Haqiqatdan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, it, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo’lmaydi


Download 247.37 Kb.
bet8/19
Sana19.06.2023
Hajmi247.37 Kb.
#1600526
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Abduraimova Madina 2013gr 17

Nurlanish turi

η

Ruxsat etilgan chegaraviy yutilgan doza, rad/hafta

Rentgen va 𝛾-nurlanishlar

1

0.1

Rentgen nurlanishi

1

0.1

𝛽-nurlanish

1

0.1

𝛼-nurlanish (≤10 MeV)

10

0.01

Protonlar (10 MeV)

10

0.01

Issiq neytronlar

3

0.033

Tez neytronlar

10

0.01

1.1.1-jadval
Jadvalda ko’rsatilgan nurlanishlar va gamma kvantlar energiyalari moddada bir xil kattalikda yutilganligida  -ning jadvalda keltirilgan qiymatlari to’g’ri bo’ladi.
Nurlanishlarning effektiv dozasi.Tirik organizmning ionlashtiruvchi nurlanishlaridan oladigan nurlanish dozasi qancha katta bo’lsa, organizmga shunchalik ko’proq zararli ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun yadroviy sinovlardan radioaktiv zararlanish oqibatlarini bartaraf etish uchun olib boriladigan tadbirlarni tashkil etuvchi mutaxassislarning nurlanishi imkoni boricha kichik bo’lishi zarur, lekin bunday kishilar o’z vazifalarini radiatsion sharoitda bajarish jarayonida bir necha marta nurlanishi va ularning olgan yig’indi dozasi ruxsat etilgan chegaraviy dozadan yuqori bo’lishi mumkin. Ma’lumki, nurlanishdan zararlanish tirik organizmning olgan dozasiga va nurlanish ta’sir etib turgan vaqtiga bog’liq. Tirik organizm olgan yig’indi dozani aniqlashda organizmning radiatsiyon zararlanishining katta qismini tiklashdagi qobiliyatini hisobga olish kerak. Zararlanish tiklanadigan doza umumiy dozaning qariyb 90 % ni tashkil etadi. Bunday doza zararlanishning qayta tiklanadigan qismi, yoki qaytar doza deyiladi. Radiasion zararlanishning 10 % qayta tiklanmaydi. Bu doza qoldiq doza deyiadi, bu doza nurlanishning ko’p yillardan keyingi zararlanishiga olib keladi. Zararlanishning 90 % qayta tiklanadigan qismining yarmi bir oyda tiklanishi mumkin. Tiklanishi mumkin bo’lgan qolgan qismi, uch oyda tiklanadi. Organizmning zararlanishdan tiklanish tezligi sutkada 2,5 % ni tashkil etadi. Lekin nurlangan vaqtdan keyingi 4 sutka da tiklanish bo’lmaydi. Shuning uchun nurlanish qancha vaqt oralig’ida 1 soat dami yoki boshqa biror vaqt oralig’idami bunga bog’liq bo’lmasdan, nurlanish qisqa vaqtdagi nurlanish yoki bir marta nurlanish hisoblanadi. Nurlangandan so’ng 4 sutka o’tgach organizmda sog’ayish, tiklanish boshlanadi.
Organizmning yana qancha vaqt olingan nurlanish dozasining ta’sirida bo’lishi mumkinligini aniqlash uchun 10 % qoldiq dozani va qaytar dozaning berilgan vaqtda organizm hali tozalanmagan vaqtdagi dozasini qo’shish kerak. Bu ikki xil dozaning yig’indisi nurlanishning effektiv dozasi deyiladi. Effektiv doza nurlanishdan zararlanish vaqtida organizmga bo’lgan biologik ta’sirni ko’rsatuvchi dozadir. Bir marta nyrlanishda effektiv doza (Def) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(1.1-13)
Bu formulada  nurlanishning effektiv dozasi;
 -bir marta nurlanishda olingan doza;
 - uchun koeffitsient, uning qiymati

Download 247.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling