Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilimdonlik, zukkolik va ziyolilik
Keng dunyoqarash yuksak madaniyatli pedagogga xos tushunchadir. Bu tushunchaga lug‘atlarda berilgan ta’riflarni umumlashtirgan holda aytish mumkinki, dunyoqarash kishilarning tabiat va jamiyatga, tevarak-atrofdagi voqelikka, o‘z-o‘zlariga va boshqa odamlarga munosabatiga bo‘lgan umumiy qarashlar tizimi hamda ularning shu qarashlar asosida shakllangan e’tiqodlari, bilish va faoliyat prinsiplaridir. Dunyoqarash qancha keng bo‘lsa, inson yuz berayotgan voqea va hodisalarga, kechayotgan jarayonlarga shuncha ob’ektiv baho berish imkoniyatiga ega bo‘ladi, ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy jihatdan kamol topa boradi.
Pedagogik madaniyatning muhim tarkibiy qismlaridan yana biri yuksak axloqiylik bo‘lib, uning mohiyati va asosiy mazmuni ofitserning pedagogik faoliyati uchun zarur hisoblangan axloqiy sifatlari bilan ifodalanadi. Umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlarning, umumharbiy nizomlar talablarining ofitser tomonidan o‘zlashtirilishi hamda ularning turmush tarziga aylantirilib, so‘zsiz bajarib borilishi, bu borada hamkasblariga va bo‘ysunuvchilariga doimo ibrat bo‘lishi harbiy pedagogga xos xususiyatdir. Professional pedagogik axloq ofitser shaxsining kasbiy takomillashuvi va axloqiy bilimlarni egallashi asosida hosil bo‘ladi. Bilimdonlik, zukkolik va ziyolilik hozirgi zamon ofitseriga qo‘yiladigan asosiy talablardan biridir. Bilimdonlik madaniyatlilikning bosh mezonidir. O‘z mutaxassisligini chuqur bilgan, boshqa sohalardan ham etarli tushunchaga ega bo‘lgan, zamonaviy axborot oqimi ma’lumotlarini to‘g‘ri talqin qila oladigan pedagoggina o‘z hamkasblari va tarbiyalanuvchilari ko‘z o‘ngida obro‘-e’tiborga ega bo‘ladi. Ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish, turli tadbirlar o‘tkazish jarayonida materialni tinglovchi ongiga etkaza olish, tug‘iladigan savollarga hozirjavoblik bilan javob berish murakkab ishdir. Bunda pedagogdan yaxshi xotira, ma’lum tizimga solingan bilimlar zahirasi, tajriba va sharoitga qarab yo‘l tuta olish qobiliyati talab qilinadi. Bilimdonlik, zukkolik, ziyolilik insonga o‘z-o‘zidan kelmaydi. Bularga bilim, ko‘nikma va malakalarni doimiy ravishda takomillashtirib borish, ma’lumotni oshirish yo‘lidagi tinimsiz mehnat, izlanish oqibatida erishiladi. Pedagogik madaniyatning asosini pedagogik mahorat tashkil qiladi. Pedagogik mahorat ofitserning kasbiy va axloqiy qiyofasi tarzida namoyon bo‘lib, uning psixologik-pedagogik tafakkuri, kasbiy-pedagogik bilimi, ko‘nikma va malakalari hamda pedagogga xos ma’naviy-axloqiy fazilatlari yig‘indisidan iboratdir. O‘zining pedagogik faoliyati davomida yuqori natijalarga erishish istagida bo‘lgan ofitser ta’lim-tarbiya ishlarini ilmiy izlanishlar bilan uyg‘un ravishda olib bora olishi lozim. Taraqqiyotning negizini fandagi izlanishlar tashkil qiladi. Izlanishlar, tadqiqot ishlari asosida fan rivojlanib boradi, yangiliklar yaratiladi. Shunday ekan, ofitser o‘z faoliyatini pedagogika fanining ilg‘or yutuqlari asosida tashkil etishi, o‘zi ham mutaxassis sifatida nafaqat fan rivojidan orqada qolmasligi, balki unga o‘zining munosib hissasini qo‘shib borishi maqsadga muvofiqdir. Pedagogik madaniyat haqida so‘z yuritganda yuksak muomala madaniyati, so‘zlashish odobi haqida gapirmaslik mumkin emas. Ofitser o‘z faoliyati jarayonida ko‘plab insonlar bilan muomala qiladi, fikrini so‘z vositasida tinglovchiga etkazadi. Shuning uchun u nutqini o‘stirish, muomala madaniyatini rivojlantirish, so‘zlashish odobiga rioya qilish ustida tinmay mehnat qilishi lozim. So‘z lug‘atining boyligi, nutqining ravon va tozaligi, tinglovchi shaxsini hurmat qilishi, muomala qilish jarayonida axloqiylik qoidalariga va nizomlar talablariga qanchalik rioya qilishi ofitserning madaniy saviyasini ko‘rsatuvchi omildir. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling