Hans Kelzen dаvlаt vа huquqning umumiy nаzаriyasi general theory of law and state


Download 181.76 Kb.
bet87/126
Sana05.01.2022
Hajmi181.76 Kb.
#219476
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   126
Bog'liq
Hanz Kelzen kitob tarjima

Huquqning manbalari
Odat huquqi va qonunlar huquqning asosiy ikki manbai hisoblanadi.Ushbu holatda, huquq deganda faqatgina uning ancha qismini tashkil etadigan individual normalarni hisobga olmasdan, umumiy normalarnigina tushunish lozim.

Huquqning manbai majoziy ma`nodagi tushuncha hisoblanadi. Bu tushuncha nafaqat yuqorida nazarda tutilgan qonunlarni ishlab chiqish, odat va qonunchilikni ifodalaydi, balki qonunning amal qilish sabablarini ifodalaydi. Аsosiy normalar huquqning manbasi hisoblanadi. Umuman, keng ma`noda olganda, har qanday huquqiy norma boshqa normalar uchun huquq manbai hisoblanadi qaysiki qonunlarni ishlab chiqish tartibini belgilab beradi. Ushbu holatda yuqori huquq normalar quyi normalarga manba bo`ladi. Kostitutsiya qoidalar uchun manba bo`ladi qaysiki konstitutsiya asoslarida ishlab chiqilgan, qoidalar esa sud qarorlariga manba hisoblanadi bu esa o`z navbatida tomonlarning majburiyatlari uchun manba hisoblanadi. Huquq manbalari tushunchasi o`zi alohida mustaqil mavjud bo`l olmaydi, balki huquq manbalari ayni vaqtda huquq hisoblanadi. Yuqori huquq normalari quyi huquq normalariga nisbatan yoki huquq normalarini yaratish metodlari barchasi huquqning maxsus mazmunini tashkil etadi.

Huquq manbasi tushunchasi shuningdek umuman huquqiy bo`lmagan ma`noda ham tushuniladi. Masalan, qonun chiqaruvchi organlarning faoliyatiga ta`sir etadigan axloq normalari, siyosiy prinsiplar, huquq doktrinalar va yurist ekspertlarning fikrlari. Qiyoslagan holda shuni aytish mumkiniki, ushbu huquq normalari majburiy kuchga ega emas. Ular huquq normalari kabi haqiqiy emas. Lekin, ushbu manbalar huquqiy tartibot sifatida qo`llanilishi mumkin, qaysiki qonun chiqaruvchi organning ushbu axloq normalarini, siyosiy prinsiplarni yoki yurist-ekspertlarning fikrlarini huquq normasiga aylantirishga xizmat qiladi.

Huquq manbalari termining bir ma`noda qo`llanilmasligi uning ancha samarasiz qo`llanilishiga olib kelmoqda. Аdashtiruvchi majoziy ma`noda qo`llamaslik uchun ushbu termin aniq va to`g`ridan-to`g`ri ifodalanishi kerak.



Download 181.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling