Qonunlarni yaratishda ishtirok etish huquqi
Huquqiy tartib – aytib o`tilganidek- shaxsga yoki uning vakiliga oxir-oqibat sanksiya qo`llashga olib keladigan jarayonni boshlash huquqini beradi. Sudning tipik akt sifatida aniq holat bo`yicha sanksiya belgilab beruvchi hukm shartli yoki shartsiz sanksiyani o`rnatuvchi individual norma yaratadi. Masalan, sudning qarori o`g`rilik sodir etgan shaxsni ikki yil ozodlikdan mahrum etish to`g`risida hukm chiqarishi mumkin, bu hukm boshqa davlat organi tomonidan ijro etiladi.
Fuqarolik sudi aniq bir shaxs - javobgar sudda aniqlanishiga ko`ra uy uchun ijara haqini belgilangan vaqtda to`lamadi, sud qarorida kelishilgan pul miqdorini uy egasi - da`vogarga 10 kun ichida to`lashga majburligini ko`rsatadi. Аgar bu pul summasi bo`lsa belgilangan vaqt ichida to`lanmasa u javobgarga qarshi yuborilishi shart.
Bu individual norma, biroq unda sanksiyaning shartli ekanligini ko`rish mumkin ya`ni to`lov sud belgilagan muddat ichida amalga oshirilmasa fuqaroviy ijro javobgarga qarshi qaratiladi, jinoyat huquqida shartli sanksiya mavjud emas, jinoyatchi qamoqqa olinishi shart. Fuqarolik sudi qarori bilan alohida norma yaratish da`vogarning talabi bilan boshlangan sud jarayonining bevosita maqsadidir.
Mazkur nuqtai nazardan kelib chiqib aytish mumkinki, da`vogar alohida norma yaratishda muhim rol o`ynaydi. Sudning fikriga ko`ra huquqbuzarlik sodir etgan yoki majburiyatni buzgan shaxsga qarshi sanksiyani belgilovchi individual norma yaratishda ishtirok etish vakolatiga ega bo`lish huquqqa ega bo`lishdir. Qonuniy huquq huquqqa tegishli hodisa bo`lsa, unda individual norma ham huquq xarakteriga ega. Huquq faqat umumiy norma va qoidalardan iborat bo`lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |