Haqiqatdan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, it, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo’lmaydi
Download 247.37 Kb.
|
Abduraimova Madina 2013gr 17
XULOSA
Nurlanish dozalari - nurlarning biror muhitga taʼsirini belgilovchi miqdorlar. Bir necha turlari mavjud. Yutilgan doza - nurlanayotgan muxitning massa birligiga yutiladigan Nurlanish energiyasi; ionlashtiruvchi nurlar (rentgen 7-nurlar, α - va γ -zarralar, neytronlar, kosmik nurlar va h. k.) ning muhitda yutilgan dozalari radlarda ifodalanadi. Nurlantirish dozasi - nurlanish miqdorini ifodalaydigan va havoning tonlanishi bilan oʻlchanadigan miqdor, rentgen va u-nurlari rentgenlarda, boshqa ionlashtiruvchi nurlar esa ber larda ifodalanadi. Biologik doza - nurlarning organizmga biologik taʼsirini ifodalovchi miqdor; ber (rentgenning biologik ekvivalenti)larda oʻlchanadi. Integral doza - nurlanayotgan hajm boʻyicha toʻla yutilgan ionlashtiruvchi nurlarning umumiy dozasi; gramm-rentgen yoki gramm-radlarda oʻlchanadi. Vaqt birligidagi nurlanish doza quvvati deyiladi. Baʼzi nurlanish dozalarining qiymatlari: tabiiy fon (kosmik nurlar, muhit va odamni oʻrab olgan radioaktivlik)ning nurlanish dozasi 0,1 ber/yil; nur kasalligiga olib kela-digan nurlanish dozasi — 400 —500 ber; terapiyada qoʻllaniladigan nurlanish dozasi 10000 ber gacha (Dozimetrik asboblar, Dozimetriya, Dozimetriya nazorati). Nurlanish yadroviy reaksiyalar oqibatida vujudga keladigan elektromagnit va korpuskulyar nurlanishlardir. Tabiiy radioaktiv izotoplarning tarqalishi turli hududlarda hududning geografik joylashuviga bog‘liq ravishda turlicha bo‘ladi. Radioaktiv izotoplar kishilar organizmiga havo, suv, iste’mol mahsulotlari biologik zanjiri orqali o‘tadi va kishilarning organlarini ichkaridan nurlantiradigan ichki nurlanish manbai bo‘lib qoladi. Radionuklidlarning organizmda chiqarilishi, radionuklidlarning fizikaviy-kimyoviy xossalariga, yarim yemirilish davrlariga bog‘liq bo‘lib, to‘liq chiqarilmasdan organizmdagi turli organlarda (suyakda, mushaklarda, o‘pkada va boshqalarda) to‘planadi. Kishilar organizmiga o‘tgan radioaktiv izotoplarning xavfsiz deb belgilangan chegaraviy miqdoridan ortib ketishi kishilarning ortiqcha nurlanish olishiga olib keladi. Ortiqcha nurlanish esa sog‘lom hujayralar atomlarini ionlashtirib, hujayralarni yemiradi, qon tarkibini o‘zgartiradi, hayot uchun xavfli bo‘lgan turli patalogik jarayonlar (saraton, nasl kasalligi, bepushtlik, teri, qon kasalliklari) kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham atrof-muhit namunalarining tarkibidagi radionuklidlar miqdorini, o‘zgarishini, migratsiyasini nazorat qilish, radionuklidlarning to‘planishini kamaytirish chora-tadbirlarini izlash kishilarning radiatsion xavfsizligini ta’minlashda tabiiy fanlar oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Download 247.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling