Haqiqatdan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, it, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo’lmaydi


Doza quvvatini o’lchaydigan asboblar


Download 247.37 Kb.
bet13/19
Sana19.06.2023
Hajmi247.37 Kb.
#1600526
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Abduraimova Madina 2013gr 17

Doza quvvatini o’lchaydigan asboblar. Nurlanish manbai atrofidagi dozimetrik maydonni o’lchaydi, nurlanish dozasining quvvatini (ekspozitsion, yutilgan, ekvivalent), shaxslarning radiatsion xavfsizligini ta‟minlashda tashqi nurlanishning guruh va individual dozasini baholaydi. Doza quvvatini aniqlashda asboblar orasida yadroviy nurlanishlar (𝛼, 𝛽, 𝛾-nurlanishlar, neytronlar) oqimi hosil qilgan doza quvvatini aniqlaydigan va shaxs o’zi bilan olib yurishi mumkin bo’lgan dozimetrlar keng tarqalgan. Doza quvvatini o’lchaydigan detektorlar doza quvvati kattaligini haqidagi ma‟lumotni biror xil signalga (masalan, elektr toki) aylantirib berishi kerak. Yadroviy nurlanishlarni o’lchashda energiya diapazoni bir kilovoltdan bir necha o’n mega elektron voltgacha, neytronlar uchun-issiq neytronlardan tez neytronlargacha o’nlab megaelektron voltgacha gamma va rentgen nurlari uchun sifat koeffitsienti bu energiya oralig’ida doimiy bo’lsa, neytronlar uchun uch martagacha o’zgaradi.
Bu esa ekvivalent doza quvvatini o’lchashni qiyinlashtiradi. Lekin hozirgi vaqtda yadroviy asboblar ishlab chiqarish sanoatida doza quvvatini o’lchash uchun kichik gabaritli va og’irligi 2-3 kg dan oshmaydigan dozimetrlar ishlab chiqarilmoqda. Shaxslarning radiatsion xavfsizligini ta‟minlash uchun gamma va rentgen nurlarining ekspozitsion doza quvvatini o’lchash uchun 10-2 mkr/s dan 103 mkr/s va 10-9 Vt/s dan 10-5 Vt/s gacha bo’lgan oraliqda doza quvvatini o’lchaydigan, ekvivalent doza quvvatini esa 10-1 -103 mkber/sek oraliqda o’lchaydigan dozimetrlar keng tarqalgan.
2.2. Dozimetrlar ularning turlari. Ishlash prinsipi.
Dozimetriyada ishlatiladigan asboblar ionlashtiruvchi nurlanishlarning energiyasini, aktivligini, yutilgan dozani, doza quvvatini, ekspozitsion dozani kabi kattaliklarni o’lchashga mo’ljallangan.
Ionlashtiruvchi nurlanish maydonidagi namunaga beriladigan energiyani o’lchash biologik namunalarga va boshqa turli moddalarga radiatsiya ta‟sirini aniqlash bilan bog’liq.
Dozimetrik asboblarga quyidagi kattaliklarni o’lchaydigan asboblar kiradi: yutilgan, ekvivalent, ekspozitsion dozalarni aniqlaydigan, doza quvvati, nurlanish energiyasi, energiya o’tkazilishi, energiya oqimi, nurlanish intensivligi va b.
Ekspozitsion dozani va doza quvvatini aniqlaydigan asboblar nurlanishning moddaga bergan energiyasini o’lchashda ishlatiladi. Umuman hamma dozimetrik asboblar energiya kattaliklarini o’lchaydi. Dozimetrik asboblar schyotchiklar chiqishida ionlashtiruvchi nurlanishning schyotchik ishchi hajmida yo’qotilgan energiya hosil qilgan ionizatsion tokni yoki elektr zaryadini o’lchashga asoslangan. Schyotchik chiqishida ma‟lum vaqt oralig’ida hosil bo’lgan yig’indi zaryad kattaligiga qarab nurlanishning dozasi, energiyasi to’g’risida ma‟lumot olish kerak. Agar schyotchik chiqishida hosil bo’lgan ionizatsion tok kattaligi o’lchanganda nurlanishning doza quvvatiga mos keladigan intensivligini, energetik kattaliklarni aniqlash mumkin. Quyida 𝛼, 𝛽, 𝛾 ionlashtiruvchi nurlanishlarni o’lchaydigan asboblar ko’rib chiqiladi.
Nurlanishlarni qayd qiladigan sistema detektor va o’lchash appaturalaridan iborat. Detektorning ishlash prinsipining asosi – ionlashtiruvchi nurlanishlarning moddaga ta‟siridir. Detektor qayd qiluvchi qurilmaning asosiy qismi hisoblanadi. Detektor o’lchanayotgan ionlashtiruvchi nurlanishlar to’g’risidagi ma‟lumotlarni energiyasini, turini, oqim zichligini va b. qayd qilish uchun qulay bo’lgan boshqa turdagi energiyaga aylantirib beradi. Masalan, elektr signallariga aylantirib beradi.
Detektorda nurlanishlarning modda bilan o’zaro ta‟sir jarayoni ketadi. O’lchaydigan apparatura detektor chiqishida hosil bo’lgan signalni qabul qiladi va o’lchaydi. Gaz to’ldirilgan detektorlarga signal zaryadlangan zarralarning moddani ionlashtirishi natijasida hosil bo’ladi.
𝛼, 𝛽 va 𝛾-nurlarni o’lchashda integral va differinsial metodlardan foydalaniladi. Integral metodda nurlanishning detektorga ma‟lum vaqtda ta‟sir qilishidan hosil bo’lgan yig’indi effekti o’lchanadi (ionizatsion kamera plastinkalarida to’plangan elektr zaryadi va b.). differinsial metodda alohida zarralar qayd qilinadi (ionizatsion kameralar, schyotchiklarda elektr impulslari, fotoplastinkalarda va Vilson kamerasida zarralar izlari).

Download 247.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling