Haqiqatdan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, it, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo’lmaydi


Download 247.37 Kb.
bet1/19
Sana19.06.2023
Hajmi247.37 Kb.
#1600526
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Abduraimova Madina 2013gr 17



MUNDARIJA




KIRISH
Haqiqatdan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, IT, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo’lmaydi.
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekistonda yadro fizikasi tadqiqotlari o‘tgan asrning 40-yillarida boshlangan bo‘lib, 50-yillariga kelib jadal rivojlana boshladi. Mamlakatda yuqori malakali olimlarning mavjudligi, shuningdek, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish yo‘lida O‘zbekiston olimlarining samarali ilmiy izlanishlari va amaliy ishlanmalari 1956-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilishiga zamin yaratdi.
Institut o‘zining 60 yildan ziyod faoliyati davomida yadro fizikasi va yadroviy texnologiyalar sohasida dunyo ilmiy hamjamiyati tomonidan tan olingan yirik tadqiqot markaziga aylandi.
O‘tgan yillar davomida Institut jamoasi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi, shu jumladan:
atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi, yadro tuzilishi nazariyasi, quyi va o‘ta past energiyalarda yadrolarning parchalanishi va qo‘shilishi fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi, astrofizika va kosmologiya, qattiq jism radiatsion fizikasi, radiokimyoning fundamental jihatlari sohalarida yadroviy ilmlarning fundamental asoslari rivojlantirildi;
amaliy radiokimyo, radioizotoplar va ular asosida radiofarmatsevtik preparatlar ishlab chiqarish, iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun radiatsion priborlar va uskunalar tayyorlash, opto- va mikroelektronika uchun yangi materiallar olish bo‘yicha amaliy yadro texnologiyalari yaratildi.
Shu bilan birga, yadro fizikasi sohasida tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, Institutning ilmiy salohiyatini yanada oshirish uchun qo‘shimcha choralarni ko‘rish talab etilmoqda, xususan:
ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish;
yosh olimlarni tayyorlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mavjud dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy-ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish hamda tadqiqot reaktoridan samarali foydalanish;
atom energetikasi yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlarni yo‘lga qo‘yish;
Institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan, zamonaviy yadroviy uskunalar, yuqori energiyali siklotron, yuqori quvvatli elektron tezlatgichlar, boshqa asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash.

Download 247.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling