Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state
Download 181.76 Kb.
|
Hanz Kelzen kitob tarjima
Jismoniy shaxs – yuridik shaxs
Jismoniy shaxs tushunchasi faqatgina huquqiy normalar kompleksi shaxslashlitirilishini anglatadi. Individual qarorlar qabul qiluvchi inson, bunday normalar majmuasida birlikni tashkil etuvchi element hisoblanadi xolos. Insonning huquq va majburiyatlarga ega ekanligi bu insonning xatti-harakatlari huquq normalari bilan maxsus tartibga solinishini ifodalaydi. Boshqa tomondan shaxsning huquq va majburiyatlarga ega ekanligi ma`nosiz yoki shunchaki taftologiya. Bu huquq va majburiyatlar majmui, shaxslashtirilgan birlik, o`z huquq va majburiyatlariga egaligini anglatadi. Ushbu taftalogiyadan qochish uchun biz huquq va majburiyatlar majmuining o`zi huquq va majburiyatlardan tarkib topadi degan to`g`ri talqinni ilgari surishimiz kerak. Bunday talqin qonun insonlarning huquqlarini ta`minlaydi va majburiyatlarni yuklaydi degan xulosaga olib keladi. Biroq, bu fikrni qonun majburiyatlarga majburiyat yuklab, huquqqa huquq beradi degan ma`noda tushunish be`ma`nilik hisoblanadi. Faqatgina inson hulq-atvori huquqiy normalar mazmunini tashkil etishi tufayli majburiyat va huquqlar shaxslarga emas insonlarga beriladi. Inson va jismoniy shaxsning aynanlashtirilishi fiksiyalardan xoli yurisprudensiyaning fundamental prinsipi noaniqligini keltirib chiqarishi mumkin. Jismoniy shaxs tabiiy reallik emas, balki yuridik fikrlashning mahsulidir. Bu huquqning butun emas, balki muayyan hodisalarini ifodalash uchun ishlatilishi mumkin, biroq shart bo`lmagan yordamchi tushunchasidir. Huquqning har qanday ifodalanishi oxir oqibatda xulq-atvori huquqiy normalar bilan tartibga solinadigan insonning harakat yoki harakatsizligini anglatadi. Jismoniy shaxs tushunchasi inson tushunchasidan tamoman farq qiluvchi yuridik mazmunga ega ekan, aslida u huquqiy shaxsdir. Аgar jismoniy shaxs huquqiy shaxs sifatida tilga olinsa jismoniy va odatda maxsus e`tiborga olinadigan yuridik shaxs o`rtasida uncha muhim bo`lmagan farq bo`lishi mumkin. Аn`anaviy yurisprudensiya jismoniy shaxsni haqiqatda yuridik shaxs sifatida tan olishga moyil. Biroq jismoniy shaxsni inson, yuridik shaxsni esa inson emas deb ta`riflashda an`anaviy yurisprudensiya yana ularning asosiy o`xshashligini noaniqlashtiradi. Inson va jismoniy shaxs o`rtasidagi bog`liqlik inson va yuridik shaxs o`rtasidagi texnik jihatdan bog`liqlikdan ko`proq yashirin emas. Huquqning ichida faqatgina yuridik shaxs mavjud bo`la oladi degan fikr oxir-oqibatdla taftologiyadir. Odatdagi yuridik shaxsning timsoli tor texnik ma`noda korporatsiyadir. Korporatsiyaning odatiy ta`rifi: huquqiy jihatdan yaxlit birlik sifatida tan olinadigan, shu jumladan uni tashkil etuvchi individlardan farq qiluvchi huquq va majburiyatga ega bo`lgan kishilar jamoasi. Korporatsiya shaxs sifatida tilga olinadi, chunki huquqiy tartibot uning barcha a`zolari manfaatlariga tegishli huquq va majburiyatlarni shart qilib qo`yadi va bu huquq va majburiyatlar korporatsiya a`zolarining emas, balki uning o`ziga tegishli deb talqin qilinadi. Bunday huquq va majburiyatlar korporatsiya organi tomonidan yaratiladi. Masalan, muayyan bino korporatsiya organi tomonidan ijaraga olinadi. Binodan foydalanish huquqi, odatdagi talqinga ko`ra, korporatsiya a`zolarining emas, o`zining huquqi. Ijarani to`lash korporatsiyaning a`zolariga emas, uning o`ziga yuklatiladi. Yoki boshqa bir misolni nazarda tutadigan bo`lsak, korporatsiya organi ko`chmas mulk sotib oladi. Shundan so`ng, ushbu ko`chmas mol-mulk korporatsiya mulkiga aylanadi, uning a`zolarining emas. Birov korporatsiya huquqlarini buzsa, ushbu holatda ham uning a`zolarni emas, balki o`zi sudga da`vo qiladi. Fuqarolik sanksiyalari orqali mustahkamlanadigan yetkazilishi ehtimol tutilgan zarar qoplanishini kafolatlash korporatsiya mulkiga qo`shiladi. Korporatsiyaga tegishli muayyan majburiyat bajarilmagan holda, da`vo korporatsiya a`zolari emas, uning o`ziga qarshi beriladi, xuddi shuningdek sanksiyalar ham korporatsiyaning a`zolari tegishli emas, o`z mulkiga qaratiladi. Аgar korporatsiyaning mol-mulki etkazilgan zararni qoplashga yetarli bo`lmasa, sanksiya a`zolarning mol-mulkiga qaratilishi ham mumkin, ushbu holda yuqoridagi qoida e`tiborga olinmaydi. Korporatsiya yuridik shaxs hisoblanishining eng muhim sababini ko`rsatuvchi fakt shuki, fuqaroviy deliktlarga nisbatan korporatsiyaning javobgarligi uning mol-mulki bilan cheklanadi. Download 181.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling