Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Huquq ijodkorligi va huquqni qo`llash funksiyasining farqlari


Download 181.76 Kb.
bet88/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Huquq ijodkorligi va huquqni qo`llash funksiyasining farqlari
Huquqiy ko`rsatma shunday tizimki o`zida bir-biri bilan o`zaro bog`langan umumiy va individual normalarni jamlaydi. Ushbu normalar o`z navbatida boshqa normalar asosida shakllantiriladi, qaysiki butun huquqiy ko`rsatma tizimining birligini ta`minlaydi. Normalar ushbu huquq ko`rsatmaga tegishli bo`ladi chunki ko`rsatma normalari asosida ishlab chiqilgan bo`ladi. Ushbu regress nihoyat dastlabki Konstitutsiyaga olib keladi, qaysiki o`zida dastlabki asosiy normalarni belgilovchi. Normalar ma`lum huquq ko`rsatmalariga tegishli bo`ladi. Huquq normasini yaratuvchi individ huquqiy jamoa organi hisoblanadi chunki uning funksiyalari ko`rsatma huquq normalari asosida belgilanadi.

Boshqa normalarni ishlab chiqishni belgilovchi normalar boshqa normlarni yaratishda qo`llaniladi. Huquqni ijod qilish ham ayni vaqtda huquqni qo`llashdir. Ushbu ikki tushunchalar o`z-o`zidan an`anaviy nazariya prezumpiyasi hisoblanadi. Huquqiy hujjatlarni huquq ijodkorligi va huquni qo`llash hujjatlari sifatida klassifikatsiya qilish to`g`ri emas, chunki ayni bir vaqtda huquqiy hujjatlar huquq ijodkorligi va huquni qo`llash hujjatlaridir. Huquq normalarini ishlab chiqish odatda yuqori huquq normalarini qo`llashdir, yuqori huquq normalarini huquqni qo`llash esa o`z navbatida quyi huquq normalarini ijod qilish demakdir. Sud qarorlari umumiy norma va qoidalarni qo`llash hujjati sifatida ayni vaqtda individual normalar sifatida tomonlar o`rtasidagi nizolarni hal etish majburiyatini keltirib chiqaradi. Qonunchilik bu qonunlarni ishlab chiqish bo`lib, shuni hisobga olgan holda aytish mumkinki Konstitutsiya ham huquqni qo`llash demakdir. Qonunchilikning har qanday hujjati qaysiki Konstitutsiyani ta`minlaydigan ayni vaqtda Konstitutsiya normalarini qo`llaydi. Konstitutsiyani ishlab chiqish ham o`z navbatida asosiy normalarni qo`llashni bildiradi.





Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling