Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet120/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

75. Tarbiyada o‘zlikni anglash metodi
Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo‘lmaganidek, o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi. Kelajagini ayta olish uchun, biz avval o‘tmish tariximizni hartomonlama tahlil qilib, uni hozirgi zamon sharoitiga solishtirib ko‘rgan holda har xil g‘oyalar paydo qilamiz. Bu g‘oyalar bizni kelajagimizdir.
Tarixni bilmay turib, mafkuraning pedagogik negizlarini anglab bo‘lmaydi. O‘zini o‘zi chuqur anglab etgan, ko‘zi ochilgan, aqli raso, g‘oyaviy-siyosiy jihatdan o‘yg‘ongan harbiylarni madaniyati, qadriyatlarini oyoq osti qilish, huquqlarini poymol etish, davlat mustaqilligidan judo qilish aslo mumkin emas.
O‘zlikni anglash bu xalqning, millatning o‘tmish tarixi taraqqiyot yo‘lini, ota-bobolari, nasl-nasabi, avlodu-ajdodlarining kim bo‘lganligi va ularning jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalarini bilib olishdir.
O‘zlikni anglash-millatni yashayotgan Vatanning porloq istiqbolini ta’minlash uchun qanday imkoniyatlar va qulayliklari ega ekanligini chuqur anglab etish, ular bilan cheksiz faxrlanish, mavjud imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, real voqelikka aylantirish uchun o‘zini safarbar etish, kuch g‘ayratini ishga solish demakdir.
Har bir harbiy xizmatchi o‘z o‘tmishini yaxshi bilib olsa, bunday harbiylarni hech kim har xil yo‘llardan, aqidalar ta’siridan qaytarolmaydi. Chunki tarix saboqlari, o‘zini kimligini yaxshi bilgan askar hushyorlikka, jasurlikka o‘rgatadi va irodasini mustahkamlaydi. Shuni o‘nitmaslik kerakki, tarixdan judo bo‘lish hayotdan judo bo‘lish demakdir. Hech kim, hech qachon jamiyatdan ajralib, zamonasidagi odamlarning faoliyatidan chetda to‘laqonli hayot kechira olmaydi.
«Odam», «Inson», «Shaxs», «Tarix» tushunchalarini kundalik hayotda tez-tez ishlatib turamiz, ammo ularning farqiga bormaymiz. Holbuki, «Shaxs» tushunchasi ko‘proq tamoyillikni anglatsa, «Inson» tushunchasi ijobiy-axloqiy sifatlarni jamlangan odamlarga nisbat berib aytiladi. «Odam» tushunchasi esa yuqoridagi ikki tushunchadan ko‘ra mazmunan kengroq ma’noni anglatib, biologik va ijtimoiy jihatlarni o‘zida mukammal namoyon qiladigan, tarix esa insonni o‘tmish hayotini tirik jonzotga nisbatan ishlatiladi.
Inson borki, hayot bor, tarix bor, jamiyat borki, inson jonli mavjudot sifatida asrdan-asrga, avloddan-avlodga kamol topib yashab, o‘sib-ulg‘ayib kelmoqda. Inson eng muqaddas kuchdir. Uning qudrati dunyoda eng oliy mavjudot ekanligidir.
Ulug‘ mutafakkir Umar Xayyom tili bilan aytganda:

Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling