiyatlar sifatida baholovchi barcha huquqiy normalarning murakkab birligidir. Biz ushbu normalarni gavdalantiradigan yaxlit birlikning shakllanishini tasvvur qiladigan bo`lsak А ning shaxs – jsmoniy shaxs sifatida tasavvur qilishimiz mumkin.



Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling