85. Moddiy madaniyat va ma’naviy madaniyat bu….
Moddiy madaniyat deganda mehnat qurollarini, mehnat ko‘nikmalarini, shuningdek ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan va moddiy hayot uchun xizmat qiladigan inson tomonidan yaratilgan barcha moddiy boyliklar tushuniladi. Moddiy madaniyat bir necha turga bo‘linadi. Masalan, ishlab chiqarish va texnika madaniyati, dehqonchilik madaniyati, mehnatni tashkil etish madaniyati, injenerlik madaniyati, pazandachilik madaniyati va boshqalar.
Ma’naviy madaniyatga esa insonning aqliy va ma’naviy yaratuvchanlik faoliyatlari va ularning natijalari kiradi. Ma’naviy madaniyat fan, falsafa, san’at, adabiyot, axloq, din, huquq, siyosat, maorif, ma’rifat va hokazolar yig‘indisidan tashkil topadigan insonning tashqi va ichki ma’naviyati, ruhiyati olamidir. Ma’naviy madaniyatni yaratish, o‘zlashtirish va rivojlantirish jarayonida jamiyat taraqqiy etadi, mehnat unumdorligi ortadi, ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanadi, kishilarning ma’naviy qiyofasi shakllanadi, axloq-odobi, did va farosati, estetik zavqi, ijodiy kuchi va qobiliyatlari taraqqiy etadi.
Demak shaxs madaniyati jamiyat madaniyatining shunchaki aks etishi emas, balki uning (shaxsning) ijtimoiy xislatlari, faoliyati va xulqi mazmunida, shuningdek ehtiyojlarida namoyon bo‘luvchi rivojlanganlik darajasidir.
Pedagogik madaniyat nima? Pedagogik madaniyat pedagogik faoliyat ta’siri ostida yuzaga keladi va bu faoliyatni amalga oshirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Pedagogik madaniyat shaxsning pedagog sifatida qay darajaga erishganligida namoyon bo‘ladi.
86. Psixologik jihatdan pedagogik madaniyat va shaxsning pedagogik yo‘naltirilganligi bu….
Psixologik jihatdan pedagogik madaniyat – pedagogik tushunchalar va mahorat, pedagogik axloq va kasbiy-pedagogik xislatlar, pedagogning ish uslubi va o‘z faoliyatiga munosabati yig‘indisidir. Pedagogik madaniyatning namoyon bo‘lishi va uning qadriyatga, turmush tarziga aylanishi uchun insondan yuqori kasbiy salohiyat, ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy barkamollik talab qilinadi.
Ofitserning pedagogik madaniyatini chuqur harbiy bilimlarsiz ham tasavvur qilib bo‘lmaydi. Hozirgi zamon ofitseri zamonaviy harbiy texnika va qurollarni yaxshi bilishi va samarali qo‘llay olishi, umumharbiy nizomlar talablariga kundalik xizmat jarayonida rioya qilishi va buni boshqalardan talab qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |