Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet128/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

79. Tarbiyada rag‘batlantirish.
Intizom qoidalariga bo‘ysunishni ta’minlashda rag‘batlantirish metodi katta ahamiyatga ega. Bizni jamiyatimizda rag‘batlantirish shaxsni hurmat qilishga asoslanadi va yoshlarda qadr-qimmat tuyg‘usini tarbiyalashga qaratilgan.
Rag‘batlantirish harbiylarning xarakteri va xulqida ijobiy xislatlarni o‘stirishga, ularni xatti-harakati va xulqini to‘g‘ri yo‘lga solib yuborishga hamda paydo bo‘lgan ijobiy fazilatlarni takomillashtirishga yordam beradi.
Rag‘batlantirish uchun quyidagi talablarga bo‘ysunish lozim:

  1. Rag‘batlantirish harbiylarning shaxsi emas, balki ayni vaqtdagi xatti-harakati, xulqidagi yaxshi yoki yomonlikni ko‘rsatuvchi qiliqlarini nazarda tutadi;

  2. Bu metoddan foydalanganda ayniqsa, ehtiyotkorlik, harbiylarning individual xususiyati, hozirgi ijtimoiy holati, kayfiyati, ushbu hodisa yuz beradigan vaziyat, motiv, jamoadagi o‘zaro munosabatlar muhiti hisobga olinadi;

  3. Rag‘batlantirish ham harbiylarga nisbatan tez-tez qo‘llanmasligi kerak, aks holda ularning ta’siri kamayadi;

  4. Rag‘batlantirishda harbiylarni tirishqoqligi, sabot va matonati, ongligi va jamoaga keltiradigan zarari ham hisobga olinadi.

Rag‘batlantirish-harbiylarni sotsial-demokratik, milliy g‘oya va milliy mafkura ruhida tarbiyalashda rag‘batlantirishning roli benihoyat katta. Rag‘batlantirish harbiylarni ruhini ko‘taradi, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shadi, xulqi va xatti-harakatida yangidan-yangi muvafaqqiyatlarga erishishga otlantiradi, o‘z kuchiga ishonchini oshiradi, ma’naviy oziq beradi.
Rag‘batlantirish metodi axloqiy tarbiya yuzasida eng ko‘p qo‘llaniladigan metodlardan biri bo‘lib xalq og‘zaki ijodida u turli farmonlarda shakllanadi:

  1. Ma’qullash va maqtash;

  2. Olqish;

  3. Mukofot.

Ma’qullash va maqtash-xalq og‘zaki ijodi asarlarida harbiylarning insoniylik yuzasidan amalga oshirgan ibratli ishlarni kattalar tomonidan ma’qullash taqdirlash va maqtov bilan bir o‘rinda tasvirlaydi.
Olqish-o‘z navbatida ikkita yo‘nalishda ko‘rinadi:

      • o‘z fe’l-atvori va xatti-harakati bilan kattalarni manzur qilgan harbiylarning sog‘-salomat bo‘lishlariga nisbatan ishlatiladigan aqidalar;

      • harbiylarni kelajagi haqida manzur qiladigan yo‘nalish.

Mukofot-xalq ijodida rag‘batlantirishning bu formasi uchrab turadi. Bu formalar ijtimoiy jamiyat tomonidan ta’lim masalalari oldiga har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi.
Bu boradagi vazifalar harbiylarning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining mustahkamlash, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida faoliyat olib boruvchi shaxslarni tarbiyalash, ularni bu kurashga jalb ettirish orqali amalga oshiriladi.
Rag‘batlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qo‘llanishi lozim. Har qanday rag‘batlantirish harbiylarning jamoa oldidagi chinakam xizmatlariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Rag‘batlantirish samarasi ofitserning, bu metoddan mohirlik bilan foydalanishiga bog‘liq. Harbiylarning biror xulqi ma’qullaganida uni haddan tashqari maqtab yuborish yaramaydi, chunki ortiqcha maqtovlar askarlarni taltayib yuboradi. Hozirgi tarbiya rag‘batlantirishning xilma-xil formalarini qo‘llanadi: ma’qullash, ko‘ngil ko‘tarish, ishonch bildirish, maqtash, og‘zaki va yozma tashakkur, mukofotlash va hokazolar.
Nizomda ham bir qator rag‘batlantirish formalari ko‘rsatilgan:

  • Minnatdorchilik bildirish;

  • Navbatdan tashqari shaharga chiqarish;

  • Oldingi berilgan ta’zirini echish;

  • Jangovar bayroq oldida rasmga tushirish;

  • Ota-onasiga minnatdorchilik xatini jo‘natish;

  • qimmatbaho sovg‘a berish;

  • Pul mukofoti bilan rag‘batlantirish;

  • Maxtov yorlig‘i berish;

  • Faxriy (a’lochilar) taxtasiga qo‘yish;

  • Harbiy qism faxriylar kitobiga kiritish.



Ofitserlarning rag‘batlantirish metodi asosan ikki qismga bo‘linadi:

  1. Siz buyurgan ishga burchi va mas’uliyati bilan yondoshganligini rag‘batlantirish;

  2. Siz buyurgan ishga qiziqishini va uni uddalay olganligini rag‘batlantirish.




Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling