Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet121/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Dunyoning tiliga, samari ham biz,
Aql ko‘zin qarosi-javhari ham biz.
To‘garak jahonning uzuk deb bilsak,
Shaksiz uning ko‘zi-gavhari ham biz.
Hozirgi bizning yangilanish jarayonini o‘tayotgan jamiyatimizda ham hayotning hamma sohalarida hukm surayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va axloqiy muhitning sog‘lom va barqarorligiga bog‘liqdir. Xalqimizda chuqur ma’noga ega naql bor-«inson faqat non bilan yashaydi». Har bir inson uchun zulol suv, tiniq osmon, osoyishta muhit, o‘zaro qadr-qimmat, izzat-hurmat zarur.
O‘zlikni anglash millatning til urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar, hudud yagonaligi, ma’naviyatdagi o‘ziga xosligidan iborat belgilari kabi millatning mustaqil belgisi hisoblanadi. O‘zlikni anglash millatning, vatanning mustaqil belgisi ekanligi-milliy manfaatlar, ehtiyojlar umumiyligini himoya qilish va milliy taraqqiyotga erishish va uning jahon tinchligini o‘rnini mustahkamlash zaruriyatini anglash bilan belgilaydi.
O‘zlikni anglash omilining qudrati quyidagi usullarda shakllanadi:
Birinchidan, agar o‘zlikni anglash rivojlangan bo‘lsa, millatning manfaatlariga, ayniqsa sha’ni, qadr-qimmati, obro‘-e’tibori, g‘ururi poymol etilishiga qaratilgan harakatlar yuzaga kelgan holatlarda millatning barcha vakillari birlashib ketadilar, hatto millatning ichida o‘zaro muxolafatda bo‘lgan tomonlar ham millatning sha’ni, g‘ururi, obro‘-e’tiborini himoya qilish manfaati yo‘lida birlashadilar.
Ikkinchidan, o‘zlikni anglash ruhiy, his-hayajon, ehtiros omilidir. Mazkur holat tashqaridan qaraganda sezilmaydi. Uning millatning xatti-harakatlarida, intilishlarida va maqsadlarini amalga oshirishlaridagi salohiyati orqali bilib olish mumkin bo‘ladi. Ruhiy his-hayajon va ehtiroslarning «portlashi» millatning xarakteri, xususiyatlari, milliy g‘oyalarning yaratuvchi, uning taraqqiyotida oldingi safda turuvchi ziyolilarning salohiyatiga bog‘liq.
Uchinchidan, o‘zlikni anglash usuli faqat milliy manfaatlarni himoya qilish bilan cheklanmaydi, balki milliy taraqqiyot jarayonida, uning oldida yuzaga keladigan ichki muammolarni hal qilish hamda millatni birlashtiruvchi va harakatga keltiruvchi vazifani ham bajaradi. Bu muammolar mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda sodir bo‘lishi mumkin.

Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling