Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil tarbiyaning mazmuni quyidagilardan iborat bo‘ladi
Mustaqil tarbiya – insonning o‘zida ijobiy xislatlarni shakllantirish va rivojlantirish hamda salbiy xislatlarni yo‘qotish yo‘lidagi ongli, faol, maqsadli faoliyatidir. Mustaqil tarbiyaning ichki asosini insonning quyidagi qobiliyatlari tashkil etadi:
- o‘zi haqida qayg‘ura olishi; - o‘z ishi va kelajagi haqida o‘ylashi; - o‘ziga chetdan nazar sola olishi; - o‘z qobiliyati, kuchi va imkoniyatlariga to‘g‘ri va haqqoniy baho bera olishi; - o‘z kamchiliklarini va nojo‘ya hatti-harakatlarini ko‘rishi, xulosa chiqarishi va bartaraf eta olishi; - o‘ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘la olishi; - o‘z harakatlari va turmush tarzi uchun mas’uliyat his etishi; - oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish yo‘lida qat’iyat bilan harakat qilishi. Mustaqil tarbiya – murakkab aqliy, axloqiy, ma’naviy va irodaviy jarayondir. Bu jarayon davomida shaxsning o‘ziga va atrofdagilariga nisbatan ongli, maqsadli va tanqidiy munosabatda bo‘lishi talab qilinadi. Shaxsning o‘zgarishi tashqi ta’sirlar, ya’ni tarbiya, atrof muhit, boshqa odamlar ta’sirida ongsiz, stixiyali ravishda bo‘ladigan bo‘lsa, bunda o‘z-o‘ziga tarbiya berish haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. Mustaqil tarbiya uchun shaxsning ma’lum darajada tarbiyalanganligi, o‘zini anglashga, o‘z harakatlarini tahlil qilishga va o‘ziga baho berishga, o‘z xulqi va harakatlarini boshqalarniki bilan solishtirishga va taqqoslashga qodirligi talab qilinadi. Mustaqil tarbiyaning mazmuni quyidagilardan iborat bo‘ladi: - harbiy-kasbiy; - ma’naviy-axloqiy; - estetik; - jismoniy; - ruhiy; - irodaviy va boshqalar. Mustaqil tarbiyaning metodlari quyidagilardan iborat: - o‘z ustiga majburiyat olish; - o‘z hayoti va faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish va tartibga solish; - o‘z-o‘zini tushunish, anglash; - o‘z xulqi va harakatlarini tahlil qilish; - o‘z-o‘ziga hisob berib borish; - o‘z-o‘zini ishontirish; - mashq qilish; - o‘z-o‘zini tanqid qilish; - o‘z-o‘zini jazolash va boshqalar. Mustaqil tarbiya jarayonining natijalarini ko‘rish, o‘zini nazorat qilish maqsadida o‘z-o‘ziga hisob berib turishi, qilgan ishlariga ma’lum bir vaqt oralig‘ida, masalan, har kuni, har haftada, har oyda, har yili yakun yasab turishi yaxshi natijalar beradi. Bunda quyidagicha baho berilishi mumkin: - o‘tgan davrda qanday ishlar bajarildi, bu ishlarning mazmuni, miqdori va sifati, rejaga muvofiqligi; - qanday yutuqlarni alohida ta’kidlash mumkin; - qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi; - o‘z xarakterining qirralarini, irodasini va qobiliyatini qaerda va qanday namoyon qildi; - o‘z shaxsida qanday ijobiy o‘zgarishlarga erishdi; - o‘z-o‘zini tarbiyalash bo‘yicha keyingi davrga o‘z oldiga qanday vazifalar qo‘yishi lozim va hokazo. Askarlarning mustaqil tarbiyasi jarayoni o‘z holiga tashlab qo‘yilmasligi, boshqaruvsiz qolmasligi lozim. Bu jarayon komandirlar, boshliqlar, tarbiyachilar tomonidan doimo boshqarib turilishi lozim. Mustaqil tarbiya jarayoniga rahbarlik qilish va uni boshqarishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat: - askarlarning ongliligini, ma’naviy-axloqiy xislatlarini, fazilatlarini oshirib borish; - xizmatni harbiy nizomlar talablari asosida tashkil qilish, doimiy ravishda tartib va intizomga rioya qilishga o‘rgatish; - komandir va tarbiyachilarning shaxsiy ibratliligi, doimiy har sohada o‘rnak bo‘lishi; - askarlarga mustaqil tarbiyaning mazmuni, maqsadlarini, shakllarini va metodlarini tushuntirib borish; - zarur xislatlarini o‘zida rivojlantirish uchun sharoit yaratib berish; - mustaqil tarbiya bo‘yicha shaxsiy ish rejalarini tuzishga ko‘maklashish va boshqalar. Mustaqil tarbiya bilan birga mustaqil ta’lim jarayoni ham shaxsning rivojiga, kamolotiga yordam beruvchi jarayondir. Tarbiyada Shaxs rivojlanishini amalga oshirishda ajdodlarimiz ilmiy merosining ahamiyati. O‘zbekistonning milliy mustaqillikka erishishi va hozirgi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy o‘zgarishlar o‘z ahamiyatiga ko‘ra tarixiy voqealardir. Insoniyat o‘zining tarixi taraqqiyoti davrida ta‘lim-tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun ma‘rifiy jarayonda obyektiv qonuniyatlarni aniqlaydi va shu asosda ta‘lim-tarbiya uslublarini yaratadi. Pedagogikada rivojlanish va tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi muammolardan bo‘lib, u ko‘p munozaralarga sabab bo‘ladi. Shaxsning rivojlanishi qiyin, murakkab jarayon, u ko‘plab ichki va tashqi ta‘sirlar va omillar orqali ro‘yobga chiqadi. Jamiyatimiz hayotidagi tub o‘zgarishlar amalga oshirilayotgan islohotlarga bog‘liqdir. Ma‘lumki, ibtidoiy jamiyatda kishilar o‘zlarining juda oddiy mehnat faoliyati jarayonda ko‘pgina ehtiyojlarni qondirganlar. Mustaqillik tufayli barcha sohada milliy ehtiyoj va manfaatlardan kelib chiqqan holda avlod-ajdodlarimizning azaliy turmush tarzi, an‘analari, urf-odatlari, qadriyatlari, tarixiy tajribalari tiklanmoqda. Inson hayot ekan, butun umri davomida o‘sib, rivojlanib, o‘zgarib boradi. Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik yillarida shaxsning kamol topishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jamiyatimiz kelajagi yosh avlod-farzandlarimizning yuksak darajadagi ta‘lim-tarbiyasiga bog‘liq. Rivojlanish deganda biz shaxsning ham jismoniy, ham aqliy va ma‘naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Yosh avlodni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash davlatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Shuning uchun ham bugungi kunda bu masalaga jiddiy e‘tibor bermoqdamiz. Pedagogika va psixologiya fani rivojlanishini biologik va ijtimoiy xususiyatlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Odam bolasining Shaxs sifatida rivojlanishi har tomonlama kamol topishining samarali bo‘lishiga erishish maqsadida ajdodlarimiz ilmiy meroslaridan, pedagogika fani rivojlanishining qonuniyatlarini unga ta‘sir etuvchi omillarni tahlil qiladi. Ma‘lumki, odamShaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uning shakllanishi avvalo hayot sharoitlariga bog‘liqdir. Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma‘lum ijtimoiy tizimning mahsuli deb tushunishimiz lozim. «Lo‘nda qilib aytganda, bugungi kunda oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, shaxsni rivojlanishi, jamiyatimizning yangilanish, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqdir»-deydi Sh.M.Mirziyayev. Jamiyat a‘zolarining madaniy-ma‘rifiy, axloqiy kamoloti, ta‘lim-tarbiya ishlarining oqilona yo‘lga qo‘yilishi bilan bog‘liq. Agar inson to‘g‘ri tarbiya topmasa uning faoliyati jamiyat uchun zararli bo‘ladi. Demak, axloq-ma‘naviyat o‘zagi. «Avesto»da inson o‘z mehnati tufayli barcha yomonliklardan, yozuvliklardan qutilishi mumkin, degan ulug‘ g‘oya yotadi. Unda axloqiylikning asosi-saxovatlilik, deb ko‘rsatilgan. Shaxsning rivojlanish jarayoni bir qancha omillar ta‘sirida sodir bo‘ladi. Bular irsiyat, ya‘ni biologik omil hamda muhit, ta‘lim-tarbiya,shaxs faoliyati shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi. Shaxsning, ayniqsa harbiylarning jismoniy rivojlanishi, sog‘lig‘i biologik omilga bog‘liqdir. Biologiyaning asosiy tuhhunchasi bilan irsiyatning, ya‘ni yoshlarning nasl-nasabining roliga omillarimiz alohida e‘tibor bermoqda. Bola tug‘ilgandan so‘ng unda shaxs bo‘lib shakllanishi, yetuk inson bo‘lib voyaga yetishi imkoniyati mavjud bo‘ladi. Ammo o‘tmish ajdodlarimiz aqidalariga ko‘ra bola tarbiyasi onani qornida rivojlana boshlanadi va tashqi holatlar, ijtimoiy vaziyatlarga qarab o‘sib boradi. Shunday ekan, sog‘lom ota-onadan sog‘lom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim. «Sog‘lom avlod yili» deb ataganlari bu sog‘lom naslni nazarda tutganlar. Sog‘lom avlod tarbiyasi oson ish emas, u har bir inson, har bir oila, bugun jamiyatdan jiddiy e‘tibor va o‘zluksiz mehnat talab qiladi. Agar ota-bobolarimizning turmush tarziga, tafakkuriga nazar solsak, ular nasl-nasab, yetti pushtining tozaligiga, avlodning solig‘iga juda katta e‘tibor berganini ko‘ramiz. «Sog‘lom bolaning tug‘ilishi, eng avvalo, onaning sog‘lig‘iga bog‘liq», deb ta‘kidlaydi yurtboshimiz. Shaxs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta bolani urab olgan muhit ta‘sirida rivojlanadi. Shaxsning hayoti faoliyati davomida muhit unga yo ijobiy, yosalbiy ta‘sir ko‘rsatadi, rivojlanish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin. Muhit bu shaxsga ta‘sir etuvchi tashqi voqea va hodisalar kompleksidir. Bular: tabiiy muhit (gegrafik, ekologik), ijtimoiy muhit (shaxs yashayotgan jamiyat), oila muhiti va boshqalar kiradi. Bular orasida ijtimoiy muhitning, ya‘ni shaxs yashayotgan jamiyatning inson kamoloti uchun yaratilgan imkoniyatlari muhim rol o‘ynaydi. Barkamol avlod birdangina paydo bo‘lmaydi. U oiladan boshlanadi. Oiladagi iqlim farzandlar tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Oila bilan birga xalq ta‘limi tizimida ham tarbiya mazmunini yangilash, ya‘ni ijtimoiy muhit sharoitida rivojlantirish zarur. O‘zbekiston taraqqiyotining muhim sharti xalqning boy ilmiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirishdir. Sharq va O‘rta Osiyo mutafakkirlari va Islom ta‘limotlarida shaxsni tarbiyasiga, odob axloqi haqida ko‘p qimmatli masalahatlar, fikrlar beriladi. Ularning g‘oyalarida odamiylik, rahm-shavqat, muruvvat, mehr-oqibat, diyonat kabi fazilatlar uyg‘unlashib kelgan. Sharqona an‘analarmizga ko‘ra harbiylar jamoasida kattalarga salom berish, bir-biriga samimiy munosabatda bo‘lish, e‘zozlash, mehribonlik qilish, tenglikka, birodarlikka, tinch-totuv yashashga, ezgulikka va yaxshilikka da‘vat etgan. Insonparvarlikni targ‘ib etib razolatni qoralaydi, odob-axloq, ruhiy-ma‘naviy poklik va kamolotga, mehnat qilishga hamda yer yuzini obod va go‘zal qilishga undaydi. Qur‘onda iymonning o‘ziga xos mezoni sanalgan saxovat, jasorat, sabr-qanoat, to‘g‘rilik, vafodorlik va sadoqatlikka katta e‘tibor berilgan. Bu oliy darajadagi insoniy xislatlar bo‘lib, pok qalbli kishilargina bunga erisha oladi, deyiladi. Imom-al-Buxoriyning tarbiya haqidagi qarashlarida jaholat kishiga o‘lim keltiruvchi fojiya sifatida qoralanadi. U odamlarning to‘g‘ri so‘zli bo‘lishga, va‘daga vafo qilishga da‘vat etib, munofiq kishining uchta belgisi borligini ko‘rsatadi, ular: 1.Yolg‘on gapirish; 2.Va’daga vafo qilmaslik; 3.Omonatga xiyonat qilishdan iborat. U insonning kuch-qudrati jismonan pahlavonligida emas, balki jahl chiqqanda o‘zini tiya olishda, deb biladi. Imom-al Buxoriyning «Al-Adab Al-mufrad» asarini umumiyinsoniy axloqiy qadriyatlar durdonasi desak, hech mubolig‘a qilmagan bo‘lamiz. Alloma Abu Iso At-Termiziy yoshlik chog‘ida hadis mutolaasiga kirishib, yoshlarni rivojlantirishiga doir ko‘p g‘oyalar tushirilgan. U «Sunan» kitobida keltirilgan hadislarda uning ta‘lim-tarbiyaga oid fikrlari ko‘p uchraydi. Chunonchi: «Xayrli va yaxshi ishlar qilishga da‟vat etishning va zulmdan qaytarishing sening sadaqang», «Adashgan kishilarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishing ham-sadaqa», «Hatto kambag‘allarga xushmuomalada bo‘lishing ham-sening sadaqang», «Yerda xalaqit berib yotgan biror tosh, tikanak yoki suyakni bir chekaga olib qo‘yishing, o‘z paqiringdan boshqalarning idishiga suv olib berishing ham-sadaqa» hisoblanadi deb da‟vat etgan. Imom At-Termiziy hadislar orasida yoshlarni axloq-odob, marhumlarga hurmat, sabr-toqatli bo‘lishga taklif etgan. Ajdodlarimiz yaratgan asarlar tarkibida tarbiyaning nazariyasini ifodalaganlar. Uning sababi usha davrda Sharq tanlanish arafasida inson muammosi ma‘naviyat sohasidagi asosiy masala bo‘lgan. Shuning uchun ham ta‘lim-tarbiya masalalariga katta e‘tibor berilgan. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling